XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Huquqiy ong va madaniyat farmoni (PF-5618) · 1–8-b.

Farmon matni · 1–8-bandlar

Farmon matni

1-band

Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish;

aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

1-band (davomi)

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish;

yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

2-band

“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.

3-band

Belgilab qo‘yilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

4-band

Quyidagilar:

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

5-band

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.

6-band

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlar (yuridik lug‘at, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi bo‘yicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;

aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;

umumta’lim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlari ko‘lamini yanada kengaytirish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

7-band

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin.

8-band

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.

Bilimingizni sinang

Prezidentning 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga ko‘ra, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalaridan biri nima?
  1. Aholiga qonun hujjatlari mazmunini faqat ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish
  2. Aholiga islohotlar, qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmunini izchil yetkazish tizimini shakllantirish
  3. Fuqarolarga jazo choralarining qat’iyligini tushuntirish va islohotlarga nisbatan nazoratni kuchaytirish tizimini shakllantirish
  4. Yuridik ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish hamda davlat dasturlarini faqat mutaxassislarga yetkazish tizimi

To‘g‘ri javob: Aholiga islohotlar, qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmunini izchil yetkazish tizimini shakllantirish. 1-bandda aholiga islohotlar, qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmunini izchil yetkazish tizimini shakllantirish asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Farmonda fuqarolar ongida mustahkamlanishi belgilangan hayotiy g‘oya qaysi mazmunga ega?
  1. Qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir
  2. Qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish iqtisodiy o‘sish va mustahkam budjetning garovidir
  3. Qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish faqat davlat xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi
  4. Qonunlarga bo‘ysunish tashqi siyosat barqarorligi va xalqaro obro‘ning yagona garovidir

To‘g‘ri javob: Qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir. 1-bandda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish demokratik huquqiy davlat qurish garovi ekani belgilangan.

Ta’lim-tarbiya orqali huquqiy ongni yuksaltirishda qaysi tizimdan boshlab aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong singdirilishi belgilangan?
  1. Faqat ishlab chiqarishdan boshlab
  2. Faqat oliy ta’limdan boshlab
  3. Maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab
  4. Faqat o‘rta maxsus ta’limdan boshlab

To‘g‘ri javob: Maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab. 1-bandga ko‘ra huquqiy ong maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab aholining barcha qatlamlariga singdiriladi.

Yosh avlodga Konstitutsiyaning muhim jihatlarini o‘rgatish qaysi yoshdan boshlanishi belgilangan?
  1. Maktabni tugatgandan keyin
  2. 18 yoshdan keyin
  3. Faqat universitetda
  4. Bolaligidan boshlab

To‘g‘ri javob: Bolaligidan boshlab. 1-bandga ko‘ra Konstitutsiyaning muhim jihatlari yosh avlodga bolaligidan boshlab o‘rgatiladi.

Fuqarolarda mamlakatga daxldorlik va vatanparvarlik hissini kuchaytirish uchun qaysi tuyg‘ularni shakllantirish belgilangan?
  1. Davlat mukofotlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini
  2. Davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini
  3. Mahalliy hokimiyatga bo‘ysunish tuyg‘usini
  4. Mahalliy hokimiyatga bo‘ysunish tuyg‘usini, faqat

To‘g‘ri javob: Davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini. 1-bandga ko‘ra har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish vatanparvarlikni kuchaytiradi.

Davlat xizmatchilarida qaysi munosabatni shakllantirish belgilangan?
  1. Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan bag‘rikenglik munosabati
  2. Jinoyatlarga murosasizlik, ma’muriy huquqbuzarliklarga esa bardosh munosabati
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yuqori rahbariyatga so‘zsiz bo‘ysunish munosabati
  4. Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabati

To‘g‘ri javob: Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabati. 1-bandga ko‘ra davlat xizmatchilarida korrupsiya va huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatini shakllantirish belgilangan.

Huquqiy targ‘ibot borasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining qanday hamkorligini mustahkamlash belgilangan?
  1. Faqat davlat organlari ichidagi hisobotlar almashinuvi borasidagi hamkorlikni
  2. Manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni
  3. Manzilsiz ommaviy axborot tarqatish borasidagi hamkorlikni
  4. Xalqaro grantlarni o‘zlashtirish borasidagi hamkorlikni va moliyalashtirishni

To‘g‘ri javob: Manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni. 1-bandning davomiga ko‘ra manzilli huquqiy targ‘ibot borasida hamkorlik mustahkamlanadi.

Huquqiy ong va madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda qaysi prinsiplardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish belgilangan?
  1. Ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan
  2. Faqat bozor raqobatidan
  3. Faqat markazlashtirish prinsipidan
  4. Faqat buyruqbozlik prinsiplaridan

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan. 1-bandga ko‘ra tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan tizimli foydalaniladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Farmon matni · 9–16-bandlar