XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 59-§.

Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari

Mavzular

Chorvachilikning ahamiyati

Chorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari (sut, go‘sht, yog‘ va boshqalar), yengil sanoatni xomashyo (jun, teri, mo‘yna), qishloq xo‘jaligini ish hayvonlari (ot, ho‘kiz, eshak, tuya) va organik o‘g‘itlar bilan ta’minlaydi.

Qoramolchilik: kelib chiqishi va zotlar

Qoramolchilik. Hozirgi qoramollar qadimda Osiyo va Yevropa qit’alarida keng tarqalgan, bundan 3–4 asr avval qirilib ketgan turdan kelib chiqqan. Oxirgi tur 1627-yilda Polshada nobud bo‘lgan. Tur eramizdan 7 000 yil ilgari qadimgi Gretsiyada xonakilashtirilgan. Qoramol zotlari xo‘jalikda foydalanish xususiyatlariga binoan: sut, sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga ajratiladi (116-rasm).

Sersut zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil etadi. O‘zbekistonda sersut sigirlardan Qora-ola Xolmogor va Yaroslavl zotlari, Qizil dasht, Bushuyev va boshqa zotlar boqiladi. Sersut sigirlar yiliga 4 000 l, ayrim govmishlar 6 000 l va undan ham ko‘proq sut beradi.

116-rasm. Sersut qoramol zotlari: 1 – Xolmogor zoti; 2 – Yaroslavl zoti
116-rasm. Sersut qoramol zotlari: 1 – Xolmogor zoti; 2 – Yaroslavl zoti

Sersut-go‘shtdor va go‘shtdor zotlar

Sersut-go‘shtdor zotlar ko‘p sut berishi bilan birga go‘shti ham ko‘p va sifatli bo‘ladi. Shveysariyaning Simmental, Shvits va Rossiyaning Kostroma zotlari sersut-go‘shtdor zotlar hisoblanadi. Simmental zoti yiliga 4 000 l gacha sut beradi.

Go‘shtdor zotlar, asosan, sifatli go‘sht yetishtirish uchun ko‘paytiriladi. Ular vazni va tez yetilishi bilan sersut zotlardan ustun turadi. Go‘shtdor Shortgorn zotli sigirlarning o‘rtacha vazni 650 kg, buqalarniki esa 1 000 kg dan ortiq bo‘ladi. Yosh buqalarning vazni bir kecha-kunduzda 1 kg ga ortadi. O‘zbekistonda Qozog‘iston oqboshi, Santa-Gertruda, Gereford va Shortgorn zotlari boqiladi.

Qoramollardan sut va go‘sht bilan birga teri olinadi. Teridan charm poyabzallar, teri-galantereya buyumlari tayyorlanadi. Kushxonalardagi chiqindilardan turli preparatlar, yelim, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Qo‘ychilik: zotlar va jun

Qo‘ychilik. Qo‘ylar yovvoyi qo‘y – muflondan kelib chiqqan. Qo‘y bundan 8 ming yil ilgari xonakilashtirilgan. Qo‘y zotlari junining sifatiga ko‘ra mayin junli, chala mayin junli va dag‘al junli zotlarga ajratiladi (117-rasm).

Mayin junli qo‘ylarning juni bir xil uzunlikdagi (8–10 sm) tivitdan iborat. Mayin jundan nafis gazlamalar to‘qiladi. Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi va Qozog‘istonda boqiladigan merinos zotidan 10–12 kg mayin jun olinadi.

Dag‘al junli qo‘ylar

Dag‘al junli qo‘ylarning juni dag‘al qil va tivitdan iborat. Bu qo‘ylar ham, o‘z navbatida, po‘stinbop terili, qorako‘l terili, go‘sht-yog‘li va go‘sht-junli zotlarga ajratiladi. Romanov zotli qo‘ylar eng yaxshi po‘stinbop teri beradi.

Qorako‘l terisi 1–3 kunligida so‘yilgan qorako‘l qo‘zilarining terisidan iborat. Qorako‘l terisi ko‘proq qora rangda bo‘ladi; ko‘k, jigarrang, sur, oq va boshqa xillari ham bor. Havorang va tillarang xillari yuqori baholanadi. Go‘sht-yog‘ yo‘nalishidagi qo‘ylardan O‘zbekistonda Hisor qo‘ylari boqiladi. Bunday qo‘ylar vazni 150 kg ga, dumbasining og‘irligi 25 kg ga boradi.

117-rasm. Qo‘y zotlari: 1 – qorako‘l qo‘yi va uning qo‘zisi; 2 – Hisor qo‘yi
117-rasm. Qo‘y zotlari: 1 – qorako‘l qo‘yi va uning qo‘zisi; 2 – Hisor qo‘yi

Yilqichilik

Yilqichilik. Baland tog‘li joylarda va qishloq xo‘jaligida yordamchi ishlarni bajarishda otlar asosiy ishchi kuchi hisoblanadi. Ot sporti dunyo miqyosida ommalashib bormoqda. Otlar go‘sht va sut olish uchun ham boqiladi. Ularning sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi. Otlar qonidan shifobaxsh preparatlar va zardob tayyorlashda foydalaniladi.

Otlar miloddan taxminan 3 000 yil ilgari xonakilashtirilgan. Xonaki otlarning ajdodi bir vaqtlar Yevropa cho‘llarida yashab, hozir qirilib ketgan tarpan hisoblanadi (118-rasm). Otlar og‘ir yuk tortadigan, salt miniladigan, yengil yuk tortadigan (yo‘rg‘a), go‘sht va qimiz uchun urchitiladigan zotlarga bo‘linadi. Og‘ir yuk tortadigan otlardan Vladimir zoti, salt miniladigan otlardan O‘zbekistonda yetishtirilgan Qorabayir, Tojikiston va Turkmanistonning Laqay va Axaltaka zotlarini, yengil yuk tortadigan otlardan Orlov yo‘rg‘asi va Rus yo‘rg‘asini ko‘rsatish mumkin.

118-rasm. Otlar: 1 – yovvoyi ot – tarpan; 2 – og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti; 3 – Orlov yo‘rg‘asi; 4 – Qorabayir
118-rasm. Otlar: 1 – yovvoyi ot – tarpan; 2 – og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti; 3 – Orlov yo‘rg‘asi; 4 – Qorabayir

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. Qorabayir
  2. yovvoyi ot – tarpan
  3. Orlov yo‘rg‘asi
  4. og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti

To‘g‘ri javob: Qorabayir. 118-rasm. Otlar: 1 – yovvoyi ot – tarpan; 2 – og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti; 3 – Orlov yo‘rg‘asi; 4 – Qorabayir

Rasmda «yovvoyi ot – tarpan» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 4
  3. 3
  4. 2

To‘g‘ri javob: 1. 118-rasm. Otlar: 1 – yovvoyi ot – tarpan; 2 – og‘ir yuk tortadigan Vladimir oti; 3 – Orlov yo‘rg‘asi; 4 – Qorabayir

Qoramol zotlari xo‘jalikda foydalanish xususiyatiga ko‘ra qanday yo‘nalishlarga ajratiladi?
  1. Sut, sut-go‘sht va go‘sht
  2. Sut-go‘sht, ish va go‘sht
  3. Sut, teri va go‘sht
  4. Sut, go‘sht va jun

To‘g‘ri javob: Sut, sut-go‘sht va go‘sht. Qoramol zotlari sut, sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga ajratiladi.

Xonaki qo‘ylar qaysi yovvoyi hayvondan kelib chiqqan?
  1. Muflon
  2. Sayg‘oq
  3. Yovvoyi cho‘chqa
  4. Tarpan

To‘g‘ri javob: Muflon. Qo‘ylar yovvoyi qo‘y – muflondan kelib chiqqan va 8 ming yil ilgari xonakilashtirilgan.

Xonaki otlarning ajdodi bo‘lgan, hozir qirilib ketgan hayvon qaysi?
  1. Muflon
  2. Ondatra
  3. Sayg‘oq
  4. Tarpan

To‘g‘ri javob: Tarpan. Xonaki otlarning ajdodi bir vaqtlar Yevropa cho‘llarida yashagan tarpan hisoblanadi.

Hozirgi qoramollarning qirilib ketgan ajdodi bo‘lgan oxirgi tur qachon va qayerda nobud bo‘lgan?
  1. 1627-yilda Gretsiyada
  2. 1572-yilda Polshada
  3. 1627-yilda Polshada
  4. 1726-yilda Rossiyada

To‘g‘ri javob: 1627-yilda Polshada. Qoramollarning ajdodi bo‘lgan oxirgi tur 1627-yilda Polshada nobud bo‘lgan.

Go‘shtdor zotlar sersut zotlardan qaysi belgilari bilan ustun turadi?
  1. Jun sifati va uzunligi bilan
  2. Sut miqdori va yog‘ligi bilan
  3. Vazni va tez yetilishi bilan
  4. Mehnat qobiliyati va chidamliligi bilan

To‘g‘ri javob: Vazni va tez yetilishi bilan. Go‘shtdor zotlar sifatli go‘sht uchun ko‘paytiriladi va vazni hamda tez yetilishi bilan sersut zotlardan ustun turadi.

Qorako‘l terisi necha kunlik qorako‘l qo‘zilarining terisidan iborat?
  1. 1–2 oyligida so‘yilgan
  2. 1–3 kunligida so‘yilgan
  3. 3–4 oyligida so‘yilgan
  4. 10–15 kunligida so‘yilgan

To‘g‘ri javob: 1–3 kunligida so‘yilgan. Qorako‘l terisi 1–3 kunligida so‘yilgan qorako‘l qo‘zilarining terisidir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSutemizuvchilarning ahamiyati