XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Murojaatlar to‘g‘risida» qonun · 1–9-m.

Umumiy qoidalar

Moddalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi

Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi), shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2-modda. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik

Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;

takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonunchilikda belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;

anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;

3-modda. Asosiy tushunchalar (davomi)

murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi;

ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;

videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;

davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti;

ishonch telefoni — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan maxsus telefon aloqa tizimi.

4-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari

Murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;

murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi;

murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligi;

murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi.

5-modda. Murojaatlarning shakllari va turlari

Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.

Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.

6-modda. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar

Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

7-modda. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari

Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan murojaatlardan ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq jamoatchilik fikrini o‘rganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.

8-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish

Davlat organlarida, tashkilotlarda, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazuvchi davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslari har qanday masalalar, shu jumladan o‘z vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega bo‘lgan avvalgi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.

9-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining, tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida, tashkilotlarda maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilanadi.

Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

Qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullari, shuningdek ommaviy qabullar, zarur bo‘lgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari o‘tkazilishi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.

Agar qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxsining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor shaxslar murojaat etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligini tushuntirishi kerak.

9-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi (davomi)

Shaxsiy qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga ko‘ra va murojaat etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio- va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qo‘llanilishi mumkin.

Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.

Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi mumkin.

Bunda ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni ishlovdan o‘tkazish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida kerakli texnik resurslarga ega bo‘lgan bo‘linmalar (koll-markazlar) faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Videokonferensaloqa vositasida qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bilimingizni sinang

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
  3. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari
  4. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar

To‘g‘ri javob: Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi.

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun: «Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 13-modda
  2. 1-modda
  3. 6-modda
  4. 7-modda

To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi.

Qonunning amal qilishi davlat organlari va davlat muassasalaridan tashqari yana kimlarga nisbatan tatbiq etiladi?
  1. Faqat nodavlat notijorat tashkilotlari va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga
  2. Faqat davlat ulushi bo‘lmagan tijorat tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga
  3. Davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
  4. Faqat jamoat birlashmalari hamda siyosiy partiyalarning tarkibiy bo‘linmalariga

To‘g‘ri javob: Davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga. Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, uning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ham tatbiq etiladi.

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlari
  2. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari

To‘g‘ri javob: Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik. 2-modda: Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik.

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun: «Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik» qaysi moddada belgilangan?
  1. 12-modda
  2. 15-modda
  3. 13-modda
  4. 2-modda

To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik.

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun — 3-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish
  3. Murojaatlarning shakllari va turlari
  4. Asosiy tushunchalar

To‘g‘ri javob: Asosiy tushunchalar. 3-modda: Asosiy tushunchalar.

«Murojaatlar to‘g‘risida» qonun: «Asosiy tushunchalar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 13-modda
  2. 3-modda
  3. 9-modda
  4. 5-modda

To‘g‘ri javob: 3-modda. 3-modda: Asosiy tushunchalar.

«Murojaatlar to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, ariza qanday murojaat hisoblanadi?
  1. Buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat
  2. Davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hamda amaliy takliflar bayon etilgan murojaat
  3. Huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat
  4. Avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan norozilik bildirilayotgan yoki o‘z vaqtida ko‘rilmaganligi haqidagi murojaat

To‘g‘ri javob: Huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat. Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, ariza huquqlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaatdir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar