Qaror matni · 1–7-bandlar
Qaror matni
1-band
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;
huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish, shuningdek ushbu davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning hamda Hukumat qarorlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;
1-band (davomi)
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;
ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;
1-band (davomi)
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;
sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;
jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;
sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish;
siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish;
1-band (davomi)
xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini yuritish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi ishlarini muvofiqlashtirish.
2-band
Quyidagilar:
- b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi va “Adolat” nashriyoti negizida:
davlat unitar korxonasi shaklidagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda AKTRM deb yuritiladi);
davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda “Adolat” markazi deb yuritiladi) tashkil qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, AKTRM va “Adolat” markazi faoliyatini moliyalashtirish tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Adliya organlari va muassasalariga AKTRM va “Adolat” markazi bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
3-band
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Adliya vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi hamda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining tashkiliy tuzilmalari 1a, 1b va 1v-ilovalarga muvofiq;
Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4-band
2018-yil 1-maydan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim;
huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan so‘ng, shuningdek takroran — Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganida o‘tkaziladi;
vazirliklar va idoralar agar qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan ularga tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.
5-band
Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotayotgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rniga yangilarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6-band
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maslahat organi sifatida jamoatchilik asosida ishlaydigan, faoliyati fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratilgan Jamoatchilik kengashi tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Jamoatchilik kengashi tarkibini hamda unga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
7-band
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Bosh prokuraturasining quyidagi takliflari ma’qullansin:
- a) 9-ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) quyidagi tartibni o‘rnatgan holda aylantirish:
yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yuridik texnikumlariga direktorlar rahbarlik qiladi hamda ular mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish Davlat budjeti hamda yuridik texnikumlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
yuridik texnikumlarni zarur o‘quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari ta’limga ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi;
7-band (davomi)
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlari bitiruvchilari TDYUga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qishning tugashidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli;
qayta tashkil qilinayotgan yuridik kollejlar va akademik litseyning 3 kurs o‘quvchilarining o‘qishi ularni ta’limning o‘xshash yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning o‘quvchilar kontingentiga qo‘shish yo‘li bilan ushbu ta’lim muassasalarida tamomlanadi;
- b) TDYU magistraturasiga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaxassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilash;
- g) TDYUning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan o‘rnatiladigan har oylik ustamalar miqdorini ikki baravarga oshirish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha 9-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, o‘quv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga operativ boshqarish huquqi bilan bepul topshirsin, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi esa ularni qabul qilib olsin;
7-band (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yuridik kollejlarga aylanayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning bo‘shatilayotgan pedagog kadrlarining mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagilar haqidagi takliflari ma’qullansin:
davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizi miqdorigacha qismini davlat notarial idoralari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama haqlari o‘rnatishga yo‘naltirish;
notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar miqdorini 10 foiz miqdorida belgilash;
Adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan davlat notarial idoralarida qo‘shimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritish huquqi berilsin.
7-band (davomi)
12. Belgilansinki, 2018-yil 15-apreldan:
adliya organlari va muassasalari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va martaba darajalari uchun qo‘shimchalar miqdorlari prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi;
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra adliya organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi;
adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama to‘lansin.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan hamda adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida amalda bo‘lgan barcha to‘lovlar saqlangan holda tatbiq qilinadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar:
7-band (davomi)
adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun — adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining joylashtirilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ikki haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
bir oylik muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
ikki oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarorini kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 11-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
7-band (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-aprel,
PQ-3666-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida
Bilimingizni sinang
Prezidentning PQ-3666-son qaroriga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi?
- sud hukmlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish
- Konstitutsiyaviy sudning qarorlarini qabul qilish
- huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish
- davlat byudjetining ijrosini kassa orqali ta’minlash
To‘g‘ri javob: huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish. Qarorning 1-bandida huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish Adliya vazirligining asosiy vazifasi etib belgilangan.
PQ-3666-son qarorga ko‘ra, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil qilinadi?
- davlat unitar korxonasi
- davlat muassasasi
- aksiyadorlik jamiyati
- mas’uliyati cheklangan jamiyat
To‘g‘ri javob: davlat muassasasi. 2-bandda “Adolat” markazi davlat muassasasi shaklida, AKTRM esa davlat unitar korxonasi shaklida tashkil qilinishi belgilangan.
PQ-3666-son qarorning 4-bandiga ko‘ra, muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun qaysi portalga joylashtirilishi lozim?
- regulation.gov.uz
- lex.uz/loyihalar
- my.gov.uz/normativ
- gov.uz/muhokamalar
To‘g‘ri javob: regulation.gov.uz. 4-bandda loyihalar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirilishi lozimligi belgilangan.
PQ-3666-son qarorga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti nima?
- prokuraturaning yozma ruxsatnomasi
- Vazirlar Mahkamasining oldindan ma’qullashi
- hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi
- Senatning rasmiy roziligi
To‘g‘ri javob: hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi. 4-bandda huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi majburiy shart deb belgilangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hech bir qonun yoki Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjati unga vakolat bermagan holda, aniq ijtimoiy munosabatni tartibga soluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilmoqchi. PQ-3666-son qarorga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Vazirlik bunday hujjatni qabul qilishi mumkin emas, chunki unga vakolat berilmagan
- Vazirlik har qanday holatda idoraviy hujjat qabul qilishi mumkin
- Vazirlik hujjatni faqat Adliya vazirining og‘zaki roziligi bilan qabul qiladi
- Vazirlik hujjatni faqat jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilsa qabul qilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Vazirlik bunday hujjatni qabul qilishi mumkin emas, chunki unga vakolat berilmagan. 4-bandga ko‘ra, vazirliklar idoraviy hujjatni faqat qonun yoki oliy hujjatlar bilan vakolat berilgan bo‘lsa qabul qiladi.
Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda kuchini yo‘qotayotgan hujjatlar o‘rniga yangilarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga qancha muddatda kiritishi kerak?
- bir oy
- ikki oy
- uch oy
- olti oy
To‘g‘ri javob: ikki oy. Qarorga ko‘ra, Adliya vazirligi chora-tadbirlar rejasi loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Prezidentning PQ-3666-son qaroriga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan qaysi sanagacha qabul qilingan va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotadi?
- 1991-yil 31-avgustgacha
- 1992-yil 8-dekabrgacha
- 1995-yil 1-yanvargacha
- 1993-yil 17-iyungacha
To‘g‘ri javob: 1993-yil 17-iyungacha. 5-bandga ko‘ra, 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatlar 2019-yil 1-yanvardan kuchini yo‘qotadi.
Fuqaro B. sobiq SSSR idorasining 1989-yilda chiqarilgan, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy buyrug‘iga tayanib, 2020-yilda o‘z huquqini himoya qilmoqchi. PQ-3666-son qarorga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Buyruq faqat yangi hujjat qabul qilinganidan keyin kuchini yo‘qotadi
- Buyruq faqat sud qarori bilan bekor qilinganda kuchini yo‘qotadi
- Buyruq abadiy amal qiladi, chunki u sobiq SSSR hujjati
- Buyruq 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan
To‘g‘ri javob: Buyruq 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan. 5-bandga ko‘ra, 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan ro‘yxatdan o‘tmagan idoraviy hujjatlar, jumladan sobiq SSSR hujjatlari, 2019-yil 1-yanvardan kuchini yo‘qotadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash