XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Adliya vazirligi to‘g‘risida nizom (PQ-3666) · 9–16-b.

NIZOM · 9–16-bandlar

NIZOM

9-band

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish, shuningdek ushbu davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

9-band (davomi)

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;

9-band (davomi)

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;

jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;

sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish;

siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish;

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlarining Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini yuritish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish;

9-band (davomi)

arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi ishlarini muvofiqlashtirish.

10-band

Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonunga rioya etish va hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari huquq ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;

qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

10-band (davomi)

qonunosti hujjatlariga rasmiy sharhlarning loyihalarini tayyorlaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy sharhlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;

vazirliklar va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va hisobga oladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi, unga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

10-band (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini) shakllantiradi;

davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlaydi;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish tartibini tasdiqlaydi;

Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonunchilik hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;

10-band (davomi)

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi, shuningdek ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholaydi hamda ularni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardagi tartibga solish ta’sirini baholashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini shakllantiradi;

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestrini yuritadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholaydi;

10-band (davomi)

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sir choralarini ko‘radi;

tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tizimining holati bo‘yicha axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori yo‘nalishlaridan kelib chiqib ularga oddiy va xalqchil tilda yetkazadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning o‘z vaqtida joylashtirilishini va undagi ma’lumotlarni saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan foydalanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

10-band (davomi)

normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;

yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qiladi;

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda aholiga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazishni tashkil qiladi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qiladi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlaydi, ularning fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

10-band (davomi)

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi va tahlil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mazmun-mohiyatini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish bo‘yicha “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida videoroliklar, infografikalar va boshqa ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida (shu jumladan ularning so‘roviga asosan) qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi;

10-band (davomi)

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotidagi tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan buyruq, qaror va farmoyishlar “E-qaror” elektron tizimida ishlab chiqilishi, kelishilishi, qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi va e’lon qilinishini doimiy monitoring qilib boradi;

“E-qaror” elektron tizimi monitoringi natijasiga ko‘ra aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib boradi;

qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash faoliyati samaradorligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquqiy monitoringni o‘tkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazilishini tahlil qiladi va ular tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazish sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun tavsiyalar tayyorlaydi;

10-band (davomi)

hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi operatori vazifasini bajaradi, indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid hamda ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va xulosa beradi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi;

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida axborot yig‘ish va xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshiradi;

10-band (davomi)

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi;

“Online-mahalla” platformasi orqali aniqlanadigan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib boradi;

aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

“ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;

“Ijro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda, mas’ul ijrochilar va topshiriqning bajarish muddatlarini belgilaydi, ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganadi;

10-band (davomi)

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga, shuningdek, Hukumat qarorlarining ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlarining ijro holatini tizimli monitoring qiladi;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan manzilli va tematik o‘rganishlar o‘tkazadi va ularning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik o‘rganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi;

davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashishga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi;

10-band (davomi)

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini kompleks va tizimli monitoring va tahlil qiladi;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritadi;

davlat organlari va tashkilotlari vakolati va funksiyalarining to‘liq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qiladi;

tahlil va monitoring natijalariga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi hamda natijasi bo‘yicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

idoralararo kollegial organlarning reyestrini yuritadi, uning asosida ushbu organlarning faoliyati samaradorligini tahlil qiladi, ularni qisqartirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

10-band (davomi)

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini o‘rganadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilishda ishtirok etadi, ularning stajirovka o‘tashini va malakasi oshirilishini tashkil qiladi hamda attestatsiyadan o‘tkazadi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini hamda muddatlarini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish masalasini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi;

davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining ish joyini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga qo‘yilgan minimal talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida markazlashgan holda sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi;

10-band (davomi)

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pulli asosda yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi;

notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi va yagona notarial amaliyotni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;

notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

davlat notarial idorasi notariusini lavozimga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibini belgilaydi;

“Notarius” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining shakllantirilishini va yuritilishini hamda uni vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilishni ta’minlaydi;

notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarius stajyori faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi (keyingi o‘rinlarda — Notarial palata) bilan kelishilgan holda notariuslar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;

10-band (davomi)

davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi, notariuslarning reyestrini yuritadi;

xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi hamda ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni nazorat qiladi;

notariuslar lavozimlarining eng kam sonini tasdiqlaydi va muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi;

notariuslar malakasini oshirish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va boshqa joyga o‘tkazish (rotatsiya) tartibini belgilaydi;

Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi hamda chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi;

notarial idoralarga beriladigan qat’iy hisobdagi gerbli (maxsus) blanklarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibini belgilaydi hamda notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini gerbli (maxsus) blanklar bilan ta’minlaydi;

10-band (davomi)

pullik xizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi;

advokatlik tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyati kafolatlarini ta’minlashda ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;

advokatlarga litsenziyalar va advokatlik guvohnomalarini beradi, shuningdek ularning reyestrini yuritadi hamda malakasini oshirishda ko‘maklashadi;

advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qilish tartibini belgilaydi va statistik ma’lumotlarni tahlil qiladi;

advokat tomonidan ishni olib borishda order shaklini tasdiqlaydi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlari, ustavida belgilangan faoliyatiga, shuningdek qayta ro‘yxatdan o‘tish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

10-band (davomi)

Professional mediatorlar reyestrini yuritadi va mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlaydi;

Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi, ularning reyestrini yuritadi hamda faoliyatining qonunchilikka muvofiqligini nazorat qiladi;

davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga yuklatilgan vakolatlarni amalga oshiradi;

advokatlik tuzilmalari va notarial idoralar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

advokatlik va notarial xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;

tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan o‘zlarining benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

10-band (davomi)

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;

nodavlat notijorat tashkilotlarni va ularning ramziy belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;

ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat reyestrini yuritadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar ko‘radi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar to‘g‘risida kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi;

10-band (davomi)

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishini kelishadi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni tugatish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va sudga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida taqsimlaydi;

nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib boradi;

chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet el fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarning, akkreditatsiya kartochkasining shakllarini tasdiqlaydi;

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;

10-band (davomi)

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi barcha ma’muriy organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda ma’muriy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilikka rioya qilinishini o‘rganadi, nazorat va tahlil qiladi;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatni tartibga soluvchi funksiyalarini xatlovdan o‘tkazib, vazifalari qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilib boradi;

biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan foydalangan holda barcha ma’muriy tartib-taomillarni, shu jumladan davlat xizmatlarini optimallashtirish, unifikatsiyalashtirish, tartiblari, muddatlar va zarur hujjatlarini maksimal qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, shuningdek sohada innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish choralarini amalga oshiradi;

ma’muriy tartib-taomillar sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rib boradi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

10-band (davomi)

davlat xizmatlari markazlari, ularning filiallari va FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

yuridik shaxslarni, shuningdek jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olishni tashkil etadi;

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron hujjat aylanishi bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashadi, muvofiqlashtiradi va takomillashtiradi;

ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tizimli ravishda so‘rovnomalar o‘tkazadi;

Davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini ta’minlaydi;

10-band (davomi)

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring, nazorat va tahlil qiladi;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonunchilik hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo‘jalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish xo‘jaligi tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyati, ushbu sohadagi qonun buzilishlari va ularga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi;

10-band (davomi)

intellektual mulk sohasini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi va bu bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqadi;

intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishda bevosita yoki vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish orqali ta’sirchan choralar ko‘radi;

intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi va qo‘llanilishi amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;

intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, ushbu sohada huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir amaliy choralar ko‘radi, shuningdek mazkur masalalardagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshiradi;

10-band (davomi)

qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;

intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi, umumlashtiradi, takliflar va boshqa zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

intellektual mulk obyektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini o‘tkazadi;

kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazadi;

intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiradi;

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda ashyolarni ko‘zdan kechiradi va huquqbuzarlikni sodir etish quroli, huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan ashyo va hujjatlarni xatlaydi;

10-band (davomi)

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari va integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish, talabnoma topshirilgan obyektlarning ustuvorligini belgilash, seleksiya yutuqlarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazish hamda EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalarini tekshirish ishlarini tashkillashtiradi;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini va tegishli reyestrlarni yuritadi;

muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;

depozitariylarda saqlanayotgan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari Mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasida saqlanishini ta’minlaydi;

intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni, intellektual mulk obyektlarining garovi to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;

10-band (davomi)

intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etishni va amalga oshirishni, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;

intellektual mulk sohasidagi axborotnomalarni va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni elektron ravishda e’lon qilinishini tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;

patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, Patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeyini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi;

huquqiy ta’limning holatini tahlil qiladi, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

10-band (davomi)

professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, adliya organlari va muassasalariga kadrlar tanlovini amalga oshiradi va ularni joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi;

huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko‘radi, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi;

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot va ekspertlik ishlarini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertlik muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

10-band (davomi)

sud-ekspertlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘radi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash, sud ekspertizalarining murakkablik darajasiga qarab ularni amalga oshirish muddatlarini hisoblash tartibini, sud ekspertlari yuklamalarining normativlarini belgilaydi va nazoratini olib boradi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud-ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reyestrlarini yuritadi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan har bir sud ekspertizasi turlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasining jihozlanishiga qo‘yiladigan minimal talablarni tasdiqlaydi;

nodavlat sud ekspertlarini attestatsiyadan o‘tkazadi hamda sud eksperti kasb etikasi qoidalarini belgilaydi va ularga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib boradi;

20¹) to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;

to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

10-band (davomi)

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkillashtiradi;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

20²) to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:

to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, huquqiy va axborot ta’minoti bo‘yicha choralarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘radi;

10-band (davomi)

to‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishda maxsus vakolatli organ sifatida ishtirok etadi;

sudlar tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini qo‘llashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

to‘lovga qobiliyatsizlik alomatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya o‘tkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi va ularning monitoringini yuritadi;

o‘z arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni monitoringini amalga oshiradi;

to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaxslar reyestrlarini yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestrini yuritadi;

jinoyat ishlari bo‘yicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik boshqarish ishlarini tashkillashtiradi va hisobini yuritadi;

jinoyat ishlari bo‘yicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish bo‘yicha sud boshqaruvchisining yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;

10-band (davomi)

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarni oldini olish choralarini ko‘radi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;

to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan barcha manfaatdor shaxslarga tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini ko‘radi;

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi;

qonunga muvofiq majburiy ravishda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni, jumladan, to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ishlar bo‘yicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi ma’lumotlar To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida e’lon qilinishini tashkillashtiradi;

20³) jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:

to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;

jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi bo‘yicha ishlarning doimiy monitoringini olib boradi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy ma’lumot va takliflar kiritadi;

10-band (davomi)

20⁴) sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va ularning faoliyatini nazorat qilish sohasida:

sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘qitish huquqiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining ro‘yxatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyasidan, qayta attestatsiyadan o‘tkazadi va ularga malaka attestatini beradi;

sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;

O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga ko‘maklashadi;

O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga a’zolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati va narxlarini kelishadi;

sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq to‘lash tartibini, shuningdek, sud boshqaruvchilari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish va ularni vakolatli organga taqdim etish tartibini belgilaydi;

sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi;

10-band (davomi)

davlat organlari va tashkilotlari hamda tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslardagi O‘zbekiston Respublikasining o‘rniga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, muammolar va normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarni o‘rganadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlari hamda tadqiqot institutlarining siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarni O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida axborotlardan xabardor qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik, monitoringni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;

O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etadi;

davlat kafolati ostida tuzilgan qarz shartnomalari bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar beradi;

10-band (davomi)

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlaydi;

xalqaro arbitraj va xorijiy davlatlarda sud muhokamalari masalalari bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlashda Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan idoralararo hamkorlikni amalga oshiradi;

xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolar ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitraj muhokamalari bilan bog‘liq tegishli materiallarni yig‘ishni hamda tizimli tahlilini tashkillashtirishni amalga oshiradi;

xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitrajlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy ifodalash maqsadida xorijiy va milliy advokatlik (yuridik) firmalari, maslahatchi va ekspertlarni jalb qiladi hamda faoliyatini muvofiqlashtiradi;

aniq bir O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xorijiy davlat sudi va xalqaro arbitraj muhokamasi doirasida tashkil etiladigan ishchi guruhlarning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xorijiy davlatlar sudlari va xalqaro arbitrajlar muhokamalari masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

10-band (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrining operatori sifatida uning doimiy yuritilishini, takomillashtirilishini va uni texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishli ma’lumotlarning Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga to‘g‘ri kiritilishini nazorat qiladi;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;

davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda samarali davlat boshqaruvi yuritilishini ta’minlaydi;

arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, davlat arxivlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, arxiv xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish, sohaga ilg‘or xorijiy amaliyotlar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va ilmiy-texnika yutuqlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil etadi;

10-band (davomi)

Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarining saqlanishi, arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish choralarini ko‘radi hamda arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;

arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek sug‘urta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini, arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini belgilaydi;

arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etadi;

arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

4-bob. Vazirlikning vakolatlari va javobgarligi

11-band

Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vakolatlarga egadir:

norma ijodkorligi faoliyati, huquqiy ishlar, yuridik xizmatlar faoliyati, normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish holatini;

huquqni qo‘llash amaliyoti, fuqarolar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qonunchilik ijrosi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etish, yuridik shaxslarni suddan tashqari to‘lovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarini amalga oshirish holatlari, shu jumladan joylarga chiqqan holda tekshirish;

11-band (davomi)

ushbu organlarning norma ijodkorligi faoliyati ustidan monitoring olib borish jarayonida aniqlangan qonunbuzarliklarni, tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida;

davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida;

qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida;

ishlab chiqish muddatini ko‘rsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi to‘g‘risida;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida amaliyotga joriy etmaslik sabablarini bartaraf qilish va mas’ul xodimlarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llash amaliyoti, qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida;

11-band (davomi)

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni, shuningdek, korrupsiyaviy omillar va normalarni bartaraf etish to‘g‘risida;

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga ma’lumotlarni kiritish borasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek reyestrga kiritish uchun ma’lumotlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda taqdim etish to‘g‘risida;

qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda “ljro.gov.uz” tizimiga zarur ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish to‘g‘risida;

to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarga chek qo‘yish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;

11-band (davomi)

11-band (davomi)

11-band (davomi)

11-band (davomi)

11-band (davomi)

43¹) To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish;

faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarini tuzish;

11-band (davomi)

11-band (davomi)

to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari haqida ma’lumotlarni To‘lovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali bepul tarzda so‘rash va olish;

sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularning vazifasini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilish;

majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga ko‘rsatma berish;

to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;

11-band (davomi)

11-band (davomi)

Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

12-band

Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va javobgarligi, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.

13-band

Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.

5-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish

1-§. Vazirlik rahbariyati

14-band

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri:

14-band (davomi)

15-band

Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazir o‘z maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.

16-band

Vazir to‘rt nafar o‘rinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi.

Belgilangan vazifalar taqsimotiga ko‘ra intellektual mulk sohasiga javobgar vazir o‘rinbosari xalqaro hamkorlik amalga oshirilayotganda lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk masalalari bo‘yicha maxsus milliy organi rahbari hisoblanadi.

Bilimingizni sinang

Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish ishlarini qaysi idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qiladi?
  1. Soliq.uz
  2. Lex.uz
  3. Ijro.gov.uz
  4. My.gov.uz

To‘g‘ri javob: Ijro.gov.uz. Hujjatlarni yetkazish va tushuntirish ishlari “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qilinadi.

Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari mazmunini xalqchil tilda tushuntiruvchi videoroliklar va infografikalarni qaysi rukn ostida tayyorlaydi?
  1. Huquqiy savodxonlik — hayotda
  2. Farmonlar — ijroda va nazoratda
  3. Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
  4. Qonun — hayotda va nazoratda

To‘g‘ri javob: Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda. Videoroliklar va infografikalar “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida tayyorlanadi.

Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga qanday davriylikda kiritib boradi?
  1. har oyda
  2. har chorakda
  3. yilda ikki marta
  4. yilda bir marta

To‘g‘ri javob: har oyda. 10-bandning 7-kichik bandiga ko‘ra, ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar har oyda kiritib boriladi.

Xalqaro shartnomalarga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra qaysi organning funksiyasi hisoblanadi?
  1. Tashqi ishlar vazirligining
  2. Adliya vazirligining
  3. Bosh prokuraturaning
  4. Oliy sudning

To‘g‘ri javob: Adliya vazirligining. 10-bandning 10-kichik bandiga ko‘ra, apostil qo‘yish Adliya vazirligining funksiyasidir.

Siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida qaysi organ taqsimlaydi?
  1. Markaziy saylov komissiyasi
  2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  3. Adliya vazirligi
  4. Qonunchilik palatasi

To‘g‘ri javob: Adliya vazirligi. 10-bandning 12-kichik bandiga ko‘ra, bu mablag‘larni siyosiy partiyalar o‘rtasida Adliya vazirligi taqsimlaydi.

Adliya vazirligi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qaysi qonunga rioya qilinishini o‘rganadi, nazorat va tahlil qiladi?
  1. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida
  2. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida
  3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida
  4. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida

To‘g‘ri javob: Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida. Vazirlik ma’muriy organlar tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga rioya etilishini o‘rganadi, nazorat va tahlil qiladi.

Adliya vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun buzilishlari va kamchiliklar haqida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun batafsil axborotni qanday davriylikda tayyorlaydi?
  1. yilda bir marta
  2. har chorakda
  3. yilda ikki marta
  4. har oyda

To‘g‘ri javob: yilda ikki marta. 10-bandning 16-kichik bandiga ko‘ra, batafsil axborot bir yilda ikki marta tayyorlanadi.

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Vazirlik davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga arizalar va da’volarni qanday kiritishga haqli?
  1. davlat bojining yarmini to‘lab
  2. davlat bojini to‘liq to‘lab, keyin undirib olish tartibida
  3. davlat boji to‘lamasdan
  4. faqat Prezident ruxsatnomasi bilan

To‘g‘ri javob: davlat boji to‘lamasdan. 11-bandning 10-kichik bandiga ko‘ra, Vazirlik sudlarga davlat boji to‘lamasdan ariza va da’volarni kiritish vakolatiga ega.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNIZOM · 1–8-bandlarKeyingi →NIZOM · 17–24-bandlar