Pudrat (8/8)
Ikkinchi Qism
694-modda. Ishlarni bajarish
Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o‘zi olib borishi shart. Agar ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, u buyurtmachining roziligi bilan shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan vaqtida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. Ijrochi bilan uchinchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga ushbu Kodeksning 634-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
695-modda. Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi
Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, taraflar shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan ma’lumotlar hajmi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
696-modda. Ish natijalariga taraflarning huquqlari
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi o‘ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, o‘zi olgan natijalardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli.
697-modda. Buyurtmachining majburiyatlari
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi:
pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini (texnika-iqtisodiy parametrlarni) yoki mavzusini kelishib olishi;
pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi;
bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini to‘lashi shart.
698-modda. Pudratchining majburiyatlari
Ilmiy-tekshirish ishlari yoki tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha pudratchi:
buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi;
intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq talablarga rioya etishi;
bajarilgan ishlarda o‘zining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirig‘ida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan bartaraf etishi;
kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi;
bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yo‘qligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart.
Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi:
ishlarni bajarish jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz e’lon qilmasligi;
ishlarni bajarish jarayonida qo‘lga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini ko‘rishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi;
buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qo‘llanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart.
699-modda. Ilmiy-tekshirish ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib bo‘lmaslik oqibatlari
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar oqibatida natijaga erishish mumkin emasligi ma’lum bo‘lsa, buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo‘lmasligi aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini to‘lashi shart, ammo bu qiymat shartnomada ko‘rsatilgan ishlar bahosining tegishli qismidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
700-modda. Tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib bo‘lmaslik oqibatlari
Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida pudratchi aybdor bo‘lmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘lsa, buyurtmachi pudratchining xarajatlarini to‘lashi shart.
701-modda. Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi
Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida o‘zining aybi yo‘qligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko‘rgan real zararini pudratchi qoplashi shart.
702-modda. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalarini huquqiy tartibga solish
Ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi munosabatlar ushbu Kodeks bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari to‘g‘risidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ilmiy-tekshirish ishlari pudratida pudratchi ilmiy tekshirishlarni qanday olib borishi shart?
- shaxsan o‘zi olib borishi shart
- istalgan uchinchi shaxsga topshirishi mumkin
- faqat buyurtmachi bilan birga olib borishi shart
- faqat davlat organlari ishtirokida olib borishi shart
To‘g‘ri javob: shaxsan o‘zi olib borishi shart. 694-moddaga ko‘ra pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o‘zi olib borishi shart.
Pudratchi laboratoriya tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishda mutaxassis kompaniyani jalb qilmoqchi. Shartnomada boshqacha tartib yo‘q. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- pudratchi buyurtmachining roziligisiz uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli emas
- pudratchi uchinchi shaxslarni faqat sud ruxsati bilan jalb qilishga haqli
- pudratchi uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli
- yordamchi pudratchi faqat buyurtmachi ishchilaridan tanlanishi mumkin
To‘g‘ri javob: pudratchi uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. 694-moddaga ko‘ra tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarida boshqacha tartib bo‘lmasa, pudratchi uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 695-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi
- Pudratchining majburiyatlari
- Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalarini huquqiy tartibga solish
- Buyurtmachining majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi. 695-modda: Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi» qaysi moddada belgilangan?
- 695-modda
- 702-modda
- 689-modda
- 697-modda
To‘g‘ri javob: 695-modda. 695-modda: Shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari shartnomasida boshqacha tartib bo‘lmasa, pudratchi bajarilgan ishlar natijalarini patentlash uchun kimning roziligini olishi kerak?
- davlat organining ruxsatini
- uchinchi shaxslarning roziligini
- hech kimning, u o‘zi erkin patentlay oladi
- buyurtmachining yozma roziligini
To‘g‘ri javob: buyurtmachining yozma roziligini. 695-moddaga ko‘ra pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ilmiy-tekshirish ishlari pudratida pudratchi o‘zi olgan natijalardan nima uchun foydalanishga haqli?
- faqat buyurtmachi ruxsati bilan sotish uchun
- o‘z ehtiyojlari uchun
- faqat uchinchi shaxslarga berish uchun
- umuman foydalanishga haqli emas
To‘g‘ri javob: o‘z ehtiyojlari uchun. 696-moddaga ko‘ra pudratchi o‘zi olgan natijalardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 697-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Pudratchining majburiyatlari
- Ish natijalariga taraflarning huquqlari
- Buyurtmachining majburiyatlari
- Pudratchining hujjatlar va ishlardagi kamchiliklar uchun javobgarligi
To‘g‘ri javob: Buyurtmachining majburiyatlari. 697-modda: Buyurtmachining majburiyatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Buyurtmachining majburiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 696-modda
- 697-modda
- 698-modda
- 691-modda
To‘g‘ri javob: 697-modda. 697-modda: Buyurtmachining majburiyatlari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash