XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Fuqarolik to‘g‘risida» qonun · 1–6-m.

Umumiy qoidalar (1/2)

Moddalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza beruvchi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet davlat fuqarosi yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;

bola — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs;

vatandosh — O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lsa;

yolg‘iz ota yoki ona — bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoxud bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan otaning (onaning) so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa;

identifikatsiyalovchi ID-kartasi (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan hujjat;

3-modda. Asosiy tushunchalar (davomi)

tirikchilikning qonuniy manbai — ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, tadbirkorlik faoliyatidan yoki mulkdan olingan foyda, pensiya, stipendiya, alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, moliyaviy jamg‘armalar yoki oila a’zolari va boshqa shaxslarning moliyaviy yordami, shuningdek boshqa qonuniy daromadlar;

fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs;

fuqarolikning o‘zgarishi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish yoki tugatish;

chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs;

O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqan hamda xorijga doimiy yashashga chiqib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

yashash — shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida qonuniy asosda turishi;

yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:

Ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida, ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog‘liq holatlar boshlangan paytda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida qo‘llaniladi.

6-modda. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish

2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

Bilimingizni sinang

«Fuqarolik to‘g‘risida»gi Qonunning maqsadi nima?
  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
  2. Chet elliklarning mehnat migratsiyasi va ro‘yxatga olinishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
  3. Davlat chegarasini himoya qilish va chegara hududlarida yashash tartibi sohasidagi munosabatlarni belgilash
  4. Saylov huquqini kafolatlash va saylovlarni o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish. 1-moddaga ko‘ra, Qonunning maqsadi fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdir.

Agar O‘zbekistonning xalqaro shartnomasida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikdagidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lsa, qaysi qoidalar qo‘llaniladi?
  1. Xalqaro shartnoma qoidalari
  2. Milliy qonunchilik qoidalari
  3. Prezident farmoni qoidalari
  4. Eng qattiq qoidalar

To‘g‘ri javob: Xalqaro shartnoma qoidalari. 2-moddaga ko‘ra, bunday hollarda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, bola deb qaysi yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs tushuniladi?
  1. yigirma bir yoshga
  2. o‘n olti yoshga
  3. o‘n to‘rt yoshga
  4. o‘n sakkiz yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n sakkiz yoshga. Qonunga ko‘ra bola o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxsdir.

«Fuqarolik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, «bola» deb kim tushuniladi?
  1. O‘n to‘rt yoshga to‘lgunga (kichik yoshga) qadar bo‘lgan shaxs
  2. O‘n olti yoshga to‘lgunga (pasport olgunga) qadar bo‘lgan shaxs
  3. O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs
  4. Yigirma bir yoshga to‘lgunga (o‘qishni tugatgunga) qadar bo‘lgan shaxs

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs. 3-moddaga ko‘ra, bola — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs.

Qonunga ko‘ra, «vatandosh» tushunchasiga qaysi shaxs mos keladi?
  1. O‘zbekiston hududida tug‘ilgan yoki ilgari yashagan, fuqaroligiga ega bo‘lmagan, hududdan tashqarida yashaydigan shaxs
  2. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, xorijda doimiy ishlayotgan va hududida ro‘yxatdan o‘tmagan har qanday shaxs
  3. O‘zbekistonga bir martalik tashrif buyurgan, hududda tug‘ilmagan va fuqaroligi boshqa davlatga tegishli chet elliklar
  4. O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan va hududda tug‘ilmagan, boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston hududida tug‘ilgan yoki ilgari yashagan, fuqaroligiga ega bo‘lmagan, hududdan tashqarida yashaydigan shaxs. 3-moddaga ko‘ra, vatandosh — O‘zbekiston hududida tug‘ilgan yoki ilgari yashagan, fuqaroligiga ega bo‘lmagan, hududdan tashqarida yashaydigan shaxs.

Qonunga ko‘ra, «yolg‘iz ota yoki ona» deb kim tan olinadi?
  1. Bolani ajrashgandan keyin yolg‘iz tarbiyalayotgan har qanday ota yoki ona, ikkinchi ota-ona haqidagi ma’lumotlardan qat’i nazar, sud qarorisiz ham yolg‘iz deb tan olinadi
  2. Bolani farzandlikka olgan har qanday shaxs, agar bola ikkinchi ota-onasi bilan aloqa qilmasa yoki ular aliment to‘lamasa, tug‘ilganlik hujjatlaridan qat’i nazar
  3. Ikkinchi ota-onasi vafot etgan ota yoki ona, har qanday holatda, tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarda ikkinchi ota-ona ma’lumoti bo‘lgan taqdirda ham tan olinadi
  4. Bolani tarbiyalayotgan ota (ona), agar tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarda ikkinchi ota-ona haqida ma’lumot bo‘lmasa yoki tarbiyalayotganning so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Bolani tarbiyalayotgan ota (ona), agar tug‘ilganlik haqidagi hujjatlarda ikkinchi ota-ona haqida ma’lumot bo‘lmasa yoki tarbiyalayotganning so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa. 3-moddaga ko‘ra, yolg‘iz ota yoki ona — bolaning rasmiy hujjatlarida ikkinchi ota-ona haqida ma’lumot bo‘lmagan yoki tarbiyalovchining so‘zlariga asosan kiritilgan ota (ona).

Identifikatsiyalovchi ID-karta nimalarni tasdiqlaydi?
  1. Faqat egasining yoshini va tug‘ilgan joyini, fuqaroligini esa tasdiqlamaydi
  2. Egasining ish joyini, mehnat stajini va soliq to‘lovchi sifatida hisobga olinganligini
  3. Egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini
  4. Faqat egasining sog‘ligini va sug‘urta holatini, shaxsini esa tasdiqlamaydi

To‘g‘ri javob: Egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini. 3-moddaga ko‘ra, ID-karta shaxsni, fuqarolikni va doimiy ro‘yxatga olinganlikni tasdiqlaydi.

«Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs» va «chet davlat fuqarosi» o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
  1. Chet davlat fuqarosi O‘zbekistonda doimiy yashay olmaydi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs esa yashash guvohnomasisiz yashay oladi
  2. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doim chet davlat fuqarosidan yoshroq bo‘ladi, chunki u hali pasport olmagan voyaga yetmagan hisoblanadi
  3. Hech qanday farq yo‘q, ikkala tushuncha ham bir xil ma’noni anglatadi va ularning huquqiy maqomi mutlaqo bir xil hisoblanadi
  4. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmaydi, chet davlat fuqarosi esa shunday dalilga ega

To‘g‘ri javob: Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmaydi, chet davlat fuqarosi esa shunday dalilga ega. 3-moddaga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega emas, chet davlat fuqarosi esa shunday dalilga ega.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Umumiy qoidalar (2/2)