NIZOM · 25–26-bandlar
NIZOM
25-band
Markaz xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, lavozim yo‘riqnomalari, Markazda amalda bo‘lgan nizomlar, yo‘riqnomalar, ichki mehnat tartib qoidalariga, jamoaviy va mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
26-band
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z blankiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
3-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari
Lavozimning nomlanishi
Mehnatga haq to‘lash razryadlari
Direktor
19
Direktorning birinchi o‘rinbosari
18
Direktor o‘rinbosari
17
Matbuot kotibi
17
Direktor yordamchisi
15
Bo‘lim boshlig‘i
15
Bosh buxgalter
15
Bosh yuriskonsult
14
Bosh mutaxassis
12
Kadrlar bo‘yicha bosh inspektor
12
Yetakchi mutaxassis
11
1-toifali ish yurituvchi
8
2-toifali ish yurituvchi
7
G‘aznachi
7
Xo‘jalik ishlari mudiri
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
4-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
T/r
Chora-tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddatlari
Mas’ul
ijrochilar
I. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyatini huquqiy tartibga solish
1.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Buyruq
2019-yil
1-yanvargacha
IHMM (A. Saidov)
2.
Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.
Qo‘shma buyruq
2019-yil
1-yanvargacha
26-band (davomi)
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
3.
Amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
4.
Markazni rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
IIV (P. Bobojonov)
5.
Inson huquqlari sohasida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini o‘qitishni amalga oshirish, shuningdek, aholining ongini oshirish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2019-yil
1-maygacha
IHMM (A. Saidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining samaradorligini oshirish
6.
Markaz saytini modernizatsiya qilish va quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutish:
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi uchun platforma yaratish;
26-band (davomi)
vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar o‘tkazish;
elektron kutubxonalardan foydalanish;
Markazning jurnallarini elektron ko‘rinishda nashr etish;
ijtimoiy tarmoqlarda Markaz sahifalarini yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
7.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens aloqadan foydalangan holda Markazning axborot-ma’rifat tadbirlarini tashkil etish uchun Markazni “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-martgacha
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Matbuot
va axborot agentligi (K. Allamjonov)
8.
Markazni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini professional darajada ta’minlay oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov)
9.
Markaz xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.
Buyruq
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov)
10.
Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan Inson huquqlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni Markazning rasmiy veb-sahifasida joylashtirish.
26-band (davomi)
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
TIV (A. Kamilov)
11.
Markazning inson huquqlari bo‘yicha kutubxonasi ishlarini takomillashtirish, undan aholi keng doirasining, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanishini ta’minlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov), Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi
12.
Markaz xodimlarining malakasini oshirish uchun BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarida ta’lim va stajirovkalarni tashkil etish.
Reja jadvali
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
III. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
13.
Toshkent shahar, I. Karimov ko‘chasi 15-uy manzilidagi Markazga taqdim etilayotgan ma’muriy binoga tutash hududda ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov),
Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
14.
Markazni kerakli mebel, inventarlar, kompyuter va boshqalar, shu jumladan Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa orgtexnika bilan ta’minlash.
26-band (davomi)
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
Vazirlar Mahkamasi, (J. Kuchkarov),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sh. Sadikov)
15.
Markaz buyurtmanomalariga ko‘ra xizmat avtotransportlari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini o‘rnatilgan tartibda ajratish va olish bilan Markazga bitta personal yengil va bitta navbatchi avtotransport vositalarini xarid qilish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
“O‘zavtosanoat” kompaniyasi (Sh. Umurzakov),
“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Ashrafxanov),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
16.
Markazning kichik tipografiyasini yaratish va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, risolalar, darsliklar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-maygacha
IHMM (A. Saidov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
17.
Davlat organlari xodimlarini masofadan o‘qitish uchun elektron darsliklar materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini yaratish va jihozlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-iyungacha
IHMM (A. Saidov),
MTRK (A. Xadjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
26-band (davomi)
IV. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida
huquqiy ongni oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishida ishtirok etishi
18.
Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov)
19.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar, milliy axborotlar matnlarini, BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalari va yakuniy takliflarini axborot-izlash huquqiy tizimlarida e’lon qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
20.
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-iyungacha
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
21.
Inson huquqlari sohasidagi axborot materiallari va nashrlarni (risolalar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
Doimiy
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
22.
BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalariga muvofiq xalqaro tajriba va xorijiy mamlakatlar amaliyotini o‘rganish asosida inson huquqlari sohasida maqsadli tadqiqotlar o‘tkazish.
Chora-tadbirlar rejasi
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
23.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish va davriy ma’ruzalarni tayyorlash xalqaro tizimi masalalari bo‘yicha qator axborot-ma’rifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.
26-band (davomi)
Chora-tadbirlar rejasi
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
24.
Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, mamlakatda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan qator radio va teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
Doimiy
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
MTRK (A. Xadjayev),
O‘zA (A. Kuchimov),
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
V. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining xalqaro hamkorligini rivojlantirish
25.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarini qabul qilish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
26.
Universal davriy sharh doirasida O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi milliy ma’ruzasi ko‘rib chiqilishi yakunlari yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi bergan tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejalarini tayyorlash.
Milliy harakatlar rejasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
27.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni tuzish.
26-band (davomi)
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov)
28.
Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi davriy ma’ruzasini tayyorlash.
Milliy ma’ruza
2019-yil
30-maygacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
29.
Xalqaro sheriklar bilan birgalikda davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari uchun inson huquqlari bo‘yicha yozgi maktablarni o‘tkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-sentabrgacha
IHMM (A. Saidov)
30.
Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy ma’ruzasini tayyorlash.
Milliy ma’ruza
2019-yil
20-oktabrgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
31.
Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning sud himoyasi huquqlarining kafolatini kuchaytirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va o‘tkazish.
Chora-tadbirlar dasturi
2019-yil
1-noyabrgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
Oliy sud (K. Komilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
32.
BMT Kengashining inson huquqlari bo‘yicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.
26-band (davomi)
Chora-tadbirlar
rejasi
2019-yil
1-dekabrgacha
taklifnoma-lar tushishiga qarab
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov)
33.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi, BMTning rivojlanish Dasturi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va inson huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2020-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov)
34.
BMT Kengashining inson huquqlari bo‘yicha maxsus jarayonlar so‘rovlariga ma’lumotlarni tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish.
Ma’lumot
so‘rovlar tushishiga
qarab
IHMM (A. Saidov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
Bilimingizni sinang
Markaz xodimlarining huquq va majburiyatlari Nizomga ko‘ra nimalarga muvofiq belgilanadi?
- Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, lavozim yo‘riqnomalari, Markazdagi nizomlar, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoaviy va mehnat shartnomalariga muvofiq
- Faqat Prezident farmonlariga muvofiq, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda belgilanadi, shartnomalarsiz
- Faqat xalqaro konvensiyalarga muvofiq, ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat shartnomalariga bog‘liq bo‘lmagan holda belgilanadi, ya’ni
- Faqat Markaz direktorining og‘zaki ko‘rsatmalariga muvofiq, mehnat shartnomalari va lavozim yo‘riqnomalariga bog‘liq bo‘lmagan holda belgilanadi
To‘g‘ri javob: Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, lavozim yo‘riqnomalari, Markazdagi nizomlar, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoaviy va mehnat shartnomalariga muvofiq. Nizomning 25-bandiga ko‘ra xodimlarning huquq va majburiyatlari mehnat qonunchiligi, yo‘riqnomalar, nizomlar, ichki tartib qoidalari va shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning o‘z blankida qaysi tasvir tushirilgan bo‘ladi?
- Davlat bayrog‘i tasviri va uning ranglari
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti emblemasi
- Markaz xodimlari birlashmasi logotipi va nomi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri. 26-bandga ko‘ra Markaz Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z blankiga ega.
Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash kompleks chora-tadbirlarda qaysi shaklda amalga oshirilishi belgilangan?
- Buyruq
- Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
- Qo‘shma buyruq
- Milliy ma’ruza
To‘g‘ri javob: Qo‘shma buyruq. 4-ilovada martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash qo‘shma buyruq shaklida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish kompleks chora-tadbirlarda qaysi shaklda nazarda tutilgan?
- Qo‘shma buyruq shaklidagi loyiha
- Chora-tadbirlar rejasi loyihasi
- Buyruq shaklidagi hujjat loyihasi
- Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
To‘g‘ri javob: Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. 4-ilovaning 3-bandida bu chora-tadbirning shakli normativ-huquqiy hujjat loyihasi deb ko‘rsatilgan.
Markaz rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga Markazni kiritish qaysi shaklda amalga oshiriladi?
- Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
- Prezident farmoni loyihasi shaklida
- Adliya vaziri buyrug‘i loyihasi
- Ichki ishlar vaziri buyrug‘i loyihasi
To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. 4-ilovaning 4-bandiga ko‘ra Markazni ro‘yxatga kiritish Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi shaklida amalga oshiriladi.
Markaz saytini modernizatsiya qilayotgan mutaxassis Sherzod kompleks chora-tadbirlarga ko‘ra qaysi imkoniyatni nazarda tutishi kerak?
- Fuqarolarni sayt orqali onlayn ro‘yxatga olish tizimi
- Vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar o‘tkazish
- Elektron saylovlarni sayt orqali o‘tkazish va ovoz berish tizimi
- Sud majlislarini onlayn rejimda o‘tkazish va tashkil etish tizimi
To‘g‘ri javob: Vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar o‘tkazish. 4-ilovaning 6-bandiga ko‘ra sayt vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini nazarda tutishi kerak.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan videokonferens aloqa yordamida axborot-ma’rifat tadbirlarini tashkil etish uchun Markazni qaysi milliy tarmoqqa ulash nazarda tutilgan?
- “Elektron hukumat” milliy tarmog‘iga
- “Elektron sud” milliy tarmog‘iga
- “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga
- “Elektron arxiv” milliy tarmog‘iga
To‘g‘ri javob: “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga. 4-ilovaning 7-bandiga ko‘ra Markaz “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanadi.
Kompleks chora-tadbirlarga ko‘ra Markaz xodimlarining malakasini oshirish uchun ta’lim va stajirovkalar qayerlarda tashkil etiladi?
- Faqat Markazning o‘z binosida va uning o‘quv zallarida, xorijga chiqmasdan, markaz xodimlarining o‘zlari tomonidan o‘tkaziladigan kurslarda
- Faqat Adliya vazirligi huzuridagi kurslarda va uning o‘quv markazlarida, boshqa tashkilotlar ishtirokisiz, ichki kurslar tarzida
- Faqat Jahon bankining o‘quv markazlarida va uning mintaqaviy bo‘linmalarida, boshqa tashkilotlar ishtirokisiz va o‘z mablag‘lari hisobidan
- BMT Oliy komissari boshqarmasi, YEXHT byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarida
To‘g‘ri javob: BMT Oliy komissari boshqarmasi, YEXHT byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarida. 4-ilovaning 12-bandiga ko‘ra stajirovkalar BMT Oliy komissari boshqarmasi, YEXHT byurosi, ta’lim muassasalari va xorijiy milliy institutlarda tashkil etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash