Ijro xatlari yozish · vekselni protest qilish. chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash …
Ii Bo‘Lim. Notarial Harakatlar Va Ularni Amalga Oshirish Qoidalari
76-modda. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
77-modda. Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
78-modda. Ijro xatlarini yozish shartlari
Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
79-modda. Ijro xatining mazmuni
Ijro xatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi;
undirib oluvchining nomi va manzili;
qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan to‘lanishi kerak bo‘lgan penya, foizlar;
undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
notariusning muhri.
80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati bo‘yicha undirib olish tartibi
Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
Ijro xatini taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati bo‘yicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
81-modda. Vekselni protest qilish
Notarius puli to‘lanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi ko‘rsatilmagan vekselni qonunchilikka muvofiq protest qiladi.
82-modda. Chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash
To‘lovchining turar joyidagi notarius to‘lovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chekning to‘lanmaganligini unga yozib qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to‘lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo‘yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga ko‘ra ijro xatini yozadi.
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori bo‘yicha qaytarib beriladi.
Bilimingizni sinang
«Notariat to‘g‘risida» qonun — 76-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
- Ijro xatlarini yozish shartlari
- Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
- Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
To‘g‘ri javob: Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish. 76-modda: Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish.
«Notariat to‘g‘risida» qonun: «Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish» qaysi moddada belgilangan?
- 78-modda
- 76-modda
- 72-modda
- 70¹-modda
To‘g‘ri javob: 76-modda. 76-modda: Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish.
Notarius qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun qanday hujjat yozadi?
- Qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatini
- Qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga sud buyrug‘ini
- Qarzdor mol-mulkiga taqiq qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni
- Qarzdorlik bo‘yicha jarima solish haqidagi bayonnomani
To‘g‘ri javob: Qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatini. 76-moddaga ko‘ra notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
«Notariat to‘g‘risida» qonun — 77-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
- Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
- Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati bo‘yicha undirib olish tartibi
- Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish
To‘g‘ri javob: Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati. 77-modda: Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati.
«Notariat to‘g‘risida» qonun: «Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati» qaysi moddada belgilangan?
- 76-modda
- 77-modda
- 72¹-modda
- 80-modda
To‘g‘ri javob: 77-modda. 77-modda: Qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxati.
Ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini kim belgilaydi?
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi
- O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 77-moddaga ko‘ra ro‘yxat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ijro xati yozilishi uchun da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab qancha vaqtdan ortiq o‘tmagan bo‘lishi kerak?
- Uch yildan
- Ikki yildan
- Besh yildan
- Bir yildan
To‘g‘ri javob: Uch yildan. Da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa, ijro xati yoziladi.
Ijro xati da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, qancha vaqt o‘tmagan taqdirda yoziladi?
- Bir yildan ortiq bo‘lmagan
- Besh yildan ortiq bo‘lmagan
- Uch yildan ortiq bo‘lmagan
- Olti oydan ortiq bo‘lmagan
To‘g‘ri javob: Uch yildan ortiq bo‘lmagan. 78-moddaga ko‘ra da’vo huquqi vujudga kelgandan o‘tgan vaqt uch yildan ortiq bo‘lmasa, ijro xati yoziladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash