Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Birinchi Bo‘Lim
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.
3-modda. Kodeksning prinsiplari
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
4-modda. Qonuniylik prinsipi
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
7-modda. Insonparvarlik prinsipi
Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
9-modda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
Bilimingizni sinang
Jinoyat kodeksi — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Demokratizm prinsipi
- Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
- Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi
- O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi. 1-modda: O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi.
Jinoyat kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi» qaysi moddada belgilangan?
- 1-modda
- 5-modda
- 6-modda
- 13-modda
To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi nimalarga asoslanadi?
- Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga
- Faqat Konstitutsiya va Prezident farmonlariga hamda qarorlariga
- Vazirlar Mahkamasi qarorlari va idoraviy me’yoriy hujjatlarga
- Xalqaro tashkilotlarning tavsiyaviy va majburiy bo‘lmagan hujjatlariga
To‘g‘ri javob: Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga. 1-moddaga ko‘ra jinoyat qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslanadi.
Jinoyat kodeksi — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jinoyatlarni tasniflash
- Jinoyat tushunchasi
- Kodeksning prinsiplari
- Kodeksning vazifalari
To‘g‘ri javob: Kodeksning vazifalari. 2-modda: Kodeksning vazifalari.
Jinoyat kodeksi: «Kodeksning vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
- 3-modda
- 15-modda
- 2-modda
- 14-modda
To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Kodeksning vazifalari.
Jinoyat kodeksining vazifalariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
- Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni davlat hisobidan qoplash
- Fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash
- Jazoni ijro etish koloniyalarining faoliyatini tashkil etish
- Sud hukmlarining ijrosini nazorat qilish tartibini belgilash
To‘g‘ri javob: Fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash. 2-moddaga ko‘ra Kodeksning vazifalaridan biri fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdir.
Jinoyat kodeksi — 3-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi
- Jinoyatlarni tasniflash
- Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
- Kodeksning prinsiplari
To‘g‘ri javob: Kodeksning prinsiplari. 3-modda: Kodeksning prinsiplari.
Jinoyat kodeksi: «Kodeksning prinsiplari» qaysi moddada belgilangan?
- 11-modda
- 3-modda
- 15-modda
- 13-modda
To‘g‘ri javob: 3-modda. 3-modda: Kodeksning prinsiplari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash