XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 109–113-m.

Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish

Uchinchi Bo‘Lim

109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi

Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.

110-modda. So‘roq qilish muddatlari

Surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so‘roq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay, so‘roq qilinishi kerak.

Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko‘rsatuv berish huquqi sudya tomonidan ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o‘tkazilayotgan paytda ko‘rsatuv berish to‘g‘risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.

111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar

Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.

Shundan so‘ng surishtiruvchi, tergovchi:

Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin u o‘zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o‘z aybini to‘la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab o‘tilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so‘roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.

112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini baholash

Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.

113-modda. Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz

Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz — ariza beruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin bergan xabaridir.

Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud og‘zaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.

Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 109-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. So‘roq qilish muddatlari
  2. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar
  3. So‘roq jarayoni va natijalarini qayd qilish
  4. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi

To‘g‘ri javob: Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi. 109-modda: Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 109-modda
  2. 106-modda
  3. 111-modda
  4. 110-modda

To‘g‘ri javob: 109-modda. 109-modda: Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi.

Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ushlangandan yoki qamoqqa olingandan keyin darhol yoki qancha vaqtdan kechiktirmay so‘roq qilinishi kerak?
  1. yetmish ikki soatdan
  2. yigirma to‘rt soatdan
  3. o‘n ikki soatdan
  4. qirq sakkiz soatdan

To‘g‘ri javob: yigirma to‘rt soatdan. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishi kerak.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 110-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz
  2. So‘roq qilish muddatlari
  3. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish tartibi
  4. So‘roq qilinuvchiga narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ko‘rsatish

To‘g‘ri javob: So‘roq qilish muddatlari. 110-modda: So‘roq qilish muddatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «So‘roq qilish muddatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 114-modda
  2. 110-modda
  3. 113-modda
  4. 105-modda

To‘g‘ri javob: 110-modda. 110-modda: So‘roq qilish muddatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ushlangan gumon qilinuvchi qancha vaqt ichida so‘roq qilinishi kerak?
  1. O‘n kun ichida yoki ish sudga yuborilgunga qadar
  2. Yetmish ikki soat ichida, zarur bo‘lsa darhol
  3. Uch kun ichida yoki ayblov e’lon qilingandan keyin
  4. Darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay. 110-moddaga ko‘ra ushlangan gumon qilinuvchi darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishi kerak.

Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchi Rahimov boshqa guvoh so‘roq qilinayotgan paytda ko‘rsatuv bermoqchi ekanini bildirdi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra sud qanday yo‘l tutadi?
  1. Rahimovga ko‘rsatuv berishga umuman ruxsat bermaydi
  2. Shu sud harakati tugashi bilanoq unga ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi
  3. Rahimovning iltimosini rad etadi, chunki ko‘rsatuv faqat prokuror ruxsati bilan beriladi
  4. Rahimovga faqat sud tergovi tugagach ruxsat beradi

To‘g‘ri javob: Shu sud harakati tugashi bilanoq unga ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. 110-moddaga ko‘ra sud sudlanuvchiga sud harakatlari tugashi bilanoq ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 111-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar
  2. Qo‘shimcha so‘roq
  3. So‘roq qilish muddatlari
  4. Alohida holatlarni bahona qilib ko‘rsatuv berishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmasligi

To‘g‘ri javob: Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar. 111-modda: Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSo‘roq qilishning umumiy qoidalari (2/2)Keyingi →Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish (1/2)