XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Davlat bayrog‘i to‘g‘risida · 1–6-m.

Moddalar 1–6 (1/2)

Moddalar

1-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

3-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

4-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 75x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

5-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining;

sudlarning;

prokuratura organlarining binolarida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;

5-modda. (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;

5-modda. (davomi)

5-modda. (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan obyektlarda, shuningdek umummilliy bayramlarda, sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o‘zga ommaviy tadbirlarda, rasmiy xalqaro tadbirlarda, tantanali tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida hamda boshqa hollarda, shu jumladan yog‘och dastani (bayroq dastasini) ishlatmasdan foydalanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.

5¹-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar:

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;

qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;

O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida davlat organlarining ramziy belgilarida (bayroq, emblema — geraldik belgi, vimpel va boshqa ramzlar) va ularning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining asosi yoki elementi sifatida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida rasmiy xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.

5¹-modda. (davomi)

Harbiy yoki boshqa davlat xizmatida bo‘lgan shaxslarning kiyim-boshida va farqlovchi nishonlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.

Xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.

5²-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lishga, shu jumladan:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi o‘chgan holda va boshqa noma’qul tarzda foydalanishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan biror-bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shashga yoki uning tasvirini tushirishga va undan qoplama sifatida foydalanishga, shuningdek uni o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shashga yoki uning tasvirini tushirishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan kiyim-bosh, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanishga;

5²-modda. (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilarni poyabzalga, dastro‘molga, ko‘rpa-to‘shakka, ichki kiyimga, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

6-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

ushbu Qonun 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da ko‘tariladi va soat 22 da tushirib qo‘yiladi;

ushbu Qonun 5-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda ovoz berish yoki referendum o‘tkazish davrida ko‘tarib qo‘yiladi;

ushbu Qonun 5-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko‘tariladi va ular jo‘nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo‘yiladi.

Bilimingizni sinang

Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasida nima tasdiqlangan?
  1. Prezident standartining sxematik va rangli tasviri
  2. Davlat gerbining sxematik va rangli tasviri
  3. Davlat madhiyasining musiqiy va matniy ko‘rinishi
  4. Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri

To‘g‘ri javob: Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri. 1-moddada Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i nimaning ramzi hisoblanadi?
  1. Faqat harbiy kuchning ramzi
  2. Davlat suverenitetining ramzi
  3. Faqat iqtisodiy rivojlanish ramzi
  4. Faqat madaniyat ramzi

To‘g‘ri javob: Davlat suverenitetining ramzi. 2-moddaga ko‘ra bayroq davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda nima bo‘ladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasining timsoli
  2. Xalqaro tashkilotlarning rasmiy timsoli
  3. Faqat sport musobaqalari belgisi
  4. Tijorat shartnomalarining belgisi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining timsoli. 3-moddaga ko‘ra bayroq xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonning timsoli bo‘ladi.

Davlat bayrog‘i qanday shakldagi matodir?
  1. Ikkita endan tarkib topgan kvadrat shaklidagi bayroq matosi
  2. Beshta endan tarkib topgan uchburchak shaklidagi bayroq matosi
  3. To‘rtta endan tarkib topgan doira shaklidagi bayroq matosi
  4. Uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato

To‘g‘ri javob: Uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato. 4-moddaga ko‘ra bayroq uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

Davlat bayrog‘ining uzunligi va kengligi qancha?
  1. Uzunligi 300 sm, kengligi 150 sm
  2. Uzunligi 250 sm, kengligi 150 sm
  3. Uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm
  4. Uzunligi 200 sm, kengligi 100 sm

To‘g‘ri javob: Uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm. 4-moddaga ko‘ra uzunligi 250 santimetr, kengligi 125 santimetr.

Tikuvchi bayroq tikmoqda: har bir moviy, oq va yashil en 40 sm. Oq enning ikki chetidan o‘tkaziladigan qizil hoshiyalar umumiy kengligi qancha bo‘lishi kerak (har biri 2,5 sm)?
  1. 10 sm
  2. 2,5 sm
  3. 1,25 sm
  4. 5 sm

To‘g‘ri javob: 5 sm. 4-moddaga ko‘ra oq enning ikki chetidan 2,5 sm kenglikdagi qizil hoshiyalar o‘tkaziladi: 2 × 2,5 = 5 sm (3×40 + 5 = 125).

Yuqori moviy enda dastaga yaqin joyda nimalar tasvirlangan?
  1. Oq rangli yangi oy va o‘nta oq olti qirrali yulduz
  2. Sariq rangli quyosh va o‘n ikkita oq besh qirrali yulduz
  3. Oq rangli yarim oy va o‘n ikkita qizil sakkiz qirrali yulduz
  4. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq besh qirrali yulduz

To‘g‘ri javob: Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq besh qirrali yulduz. 4-moddaga ko‘ra yuqori moviy enda yangi oy va o‘n ikkita oq besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Yangi oy dastadan qancha masofada joylashtirilgan va diametri qancha doiraga sig‘adi?
  1. Dastadan 6 sm masofada, diametri 30 sm doiraga
  2. Dastadan 20 sm masofada, diametri 30 sm doiraga
  3. Dastadan 30 sm masofada, diametri 20 sm doiraga
  4. Dastadan 3,5 sm masofada, diametri 6 sm doiraga

To‘g‘ri javob: Dastadan 20 sm masofada, diametri 30 sm doiraga. 4-moddaga ko‘ra oy dastadan 20 sm masofada, diametri 30 sm doiraga sig‘adi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Moddalar 7–13 (2/2)