O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish chog‘ida hujjatlarni tayyorlash tartibi · O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari va ko‘rib chiqishni tugatish asoslari
Moddalar
37-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalarga doir umumiy talablar
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga beradi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan ularning tuzilish sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Agar ariza beruvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra iltimosnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning topshirig‘iga ko‘ra o‘zga shaxs ariza beruvchi va ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoxud konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi hozirligida iltimosnomani yoki boshqa hujjatni ariza beruvchi hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sababini ko‘rsatgan holda imzolashi mumkin. Bunday hollarda ichki ishlar organining mansabdor shaxsi yoki konsullik muassasasining konsullik mansabdor shaxsi tomonidan iltimosnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi.
38-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
so‘rovnoma;
pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi);
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;
tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning yoki idoraning iltimosnomasi;
sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.
39-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
so‘rovnoma;
pasport yoki identifikatsiyalovchi karta;
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi.
Agar O‘zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o‘ziga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.
40-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa davlat organlaridan so‘rab olishga haqli.
Iltimosnoma ushbu Qonunning 37, 38 va 39-moddalarida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e’tiboran ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
41-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari
Ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ushbu Qonunning 52-moddasida belgilangan tartibda tuziladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga materiallarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi talabnomani uch ish kuni ichida kiritadi.
Talabnomani ko‘rib chiqish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash muddati bir oyni tashkil etadi. Qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar olish zarur bo‘lganda talabnomani ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni qabul qilgan konsullik muassasasi ularni diplomatik pochta jadvalini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuborish uchun materiallarni Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlash muddati bir oydan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
42-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish
Quyidagi holatlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi:
- a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi;
- b) shaxsning qidiruvda ekanligi;
- v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni o‘tayotgan bo‘lsa;
- g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hukmining mavjudligi;
- d) bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik;
- e) O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik;
- j) shaxsning vafot etganligi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi to‘g‘risida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy vakilini O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Ushbu modda birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji yoki konsullik yig‘imi qaytarib berilmaydi.
42-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish (davomi)
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha takroriy murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng bir yil o‘tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, takroriy iltimosnoma ko‘rsatilgan muddatdan oldin ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma kimning nomiga beriladi va kim tomonidan beriladi?
- Prezident nomiga, ariza beruvchi tomonidan shaxsan
- Vazirlar Mahkamasi nomiga, ishonchli shaxs tomonidan
- Ichki ishlar vaziri nomiga, advokat tomonidan
- Oliy sud nomiga, qarindoshi tomonidan
To‘g‘ri javob: Prezident nomiga, ariza beruvchi tomonidan shaxsan. 37-moddaga ko‘ra, iltimosnoma Prezident nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi.
O‘zbekistonda yashab turgan shaxs iltimosnomani qayerga, xorijda yashovchi shaxs esa qayerga beradi?
- Doimiy yashash joyidagi hokimlik yoki mahalla yig‘iniga; xorijda yashovchi shaxs elchixonaga
- Doimiy yashash joyidagi sudga yoki prokuraturaga; xorijda yashovchi shaxs Adliya vazirligiga
- Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga; konsullik muassasasiga
- Vaqtincha turgan joyidagi Tashqi ishlar vazirligiga; xorijda yashovchi shaxs prokuraturaga
To‘g‘ri javob: Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga; konsullik muassasasiga. 37-moddaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi ichki ishlar organiga, xorijda yashovchi konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
Xorijda yashovchi Gulnora kasal bo‘lib qolgani sababli konsullik muassasasiga shaxsan bora olmaydi. Qonunga ko‘ra u iltimosnomani qanday bera oladi?
- Oddiy xat orqali yuborilgan iltimosnomani ishonchli shaxslar orqali
- Telefon orqali og‘zaki iltimosnoma berib, tasdiqlovchi hujjatsiz
- Notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnomani ishonchli shaxslar orqali
- Bera olmaydi, chunki kasallik uzrli sabab sifatida e’tirof etilmaydi
To‘g‘ri javob: Notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnomani ishonchli shaxslar orqali. 37-moddaga ko‘ra, uzrli sabablar bo‘lsa, notarial tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin.
Ariza beruvchi jismoniy nuqsoni tufayli iltimosnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, qanday yo‘l tutiladi?
- Iltimosnoma qabul qilinmaydi, chunki imzo faqat ariza beruvchining shaxsan o‘zi tomonidan qo‘yilishi shart
- Faqat sud ariza beruvchi nomidan imzolaydi, mansabdor shaxs hozirligida sababni ko‘rsatgan holda
- O‘zga shaxs ariza beruvchi va mansabdor shaxs hozirligida sababni ko‘rsatgan holda imzolashi mumkin
- Faqat mansabdor shaxs yolg‘iz o‘zi imzolaydi, ariza beruvchi hozir bo‘lishi va sabab ko‘rsatilishi shart emas
To‘g‘ri javob: O‘zga shaxs ariza beruvchi va mansabdor shaxs hozirligida sababni ko‘rsatgan holda imzolashi mumkin. 37-moddaga ko‘ra, o‘zga shaxs ariza beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, mansabdor shaxs hozirligida imzolaydi.
«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun — 38-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari
- O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
- Chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar. 38-modda: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar.
«Fuqarolik to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar» qaysi moddada belgilangan?
- 41-modda
- 33-modda
- 38-modda
- 31-modda
To‘g‘ri javob: 38-modda. 38-modda: O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar.
Umumiy tartibda qabul qilish yoki tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga qaysi hujjat ilova qilinishi shart?
- Tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki unga tenglashtirilgan hujjat
- Mehnat shartnomasi yoki ish joyidan olingan daromad ma’lumotnomasi
- Uy-joy kadastr hujjati yoki ko‘chmas mulkka egalik guvohnomasi
To‘g‘ri javob: Tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. 38-moddaga ko‘ra, tirikchilikning qonuniy manbalarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga umumiy hujjatlardan tashqari qaysi hujjat ilova qilinadi?
- Bank hisobvaraqasi mavjudligi va undagi mablag‘ni tasdiqlovchi hujjat
- Boshqa davlatdan olingan mehnat daftarchasi yoki ish staji ma’lumotnomasi
- Uy-joy ijara shartnomasi yoki uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjat
- Sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat
To‘g‘ri javob: Sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. 38-moddaga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda sudlanganlik holatini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash