Xususiy mulk huquqi
Ii Bo‘Lim
207-modda. Xususiy mulk huquqi
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
208-modda. Xususiy mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar.
209-modda. Xususiy mulk huquqining obyektlari
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi
Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
211-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash bo‘yicha xarajatlarni mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash tartibi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.
212-modda. O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari
Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 207-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Respublika mulki
- Rekvizitsiya
- Mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratmagan holda mulk huquqining bekor qilinishi
- Xususiy mulk huquqi
To‘g‘ri javob: Xususiy mulk huquqi. 207-modda: Xususiy mulk huquqi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Xususiy mulk huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 203-modda
- 214-modda
- 207-modda
- 206-modda
To‘g‘ri javob: 207-modda. 207-modda: Xususiy mulk huquqi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, xususiy mulk huquqi nima?
- Davlat organi tomonidan fuqaroga ajratib berilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi
- Shaxsning qonunchilikka muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi
- Shaxsning qonunchilikka muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka faqat egalik qilish va undan foydalanish, tasarruf etmaslik huquqi
- Fuqaroning davlat roziligi bilan qo‘lga kiritgan mol-mulkni faqat shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatish va meros qoldirish huquqi
To‘g‘ri javob: Shaxsning qonunchilikka muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi. 207-moddaga ko‘ra, xususiy mulk huquqi egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqidir.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- U yiliga belgilangan eng yuqori qiymatdan oshmasligi kerak
- U har bir mulkdor uchun alohida tartibda cheklanadi
- U cheklanmaydi
- U faqat yuridik shaxslar uchun cheklanmaydi
To‘g‘ri javob: U cheklanmaydi. 207-moddaga ko‘ra, xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 208-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mol-mulkni olib qo‘yish chog‘ida uning qiymatini aniqlash va zararlarni undirib olish huquqi
- Rekvizitsiya
- Xususiy mulk huquqining subyektlari
- Respublika mulki
To‘g‘ri javob: Xususiy mulk huquqining subyektlari. 208-modda: Xususiy mulk huquqining subyektlari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Xususiy mulk huquqining subyektlari» qaysi moddada belgilangan?
- 214-modda
- 205-modda
- 203-modda
- 208-modda
To‘g‘ri javob: 208-modda. 208-modda: Xususiy mulk huquqining subyektlari.
Quyidagilardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga ko‘ra xususiy mulk huquqining subyekti hisoblanadi?
- Davlat unitar korxonasi sifatida tashkil etilgan yuridik shaxs
- Hokimlik qaramog‘idagi budjet tashkiloti, masalan maktab
- Faqat jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar esa subyekt emas
- Davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxs, masalan kooperativ
To‘g‘ri javob: Davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxs, masalan kooperativ. 208-moddaga ko‘ra, davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxslar, kooperativlar va fuqarolar xususiy mulk subyektlaridir.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 209-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Respublika mulki
- Rekvizitsiya
- Mol-mulkni olib qo‘yish chog‘ida uning qiymatini aniqlash va zararlarni undirib olish huquqi
- Xususiy mulk huquqining obyektlari
To‘g‘ri javob: Xususiy mulk huquqining obyektlari. 209-modda: Xususiy mulk huquqining obyektlari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash