Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (1/3)
Maxsus Qism
183-modda. Mayda bezorilik
Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
184²-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, —
materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
184³ -modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, —
materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
184⁴-modda. Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish
Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish, bundan tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
185-modda. Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig‘li sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
185¹-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi
Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
185²-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
185³-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi
Tig‘ining yoki keskichining (damining) uzunligi to‘qson millimetrdan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, —
mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
185⁴-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, —
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
185⁵-modda. Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi
Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 116¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Mayda bezorilik uchun bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- bir baravaridan
- o‘n baravaridan
- besh baravaridan
- uch baravaridan
To‘g‘ri javob: uch baravaridan. Mayda bezorilik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi.
Mayda bezorilik uchun jarima solinganda uning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari?
- besh baravarigacha
- o‘n baravarigacha
- uch baravarigacha
- yetti baravarigacha
To‘g‘ri javob: besh baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, muqobil jazo esa o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq.
Mayda bezorilik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanday jarima belgilangan?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan besh baravarigacha. 183-moddaga ko‘ra mayda bezorilik uchun BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi.
Anvar jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kindi va fuqarolarning osoyishtaligini buzdi. Uning harakati qanday baholanadi?
- Sudga hurmatsizlik
- Jamoat joyida yuzni to‘sib yurish
- Diniy adovatni targ‘ib qilish
- Mayda bezorilik
To‘g‘ri javob: Mayda bezorilik. 183-modda mayda bezorilikni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish kabi harakatlar sifatida belgilaydi.
Mayda bezorilik uchun jarimaga muqobil sifatida ma’muriy qamoq qanday muddatgacha qo‘llanishi mumkin?
- O‘n besh sutkagacha
- O‘n sutkagacha
- Besh sutkagacha
- Yigirma sutkagacha
To‘g‘ri javob: O‘n besh sutkagacha. 183-moddada mayda bezorilik uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq nazarda tutilgan.
184² va 184³-moddalarni solishtiring: qaysi huquqbuzarlik uchun jarimaga muqobil ravishda o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq ham nazarda tutilgan?
- Adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish (184³)
- Diniy materiallarni qonunga xilof tarqatish (184²)
- Ikkalasi uchun ham
- Ikkalasi uchun ham nazarda tutilmagan
To‘g‘ri javob: Adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish (184³). 184³-moddada jarimaga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish belgilangan, 184²-moddada faqat jarima.
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlagan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- yigirma baravaridan
- o‘n baravaridan
- ellik baravaridan
- o‘ttiz baravaridan
To‘g‘ri javob: yigirma baravaridan. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha jarima solinadi, materiallar musodara qilinadi.
Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari?
- o‘ttiz baravarigacha
- ellik baravarigacha
- yuz ellik baravarigacha
- yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: yuz baravarigacha. Fuqarolar uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha belgilangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash