XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 304–313-m.

Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash tartibi

Yettinchi Bo‘Lim

304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi

Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida ko‘rsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi.

Quyidagilar qoplanishi lozim bo‘ladi:

Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo‘rlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.

305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai

Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan, 2-bandida ko‘rsatilgan ziyon O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish

Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish to‘g‘risidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e’tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.

Reabilitatsiya etish to‘g‘risida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tug‘ilganda buning uchun moliya organlaridan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rish chog‘ida sud tomonidan tugatilgan bo‘lsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi.

307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi

Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.

Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi.

308-modda. To‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin.

Sudning to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin.

309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish

Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamog‘ida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga ko‘ra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy ichida xabar berishlari shart.

310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash

Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.

Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti, jazo o‘tagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi.

Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli o‘quv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga ko‘ra o‘qishga tiklanishi shart.

Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni bo‘lmasa, o‘sha aholi punktining o‘zida avvalgisiga teng qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joy beriladi.

310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash (davomi)

Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo‘li bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi.

311-modda. Huquqlarni da’vo tartibida tiklash

Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilmagan bo‘lsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa, u tegishli talab bilan da’vo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir.

312-modda. Talab qilish muddati

Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bunday to‘lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.

Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko‘ra bu muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.

313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash

Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 304-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mulkiy ziyonni qoplash manbai
  2. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi
  3. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish
  4. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati

To‘g‘ri javob: Mulkiy ziyonni qoplash hajmi. 304-modda: Mulkiy ziyonni qoplash hajmi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Mulkiy ziyonni qoplash hajmi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 306-modda
  2. 305-modda
  3. 299-modda
  4. 304-modda

To‘g‘ri javob: 304-modda. 304-modda: Mulkiy ziyonni qoplash hajmi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, reabilitatsiya etilgan shaxsga qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon qanday hajmda qoplanadi?
  1. To‘la hajmda
  2. Faqat real zarar hajmida
  3. Yetkazilgan ziyonning yarmi hajmida
  4. Sud belgilagan eng kam miqdorda

To‘g‘ri javob: To‘la hajmda. 304-moddaga ko‘ra mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi.

Fuqaro Valiyev oqlandi. Tergov davomida u o‘ziga yuridik yordam ko‘rsatgan advokatlar byurosiga 20 million so‘m to‘lagan edi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Advokatga to‘langan pul qoplanmaydi, chunki bu shaxsiy xarajat bo‘lib, ziyonga kirmaydi
  2. Advokatlar byurosiga to‘langan pul ham qoplanishi lozim bo‘lgan mulkiy ziyonga kiradi
  3. Faqat davlat tayinlagan himoyachi xizmati qoplanadi, advokatlar byurosiga to‘langani esa emas
  4. Advokat xarajatlarining faqat yarmi qoplanadi, qolgan yarmi shaxsning o‘zi zimmasida qoladi

To‘g‘ri javob: Advokatlar byurosiga to‘langan pul ham qoplanishi lozim bo‘lgan mulkiy ziyonga kiradi. 304-moddaning 6-bandiga ko‘ra yuridik yordam uchun advokatlar byurosiga to‘langan pul qoplanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 305-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari
  2. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi
  3. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish
  4. Mulkiy ziyonni qoplash manbai

To‘g‘ri javob: Mulkiy ziyonni qoplash manbai. 305-modda: Mulkiy ziyonni qoplash manbai.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Mulkiy ziyonni qoplash manbai» qaysi moddada belgilangan?
  1. 306-modda
  2. 307-modda
  3. 303-modda
  4. 305-modda

To‘g‘ri javob: 305-modda. 305-modda: Mulkiy ziyonni qoplash manbai.

Reabilitatsiya etilgan Karimovning pensiyasini to‘lash qonunga xilof ravishda to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ushbu pensiya bo‘yicha ziyon qaysi organ tomonidan, qanday manba hisobidan qoplanadi?
  1. Moliya organlari tomonidan, mahalliy byudjet hisobidan, ish bo‘yicha sud ajrimi asosida
  2. Sud tomonidan, sud departamenti mablag‘lari hisobidan, ish tugagach darhol
  3. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan, davlat budjeti hisobidan
  4. Ishni tugatgan tergov organi tomonidan, o‘z mablag‘lari hisobidan, davlat byudjetisiz

To‘g‘ri javob: Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan, davlat budjeti hisobidan. 305-moddaga ko‘ra 2-bandda ko‘rsatilgan ziyon Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

Reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi ziyon miqdorini qancha muddatdan kechiktirmasdan aniqlaydi?
  1. olti oydan
  2. uch oydan
  3. yigirma kundan
  4. bir oydan

To‘g‘ri javob: bir oydan. Ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdori aniqlanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiReabilitatsiya asoslari va oqibatlariKeyingi →Protsessual muddatlar