XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Oila kodeksi · 223–229-m.

O‘limni qayd etish · Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish …

Vii Bo‘Lim. Fuqarolik Holati Dalolatnomalarini Qayd Etish

223-modda. O‘limni qayd etish tartibi

O‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish sudning mazkur qarorida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar sudning hal qiluv qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘limni qayd etish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.

O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

O‘limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.

224-modda. O‘limni qayd etishning alohida hollari

Shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etish davlat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining xabariga asosan shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda o‘lim haqidagi guvohnoma marhumning shaxsi aniqlangandan keyingina beriladi.

225-modda. O‘limni qayd etishda taqdim etiladigan hujjatlar

O‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi zarur.

226-modda. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi

Familiyani, ismni va otaning ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

227-modda. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish oqibatlari

Familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.

Er (xotin)ning familiyasi o‘zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydi.

Ota-ona har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilganda ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasi ham o‘zgartiriladi.

Agar ota-onadan biri o‘z familiyasini o‘zgartirsa, ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari ishtirokida sud tomonidan hal etiladi.

Ota ismining o‘zgartirilishi uning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarining ota ismi albatta o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.

228-modda. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish joyi

O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

229-modda. Jins o‘zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish

Jins o‘zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat sog‘liqni saqlash organlari xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, qancha muddatdan kechiktirmay berilishi zarur?
  1. besh kundan
  2. o‘n kundan
  3. uch kundan
  4. bir kundan

To‘g‘ri javob: uch kundan. O‘lim haqidagi ariza uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

Oila kodeksi — 223-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘limni qayd etish tartibi
  2. Jins o‘zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish
  3. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash
  4. Nikoh tuzilganligini qayd etishning alohida hollari

To‘g‘ri javob: O‘limni qayd etish tartibi. 223-modda: O‘limni qayd etish tartibi.

Oila kodeksi: «O‘limni qayd etish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 230-modda
  2. 217-modda
  3. 229-modda
  4. 223-modda

To‘g‘ri javob: 223-modda. 223-modda: O‘limni qayd etish tartibi.

O‘lim haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, qancha muddatdan kechiktirmay berilishi zarur?
  1. Yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay
  2. Uch kundan kechiktirmay
  3. Bir oydan kechiktirmay
  4. Yetti kundan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Uch kundan kechiktirmay. 223-moddaga ko‘ra ariza o‘lim kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay beriladi.

O‘limni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilishga nisbatan qanday qoida o‘rnatilgan?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi, qayd keyin amalga oshiriladi
  3. Faqat qishloq joylarda ruxsat etiladi
  4. Faqat qarindoshlar roziligi bilan ruxsat etiladi

To‘g‘ri javob: Taqiqlanadi. 223-moddaga ko‘ra qayd etmasdan dafn qilish taqiqlanadi.

Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi qayerdagi organda qayd etiladi?
  1. Tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida
  2. Ota-onaning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yeridagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida
  3. Bola tug‘ilgan tuman hokimligining dalolatnomalarni yozish bo‘limidagi maxsus reyestrda
  4. Faqat tibbiy muassasa joylashgan yerdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi huzurida

To‘g‘ri javob: Tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida. 223-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra qayd etish tibbiy muassasa joylashgan yerdagi organda amalga oshiriladi.

Oila kodeksi — 224-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishni qayd etish
  2. O‘limni qayd etish tartibi
  3. O‘limni qayd etishning alohida hollari
  4. Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishni qayd etish

To‘g‘ri javob: O‘limni qayd etishning alohida hollari. 224-modda: O‘limni qayd etishning alohida hollari.

Oila kodeksi: «O‘limni qayd etishning alohida hollari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 223-modda
  2. 218-modda
  3. 219-modda
  4. 224-modda

To‘g‘ri javob: 224-modda. 224-modda: O‘limni qayd etishning alohida hollari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNikohdan ajralishni qayd etishKeyingi →Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash va bekor qilish