NIZOM · 9–16-bandlar
NIZOM
9-band
Markaz yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
10-band
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish;
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish;
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
10-band (davomi)
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
11-band
Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish sohasida:
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari to‘g‘risidagi hisobotlarida taqdim etilgan ma’lumotlarga sharhlar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlarning takliflarini to‘plash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi;
inson huquqlari, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini shakllantirishga ko‘maklashadi;
11-band (davomi)
- b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish sohasida:
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilishi masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plashni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qilish holatini tizimli tahlil qiladi va umumlashtiradi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning, shu jumladan ma’lumotlar bazasidan foydalanish orqali milliy harakat rejalarini amalga oshirish bo‘yicha yaxlit uslubiyotni ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini bajarish bo‘yicha davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqishning tizimli monitoringini amalga oshiradi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, ularning hal qilinishi monitoringi va tahlilini o‘tkazishni amalga oshiradi;
11-band (davomi)
- v) O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari ta’minlanishi holati to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili chop etadi;
milliy ma’ruzalar tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va ma’lumotlarini yig‘ishni muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini tayyorlash va taqdim etish jarayoniga inson huquqlari ko‘rsatkichlarini moslashtirish va tatbiq qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida BMTning ustav va shartnomaviy organlari uchun O‘zbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy ma’ruzalarini o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish to‘g‘risida oraliq axborotlar taqdim qiladi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlashtiruvchi kengashlar o‘tkazadi;
11-band (davomi)
davlat organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalari loyihalarining muhokamasini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalarga O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va shartnomaviy organlariga taqdim qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli milliy va davriy hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini ko‘rib chiqish va bajarish bo‘yicha davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boshqarishni hamda ularning samarali hamkorligini ta’minlaydi;
manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazadi;
11-band (davomi)
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli davriy hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan milliy harakat rejalari (“yo‘l xaritalari”) mas’ul ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklariga rioya qilish va ularni himoya qilishni ta’minlash sohasidagi ilg‘or o‘zgarishlarni tavsiflovchi inson huquqlari bo‘yicha axborot-tahlil va statistik ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantiradi;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va uning ishlashini ta’minlaydi;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi holati haqidagi xolis axborotning chop etilishini tashkillashtiradi;
- g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida;
11-band (davomi)
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oshiradi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilinishini ta’minlash choralarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va tegishli davlat organlari tomonidan ularning amaliy ijrosi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va muhokamasida ishtirok etadi;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha qonun loyihalarini tayyorlash tashabbuslari bilan chiqadi va ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokamasini o‘tkazadi, shuningdek, ularni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga kiritadi;
- d) inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish sohasida:
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari borasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
11-band (davomi)
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etadi;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashadi;
- e) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish sohasida:
inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha ma’rifat va ta’lim tizimini takomillashtirishga yordam ko‘rsatib, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan milliy dasturlar va harakat rejalarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlaydi va taqdim qiladi;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat organlari xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlarini va tartibini shakllantiradi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalarini, muqobil ma’ruzalarni, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar so‘rovlariga javoblarni tayyorlash asoslari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini ishlab chiqadi va olib boradi;
11-band (davomi)
o‘qitishni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy kampaniyalar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, jamoat maslahatlashuvlarini o‘tkazadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda xalqaro va xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-tahliliy materiallarni o‘rganadi va tayyorlaydi;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik grant va loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadi, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki samaradorligini ilmiy tahlil qiladi va baholaydi;
noshirlik faoliyatini olib boradi, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari bo‘yicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi;
- j) inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan inson huquqlariga rioya qilish, ularni himoya qilish va rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
11-band (davomi)
inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini xalqaro tashkilotlarda ilgari surish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, boshqa nohukumat huquqni muhofaza qilish tashkilotlari ishida qatnashadi;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi va hisobot hamda kelgusi harakatlar masalalari bo‘yicha tajriba almashadi;
davlat organlarini inson huquq va erkinliklarining samarali himoyasi borasidagi xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyot bilan tanishtirish maqsadida xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro va (yoki) mintaqaviy tadbirlar tashkil etadi;
inson huquqlari sohasida qonunchilik, ta’lim va ma’rifiy masalalarni takomillashtirish, davlat organlarining huquqni qo‘llash faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishni tashkillashtirish yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
1 §. Markazning huquqlari
12-band
Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari, boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot, statistik va boshqa material hamda ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni bepul asosda olish;
o‘z vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan hamkorlik qilish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis qo‘mita va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hay’atlari, Oliy sud Plenumi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi, ilmiy va ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari yig‘ilishlarida ishtirok etish;
inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish muammolari bo‘yicha davlat organlari, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazadigan yig‘ilishlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborish;
12-band (davomi)
jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, Markaz vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
davlat organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqa tuzilmalarda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyat amaliyotini joylarda bevosita o‘rganish;
inson huquqlarining buzilishi aniqlangan holatlarda vakolatli davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar tekshiruvini uyushtirish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini amalga oshirish, ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish shakllari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish;
manfaatdor tashkilotlarga inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini ta’minlash bo‘yicha tavsiya berish;
12-band (davomi)
davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
davlat organlariga fuqarolarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish jarayonida aniqlangan qonun buzilishini bartaraf etish, inson huquq va erkinliklarining buzilishiga olib keladigan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida tavsiyalarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;
Markaz vakolatiga taalluqli masalalarni tashkil etish va hal etish uchun davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislari orasidan ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
inson huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda kompleks chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;
inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalarini amalga oshirishga oid davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu masalalar bo‘yicha loyihalarni tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy muassasalar xodimlari, ta’lim muassasalari olimlari va o‘qituvchilarini milliy ekspertlar sifatida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarga jalb etish;
12-band (davomi)
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha “davra suhbatlari”, konferensiya va seminarlar tashkil qilish va o‘tkazish;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda olib borish, davriy ilmiy-amaliy nashrlar chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlar ochish va ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni o‘tkazish;
Markazning moddiy-texnika bazasini va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
qonunda belgilangan tartibda budjet mablag‘laridan, shu jumladan Markaz tomonidan grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar sifatida olinadigan valyuta mablag‘laridan foydalanish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2 §. Markazning majburiyatlari
13-band
Markaz quyidagilar uchun mas’uldir:
Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha dasturlar, tadbir rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarni amalga oshirishni tashkil qilish.
4-bob. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
14-band
Markazning asosiy tarkibiy bo‘linmalari muayyan muammolarni hal etish uchun tuzilgan bo‘limlar hisoblanadi.
15-band
Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
16-band
Direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Markaz direktori taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bilimingizni sinang
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz nizomiga ko‘ra, Markaz yuridik shaxs sifatida qaysi atributlarga ega bo‘ladi?
- Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhr, mustaqil balans, G‘aznachilikda g‘azna hisob raqamlari hamda milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari
- Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan muhr, Moliya vazirligi balansi tarkibidagi hisob hamda milliy valyutadagi hisob raqamlari, mustaqil balanssiz
- Faqat o‘z nomi yozilgan muhr, mustaqil balans va milliy valyutadagi hisob raqami bo‘lib, G‘aznachilikda g‘azna hisob raqami ochmaydi hamda boshqa hisob raqamlarga ega bo‘lmaydi
- Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va mustaqil balans, ammo xorijiy valyutada hisob raqam ocha olmaydi, faqat milliy valyutadagi hisob raqamiga ega
To‘g‘ri javob: Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhr, mustaqil balans, G‘aznachilikda g‘azna hisob raqamlari hamda milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari. Nizomning 9-bandiga ko‘ra Markaz Davlat gerbi tushirilgan muhr, mustaqil balans, g‘azna hamda milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Quyidagilardan qaysi biri Markazning asosiy vazifalari qatoriga kiradi?
- Inson huquqlari buzilishiga oid jinoyat ishlarini tergov qilish, ayblov xulosasi tuzish hamda ayblanuvchilarni qamoqqa olish va sudga yuborish
- Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish hamda xalqaro tuzilmalar tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish
- Inson huquqlari bo‘yicha sud hukmlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish hamda yangi qaror chiqarish, hukm kuchini tiklash va nazorat qilish
- Ushlash va qamoqqa olish uchun sanksiya berish, shuningdek ayblanuvchilarni ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha qaror qabul qilish va ularni jazoni o‘tash joyiga yuborish
To‘g‘ri javob: Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish hamda xalqaro tuzilmalar tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish. Nizomning 10-bandiga ko‘ra Markazning vazifalaridan biri huquqlarga rioya holatini o‘rganish, tahlil qilish va tavsiyalar bajarilishini monitoring qilishdir.
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmadan Markazga individual murojaat kelib tushdi. Nizomga ko‘ra Markaz qanday yo‘l tutadi?
- Murojaatni rad etadi, chunki individual murojaatlar Markaz vakolatiga kirmaydi va ularni ko‘rib chiqish faqat sud vakolatidir
- Murojaat bo‘yicha sud qarorini o‘zi bekor qiladi va aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo‘llaydi hamda jarima soladi
- Murojaat bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi va davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishining tizimli monitoringini amalga oshiradi
- Murojaatni xalqaro tuzilmaga javobsiz qaytaradi va hech qanday choralar ko‘rmaydi, chunki bu davlat organlari vakolati
To‘g‘ri javob: Murojaat bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi va davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishining tizimli monitoringini amalga oshiradi. 11-bandning “a” va “b” kichik bandlariga ko‘ra Markaz individual murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi va ularni ko‘rib chiqish monitoringini amalga oshiradi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari ta’minlanishi holati to‘g‘risidagi hisobotlarni qanday davriylikda chop etadi?
- Har chorakda
- Har ikki yilda
- Har besh yilda
- Har yili
To‘g‘ri javob: Har yili. 11-bandning “v” kichik bandiga ko‘ra Markaz bunday hisobotlarni har yili chop etadi.
Markaz milliy ma’ruzalar loyihalari muhokamasini qayerda o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlaydi?
- Oliy Majlis palatalarida, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida
- Vazirlar Mahkamasi hay’ati majlisida, faqat hukumat a’zolari ishtirokida va yopiq rejimda
- BMT Bosh Assambleyasi majlisida, xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida va ularning roziligi bilan
- Konstitutsiyaviy sud majlisida, sudyalar va Bosh prokuratura vakillari ishtirokida va ochiq tartibda
To‘g‘ri javob: Oliy Majlis palatalarida, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida. 11-bandga ko‘ra milliy ma’ruzalar loyihalari muhokamasi Oliy Majlis palatalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) Markaz tasdiqlash uchun qaysi organga taqdim qiladi?
- Prezidentga
- Oliy Majlis palatalariga
- Konstitutsiyaviy sudga
- Vazirlar Mahkamasiga
To‘g‘ri javob: Oliy Majlis palatalariga. 11-bandga ko‘ra Markaz yo‘l xaritalarini ishlab chiqadi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi.
Oliy Majlis palatalari BMT tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejasini tasdiqladi. Markaz Nizomiga ko‘ra keyingi bosqichda nima qiladi?
- Rejani bajarish uchun mas’ul ijrochilarni jazolaydi va ularga intizomiy choralarni qo‘llashni taklif qiladi
- Rejani Vazirlar Mahkamasiga qaytarib, uni qayta tasdiqlatadi va faqat shundan keyin ijrochilarga yetkazadi, keyin nazorat qiladi
- Tasdiqlangan rejani mas’ul ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va ijro bo‘yicha metodik tavsiyalar tayyorlaydi
- Rejani maxfiy hujjat sifatida saqlaydi va mas’ul ijrochilarga yetkazmaydi, ijro monitoringini esa o‘zi yuritmaydi
To‘g‘ri javob: Tasdiqlangan rejani mas’ul ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va ijro bo‘yicha metodik tavsiyalar tayyorlaydi. 11-bandga ko‘ra Markaz tasdiqlangan rejalarning mas’ul ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi va metodik tavsiyalar tayyorlaydi.
Markaz qaysi ilmiy-davriy nashrni chop etadi?
- “Inson huquqlari va qonun ustuvorligi”
- “Demokratiya va fuqarolik jamiyati”
- “Huquqiy davlat va adolat mezonlari”
- “Demokratlashtirish va inson huquqlari”
To‘g‘ri javob: “Demokratlashtirish va inson huquqlari”. 11-bandning “e” kichik bandiga ko‘ra Markaz “Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-davriy nashrini chop etadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash