Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
Iii Bo‘Lim. Prokuror Nazorati
27-modda. Nazorat predmeti
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonunchilikda belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
28-modda. Prokurorning vakolatlari
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
28-modda. Prokurorning vakolatlari (davomi)
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi;
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqida, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida, tintuv o‘tkazish haqida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida, mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
28-modda. Prokurorning vakolatlari (davomi)
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokurorning jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan o‘z vakolatlariga berilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergov o‘tkazadilar.
Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni o‘z ish yurituviga olishga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov o‘tkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
4-BOB. USHLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASH JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIRNING BOSHQA CHORALARINI IJRO ETISH CHOG‘IDA QONUNLARGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT
30-modda. Nazorat predmeti
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi.
31-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishga;
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga jo‘natishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq bo‘lsa, bu choralarni bekor qilishga va o‘z qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy bo‘linmalardan darhol ozod qilishga;
31-modda. Prokurorning vakolatlari (davomi)
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham so‘rab-surishtirishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatidan talab qilishga;
jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish to‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
31-modda. Prokurorning vakolatlari (davomi)
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishini;
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini;
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart.
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart.
Bilimingizni sinang
«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishi ustidan nazorat predmetiga nima kiradi?
- Sud hukmlarining qonuniyligi va asosliligi hamda sud majlislarini o‘tkazishning protsessual tartibi, sudyalar faoliyati
- Jinoyatchilikka qarshi kurash organlari xodimlarining mehnat intizomi, ichki xizmat tartibi va ularning moddiy ta’minoti
- Ayblanuvchilarning aybi isbotlanganligi va ularga tayinlangan jazoning adolatliligi hamda asosliligi, jazo muddatlari
- Jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish, hal qilish hamda tergov olib borishning protsessual tartibi
To‘g‘ri javob: Jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish, hal qilish hamda tergov olib borishning protsessual tartibi. 27-modda: arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda tergovni olib borishning protsessual tartibi nazorat predmeti hisoblanadi.
Surishtiruvchi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni asossiz rad etib, tegishli qaror chiqardi. Prokuror nazorati bu qarorga nisbatan qo‘llaniladimi?
- Yo‘q, bunday qarorlarni faqat sud tekshiradi, prokuror nazorati ularga taalluqli emas
- Ha, lekin faqat qarorlar oqibatida shaxs qamoqqa olingan bo‘lsagina nazorat qilinadi
- Ha, bunday organlar qarorlarining qonuniyligi prokuror nazorati predmeti hisoblanadi
- Yo‘q, nazorat faqat arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga nisbatan amalga oshiriladi
To‘g‘ri javob: Ha, bunday organlar qarorlarining qonuniyligi prokuror nazorati predmeti hisoblanadi. 27-modda: jinoyatchilikka qarshi kurash organlari qarorlarining qonuniyligi nazorat predmeti hisoblanadi.
Prokuror jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hal etish to‘g‘risidagi qonun ijrosini qanday davriylikda tekshiradi?
- Har chorakda kamida bir marta tekshiradi
- Har oyda kamida bir marta tekshiradi
- Har haftada kamida bir marta tekshiradi
- Har yili kamida ikki marta tekshiradi
To‘g‘ri javob: Har oyda kamida bir marta tekshiradi. 28-modda: bunday tekshiruv har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Tergovchi D. jinoyat ishini tergov qilishda qonunga xilof va asossiz qaror chiqardi. Prokuror bu qarorga nisbatan nima qila oladi?
- Tergovchining qonunga xilof va asossiz qarorini o‘zi bekor qiladi
- Tergovchi qarorini faqat sudga shikoyat qilib bekor qildirishi mumkin
- Qarorni emas, tergovchini lavozimidan bo‘shatish buyrug‘ini chiqaradi
- Avval ichki ishlar organi rahbariga murojaat qilib, qarorni bekor qiladi
To‘g‘ri javob: Tergovchining qonunga xilof va asossiz qarorini o‘zi bekor qiladi. 28-modda: prokuror tergovchi va surishtiruvchining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi.
Prokuror quyidagi masalalardan qaysi biri bo‘yicha tergov organlariga yozma ko‘rsatmalar berishga haqli?
- Sudyalar tarkibini belgilash va ish bo‘yicha hukm chiqarish hamda jazo tayinlash masalalari
- Jinoyat tavsifini belgilash va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish
- Surishtiruvchini lavozimga tayinlash va lavozimdan bo‘shatish hamda unga mukofot berish masalalari
- Ayblov xulosasini tuzish va sud majlisida ayblovni quvvatlash hamda hukm chiqarish masalalari
To‘g‘ri javob: Jinoyat tavsifini belgilash va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish. 28-modda yozma ko‘rsatma berish mavzulari qatorida jinoyat tavsifini belgilash va ayblanuvchi sifatida jalb qilishni sanaydi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ prokurorning tekshirish uchun jinoyat ishi materiallarini talab qilganiga javoban «bu materiallar sir» deb rad etdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Organ materiallarni faqat sud ruxsati bilan berishi mumkin, prokuror talabi yetarli emas
- Materiallar faqat yuqori turuvchi organ rahbari so‘rovi bilangina taqdim etilishi mumkin
- Prokuror o‘z vakolatlari doirasida materiallarni tekshirish uchun talab qilishga haqli
- Prokuror faqat tugallangan ishlarni talab qila oladi, tezkor materiallarni emas
To‘g‘ri javob: Prokuror o‘z vakolatlari doirasida materiallarni tekshirish uchun talab qilishga haqli. 28-modda: prokuror hujjat va materiallarni tekshirish uchun talab qiladi.
Prokuror tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga nimani topshirishi mumkin?
- Ayblov xulosasini tasdiqlash va ishni sudga yuborishni prokuror nomidan amalga oshirishni
- Jinoyat ishini qo‘zg‘atish va uni tugatish to‘g‘risida qaror chiqarishni mustaqil ravishda
- Surishtiruvchini ishdan chetlatish va ishni boshqa organga o‘tkazishni prokuror nomidan
- Ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv va olib qo‘yish qarorlarini ijro etishni
To‘g‘ri javob: Ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv va olib qo‘yish qarorlarini ijro etishni. 28-modda: prokuror bu organlarga ushlash, tintuv, olib qo‘yish kabi qarorlar ijrosini topshiradi.
Zarur hollarda jinoyat-protsessual qonunga muvofiq prokuror tergov borasida nima qilishi mumkin?
- Ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajarishi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshirishi
- Faqat o‘z ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini bajarishi mumkin
- Tergov harakatlarini faqat tergovchi nomidan va uning roziligi bilan bajarishi mumkin
- Tergovni to‘la hajmda amalga oshirishi mumkin, ayrim harakatlarni esa shaxsan bajara olmaydi
To‘g‘ri javob: Ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajarishi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshirishi. 28-modda: prokuror har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash