XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Oila kodeksi · 29–36-m.

Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi

Ii Bo‘Lim. Nikoh

29-modda. Nikoh shartnomasi

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.

30-modda. Nikoh shartnomasi tuzish

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

31-modda. Nikoh shartnomasining mazmuni

Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.

Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonunchilikning normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.

32-modda. Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.

33-modda. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish

Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Nikoh shartnomasining shartlari ushbu Kodeks 31-moddasi beshinchi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.

34-modda. Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish

Er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.

Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda er-xotin ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.

Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga orttirilgani yoki ko‘paygani sud hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotinning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.

Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi.

35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari

Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o‘zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to‘g‘risida o‘z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat’i nazar, o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.

Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o‘zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.

36-modda. Er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar

Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir.

Er-xotin o‘rtasida tuzilgan, ulardan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Bilimingizni sinang

Oila kodeksi — 29-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda ulushlarni aniqlash
  2. Er va xotinning umumiy mulki
  3. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
  4. Nikoh shartnomasi

To‘g‘ri javob: Nikoh shartnomasi. 29-modda: Nikoh shartnomasi.

Oila kodeksi: «Nikoh shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 28-modda
  2. 23-modda
  3. 27-modda
  4. 29-modda

To‘g‘ri javob: 29-modda. 29-modda: Nikoh shartnomasi.

Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh shartnomasi nima?
  1. Nikohlanuvchilar yoki er va xotinning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv
  2. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi sud qarori
  3. Er-xotinning shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi bitim
  4. Nikoh tuzish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga beriladigan ariza

To‘g‘ri javob: Nikohlanuvchilar yoki er va xotinning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv. 29-moddaga ko‘ra nikoh shartnomasi er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir.

Oila kodeksi — 30-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish
  2. Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar
  3. Nikoh shartnomasi tuzish
  4. Er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar

To‘g‘ri javob: Nikoh shartnomasi tuzish. 30-modda: Nikoh shartnomasi tuzish.

Oila kodeksi: «Nikoh shartnomasi tuzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 26-modda
  2. 36-modda
  3. 34-modda
  4. 30-modda

To‘g‘ri javob: 30-modda. 30-modda: Nikoh shartnomasi tuzish.

Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh shartnomasi qachon tuzilishi mumkin?
  1. Faqat nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilishi mumkin
  2. Faqat nikoh davrida, ro‘yxatga olishdan oldin tuzib bo‘lmaydi
  3. Faqat nikohdan ajralish jarayonida, sud ko‘rib chiqayotgan paytda
  4. Nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, nikoh davrida ham

To‘g‘ri javob: Nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, nikoh davrida ham. 30-moddaga ko‘ra shartnoma nikoh ro‘yxatiga olinguncha ham, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Akmal va Nigora 1 martda nikoh shartnomasini tuzdi, nikohni esa 15 martda davlat ro‘yxatiga oldirdi. Nikoh shartnomasi qaysi kundan boshlab kuchga kiradi?
  1. 1 martdan, nikoh shartnomasi tuzilgan kundan
  2. Nikohdan keyin o‘n kun o‘tgach, ya’ni 25 martdan
  3. Notarial tasdiqlangan kundan keyingi oyning boshidan
  4. 15 martdan, nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan

To‘g‘ri javob: 15 martdan, nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan. 30-moddaga ko‘ra nikohgacha tuzilgan shartnoma nikoh ro‘yxatga olingan kundan kuchga kiradi.

Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
  1. Og‘zaki shaklda, ikki guvoh ishtirokida tuziladi
  2. Yozma shaklda va notarial tartibda tasdiqlanadi
  3. Yozma shaklda va hokimlik tomonidan tasdiqlanadi
  4. Oddiy yozma shaklda, tasdiqlanishi shart emas

To‘g‘ri javob: Yozma shaklda va notarial tartibda tasdiqlanadi. 30-moddaga ko‘ra shartnoma yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEr va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariKeyingi →Nikohning tugatilishi (1/2)