Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish (2/2)
Ii Bo‘Lim. Notarial Harakatlar Va Ularni Amalga Oshirish Qoidalari
56-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish
Meros mol-mulkni qo‘riqlash merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan bo‘lsa, qonunda belgilab qo‘yilgan merosni qabul qilib olish muddati o‘tgunga qadar davom etadi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash
Notarius merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, davlatga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan:
meros qoldiruvchi kasal bo‘lgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish;
meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan fuqarolarni ta’minlash;
ish haqi bo‘yicha da’volarni va ularga tenglashtirilgan da’volarni qanoatlantirish;
meros mol-mulkni qo‘riqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxo‘rlarni chaqirish haqidagi xabarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida farmoyish beradi.
Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
58-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish joyi va muddatlari
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Guvohnomalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda beriladi.
59-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonunchilikka muvofiq beriladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berilganligi haqida merosxo‘rlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan taqdirda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga beriladi.
60-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishning shartlari
Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishni so‘rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo‘ladigan munosabatlari mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib ko‘radi.
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin.
61-modda. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish shartlari
Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yo‘qligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
61¹-modda. Mediator vazifasini bajarish
Notarius “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda mediator vazifasini bajarishga haqli.
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
Bilimingizni sinang
«Notariat to‘g‘risida» qonun — 56-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish
- Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
- Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish
- Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish
To‘g‘ri javob: Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish. 56-modda: Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish.
«Notariat to‘g‘risida» qonun: «Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish» qaysi moddada belgilangan?
- 49-modda
- 50-modda
- 62-modda
- 56-modda
To‘g‘ri javob: 56-modda. 56-modda: Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni to‘xtatish.
Meros mol-mulkni qo‘riqlash, agar meros qabul qilinmagan bo‘lsa, qancha davom etadi?
- Qonunda belgilangan merosni qabul qilish muddati o‘tgunga qadar
- Merosxo‘rlar vasiyatnomani ro‘yxatdan o‘tkazgunga qadar bo‘lgan muddat
- Meros ochilgan kundan boshlab bir yil to‘lgunga qadar muddat davomida
- Sud merosxo‘rlarni aniqlab, qaror chiqargunga qadar muddat davomida
To‘g‘ri javob: Qonunda belgilangan merosni qabul qilish muddati o‘tgunga qadar. 56-moddaga ko‘ra qo‘riqlash merosni qabul qilish muddati o‘tgunga qadar davom etadi.
Meros mol-mulkni qo‘riqlash choralari to‘xtatilishi haqida notarius mol-mulk davlatga o‘tadigan bo‘lsa kimni oldindan xabardor qilishi shart?
- Fuqarolik holatini yozish organini
- Tegishli davlat organini
- Yagona Notariat palatasini
- Faqat sudni
To‘g‘ri javob: Tegishli davlat organini. 56-moddaga ko‘ra notarius merosxo‘rlarni, mol-mulk davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini xabardor qilishi shart.
Merosxo‘rlar merosni qabul qilmaganligi sababli notarius qo‘riqlashni to‘xtatmoqchi, mol-mulk esa vorislik huquqi bo‘yicha davlatga o‘tishi kutilmoqda. Qaysi harakat notarius uchun majburiy?
- Qo‘riqlashni to‘xtatish haqida sudga da’vo arizasi berib, uning qarorini kutish
- Meros mol-mulkni davlat nomiga avtomatik tarzda rasmiylashtirib, hisobotni yopish
- Merosxo‘rlarning yozma rozilik berishini kutib, qo‘riqlashni muddatsiz davom ettirish
- Chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida tegishli davlat organini oldindan xabardor qilish
To‘g‘ri javob: Chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida tegishli davlat organini oldindan xabardor qilish. 56-moddaga ko‘ra notarius davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
«Notariat to‘g‘risida» qonun — 57-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish
- Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish
- Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishning shartlari
- Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash
To‘g‘ri javob: Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash. 57-modda: Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash.
«Notariat to‘g‘risida» qonun: «Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash» qaysi moddada belgilangan?
- 60-modda
- 53-modda
- 57-modda
- 62-modda
To‘g‘ri javob: 57-modda. 57-modda: Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash.
Notarius meros mol-mulk hisobidan qaysi xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida farmoyish bera oladi?
- Merosxo‘rlarning shaxsiy qarzlari va jarimalarini to‘lash xarajatlarini
- Notarius xizmatlari va davlat boji bo‘yicha xarajatlarni oldindan
- Meros qoldiruvchini dafn etish va qabrini obod qilish xarajatlarini
- Meros qoldiruvchining tijorat shartnomalari bo‘yicha foydalarini
To‘g‘ri javob: Meros qoldiruvchini dafn etish va qabrini obod qilish xarajatlarini. 57-moddada kasal vaqtida qarab turish va dafn etish, qabrini obod qilish xarajatlari sanab o‘tilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash