XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 121–121⁵-m.

Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish (2/2)

Uchinchi Bo‘Lim

121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.

Pedagogni va (yoki) psixologni so‘roq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanadi.

Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqi so‘roq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi.

Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda:

121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari (davomi)

Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini qo‘shimcha so‘roq qilish so‘roq qilinuvchi ishning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuv bera olishi uchun ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan so‘roqning umumiy davom etish vaqti yetarli bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 108-moddasining 2 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham amalga oshiriladi.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chog‘ida haqqoniy ko‘rsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashish ma’naviy burch ekanligini eslatib o‘tadi.

Jinsiy erkinlikka qarshi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish, shuningdek boshqa holatlarda so‘roq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.

121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari (davomi)

So‘roqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda o‘tkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi.

Zarur bo‘lgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati o‘zgartirilmaydi.

Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish stenografiyasi, ular ko‘rsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi.

12¹-bob. KO‘RSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QO‘YISH

121¹-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish

Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan so‘roq qilishdan iborat bo‘lib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi.

121²-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish uchun asoslar

Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) obyektiv sabablarga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog‘ida keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, ularning ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilishi mumkin.

Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish zarur bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), guvoh va himoyachi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida prokurorga murojaat qiladi.

Prokuror ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga yuboradi.

Iltimosnomaga ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

121³-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish shartlari

Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Sud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi.

Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash bo‘yicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay o‘tkazadi.

Agar sudya ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.

Sudning ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.

121³-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish shartlari (davomi)

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas.

Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat ko‘rsatuvlarni mustahkamlash to‘g‘risida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

121⁴-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish tartibi

Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish sudda so‘roq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat bo‘lganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish zarurligini asoslaydi.

Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.

Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiladigan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan bo‘lsa, ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin.

121⁴-modda. Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish tartibi (davomi)

Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.

Taraflar sud majlisi bayonnomasining ko‘chirma nusxasini, shuningdek o‘z hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan o‘z mulohazalarini berishga haqlidir.

Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol ko‘rib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qo‘shish uchun prokurorga yuboriladi.

Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning ko‘chirma nusxalari sudda saqlanadi.

121⁵-modda. Ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsni qayta so‘roq qilish uchun asoslar

Ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy da’vogarlarni) qayta so‘roq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilgan shaxsga berilishi kerak bo‘lgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tug‘ilganda yo‘l qo‘yiladi.

Bilimingizni sinang

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqadan, jami bir soatdan oshmaslik qoidasi qaysi yosh guruhiga nisbatan qo‘llanadi?
  1. 16 yoshgacha bo‘lganlarga
  2. 7 yoshgacha bo‘lganlarga
  3. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlarga
  4. 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lganlarga

To‘g‘ri javob: 7 yoshgacha bo‘lganlarga. 7 yoshgacha bo‘lganlarni so‘roq qilish tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqadan, jami bir soatdan oshmasligi kerak.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 121-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari
  2. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari
  3. Yuzlashtirish chog‘ida ilgarigi ko‘rsatuvlarni o‘qib eshittirish
  4. Alohida holatlarni bahona qilib ko‘rsatuv berishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmasligi

To‘g‘ri javob: Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari. 121-modda: Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 118-modda
  2. 121-modda
  3. 125-modda
  4. 124-modda

To‘g‘ri javob: 121-modda. 121-modda: Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos jihatlari.

Voyaga yetmagan guvohni so‘roq qilishda ularning roziligi bilan quyidagilardan qaysi biri ishtirok etishi mumkin?
  1. Ayblanuvchining ish beruvchisi
  2. Mahalla faoli
  3. Sud binosining qorovuli
  4. Pedagog yoki psixolog

To‘g‘ri javob: Pedagog yoki psixolog. 121-moddaga ko‘ra voyaga yetmagan guvohni so‘roq qilish qonuniy vakili, yaqin qarindoshi, pedagog yoki psixolog ishtirokida o‘tkaziladi.

6 yoshli guvoh bola tergov vaqtida so‘roq qilinmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra bunday bolani so‘roq qilish bir kunda qanday chegaradan oshmasligi kerak?
  1. Tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqa, jami bir soat
  2. Tanaffuslarsiz ikki soat, jami to‘rt soat
  3. Tanaffuslarsiz bir soat, jami ikki soat
  4. Tanaffuslarsiz o‘n besh daqiqa, jami o‘ttiz daqiqa

To‘g‘ri javob: Tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqa, jami bir soat. 121-moddaga ko‘ra 7 yoshgacha bo‘lganlarga nisbatan tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqa, jami bir soat.

12 yoshli jabrlanuvchi Lolani tergovchi tanaffussiz 90 daqiqa so‘roq qildi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Qoida buzilmagan, chunki bu yoshda jami uch soatgacha so‘roq qilishga ruxsat etilgan
  2. Qoida buzilgan, chunki bu yoshda tanaffussiz so‘roq bir soatdan oshmasligi kerak
  3. Qoida buzilgan, chunki bu yoshda so‘roq tanaffussiz o‘ttiz daqiqadan oshmasligi kerak
  4. Qoida buzilmagan, chunki bu yoshda tanaffussiz so‘roq ikki soatgacha chegaralanmagan

To‘g‘ri javob: Qoida buzilgan, chunki bu yoshda tanaffussiz so‘roq bir soatdan oshmasligi kerak. 121-moddaga ko‘ra 7–14 yoshda tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan oshmasligi kerak.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan guvohni so‘roq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi qanday bo‘lishi kerak?
  1. Tanaffuslarsiz o‘ttiz daqiqadan, jami bir soatdan oshmasligi kerak
  2. Tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan oshmasligi kerak
  3. Tanaffuslarsiz uch soatdan, jami olti soatdan oshmasligi kerak
  4. Tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami to‘rt soatdan oshmasligi kerak

To‘g‘ri javob: Tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami to‘rt soatdan oshmasligi kerak. 121-moddaga ko‘ra 14–18 yoshdagilar uchun tanaffuslarsiz ikki soat, jami to‘rt soatdan oshmasligi kerak.

15 yoshli guvoh Dilshodni tergovchi bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirmoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ogohlantirish shart, chunki u o‘n besh yoshda bo‘lib, bayonnomaga yozib qo‘yiladi
  2. Ogohlantirish shart emas: o‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlar bunday ogohlantirilmaydi
  3. Ogohlantirish faqat sud majlisida mumkin, tergov bosqichida guvohlar ogohlantirilmaydi
  4. Ogohlantirish faqat jabrlanuvchiga nisbatan mumkin, guvohlarga nisbatan mumkin emas

To‘g‘ri javob: Ogohlantirish shart emas: o‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlar bunday ogohlantirilmaydi. 121-moddaga ko‘ra o‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlar javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGuvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish (1/2)Keyingi →Yuzlashtirish