Umumiy qoidalar
Moddalar
1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.
2-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining (bundan buyon matnda partiya guruhlari deb yuritiladi) har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etadi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
2-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi.
Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylanishi mumkin.
Tuman, shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etadi.
Tumanga bo‘ysunadigan shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo‘lib, bu xususda qabul qilingan qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanishi mumkin emas.
Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi qonunchiligi
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur bo‘lgan hollarda o‘z faoliyati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.
5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O‘zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg‘unlashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatishga haqlidirlar.
6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida (bundan buyon matnda Yagona elektron tizim deb yuritiladi) ishlab chiqiladi, kelishiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hujjatlar, bundan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan hujjatlar mustasno, agar shu hujjatning o‘zida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning Yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Bilimingizni sinang
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda xalq deputatlari Kengashlari qanday organ hisoblanadi?
- Sud hokimiyati organi
- Davlat hokimiyatining vakillik organi
- Ijro etuvchi hokimiyat organi
- Nazorat qiluvchi prokuratura organi
To‘g‘ri javob: Davlat hokimiyatining vakillik organi. 1-moddaga ko‘ra xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga kim boshchilik qiladi?
- Viloyat, tuman va shahar hokimi
- Prokuror
- Xalq deputatlari Kengashi raisi
- Sud raisi
To‘g‘ri javob: Viloyat, tuman va shahar hokimi. 1-moddaga ko‘ra ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.
Qo‘qon shahar hokimi (tuman tarkibiga kirmaydi) o‘z faoliyati bo‘yicha kimlar oldida hisobdor?
- Yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida
- Faqat Prezident va Vazirlar Mahkamasi oldida, Kengash oldida emas
- Faqat prokuratura va tegishli hududiy sud oldida hisobdor bo‘ladi
- Faqat hududning fuqarolar yig‘ini va viloyat prokurori oldida
To‘g‘ri javob: Yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida. 1-moddaga ko‘ra tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli Kengash oldida hisobdordir.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari bilan bir qatorda aholi bilan bog‘liq qaysi vazifani ta’minlaydi?
- Aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni
- Aholidan majburiy soliq undirish va byudjetni to‘ldirishni
- Aholining shaxsiy mol-mulkini boshqarish va taqsimlashni
- Aholini sud qarorisiz boshqa hududlarga ko‘chirib yuborishni
To‘g‘ri javob: Aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni. 1-moddaga ko‘ra Kengash va hokim aholini hududni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar qanday muhrga ega bo‘ladilar?
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga
- Faqat viloyat belgisi va hokim imzosi tushirilgan muhrga
- Faqat tashkilot nomi va yuridik manzili yozilgan oddiy muhrga
- Muhrga ega bo‘lmaydilar, hujjatlar faqat imzo bilan tasdiqlanadi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga. 1-moddaga ko‘ra ular Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.
Hokim nomzodlari ko‘pchilik ovoz ololmasa, Prezident viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini qancha muddat ichida yana taqdim etish huquqiga ega?
- ikki oy
- bir oy
- o‘n kun
- uch oy
To‘g‘ri javob: bir oy. Prezident nomzodlarni bir oy ichida yana ikki marta taqdim etishi mumkin.
Kengash viloyat hokimi nomzodi uchun ko‘pchilik ovoz bermasa, Prezident bir oy ichida nomzodlarni yana necha marta taqdim etish huquqiga ega?
- bir marta
- to‘rt marta
- uch marta
- ikki marta
To‘g‘ri javob: ikki marta. Prezident nomzodlarni bir oy ichida yana ikki marta taqdim etishi mumkin.
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Viloyat, tuman, shahar mulki
- Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish
- Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O‘zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlari
- Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
To‘g‘ri javob: Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish. 2-modda: Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash