Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish
Maxsus Qism
481-modda. Alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir:
- 1) ushbu Kodeksda va “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yig‘imlar (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini o‘zgartirish;
- 2) ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlar hamda yig‘imlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish;
- 3) soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (o‘z vaqtida taqdim etmaganlik) uchun javobgarlikni qo‘llamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
- 4) soliqlar, penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta ko‘rib chiqish;
- 5) soliqlar, yig‘imlar, penyalar va jarimalarni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomalarni jo‘natish va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yig‘imlar, penyalar, jarimalarni undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish;
- 6) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish;
481-modda. Alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish (davomi)
- 7) soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini to‘xtatib turish.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6, 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ko‘rsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin;
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 9-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi o‘rtacha oylik ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020-yil 31-dekabrga qadar kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilib, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik to‘lanadi.
Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi (davomi)
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lashning:
- 1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati — soliq to‘lovchining arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
- 2) ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati — mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo‘llaniladi:
soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha — mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida, 432-moddasining birinchi qismida va 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni;
soliqqa doir hisobga olish joyi bo‘yicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi (davomi)
Soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo‘llanilganligiga soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq to‘lovchilarni aniqlagan soliq organlari to‘lanmagan soliqlarning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
- 1) ijtimoiy soliq bo‘yicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining beshinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatlaridan kechiktirmay;
- 2) quyidagilar bo‘yicha o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha — ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay;
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi (davomi)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha — ushbu Kodeks 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay;
aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer solig‘ining 2020-yil 31-dekabrdagi holatiga ko‘ra kechiktirilgan hamda to‘lanmagan summalarini to‘lash 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik to‘lanadigan, biroq ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan davrda soliq to‘lovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan) to‘lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda budjet tizimiga to‘lanadi.
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash 2020-yil 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
2020-yilda foyda solig‘ining soliq to‘lovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo‘ljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda solig‘ini o‘tgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik bo‘nak to‘lovlari summasini qayta ko‘rib chiqishga haqli.
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi (davomi)
Ushbu Kodeksning 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar 2019-yil uchun jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga 2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil uchun jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini to‘lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar bo‘lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
“Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 2, 3 (bundan to‘lov manbaidan olinadigan foyda solig‘i mustasno) va 5 — 9-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu subyektlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi (davomi)
51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — uch oygacha;
101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — olti oygacha;
200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda — o‘n ikki oygacha.
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati:
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining arizasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan;
ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan mol-mulk garovi, kafillik yoxud bank kafolati ta’minotisiz ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan foizlar hisoblanmagan holda, shuningdek moliyaviy holat tahlil qilinmagan va ushbu Kodeks 101-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagan holda (bundan ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) beriladi”;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
2020-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
- 1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek “O‘zaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasi:
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
- 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qo‘llovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va to‘lashga haqli;
- 3) foyda solig‘ini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
- 4) qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda to‘lashni ushbu Kodeksning 408-moddasida ko‘rsatilgan, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini majburiy tarzda to‘xtatib turgan soliq to‘lovchilarga nisbatan to‘xtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga o‘xshash tartibda xabardor qilishi shart;
- 5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin obyektlarini qurish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
- 6) ushbu Kodeks 415-moddasining uchinchi qismida, 422-moddasining oltinchi qismida, 429-moddasining o‘n uchinchi qismida va 437-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular bo‘yicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmaydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
2022-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:
faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yil 15-maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha.
2021-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Quyidagilar mol-mulk solig‘ini, yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar bo‘lgan davrda:
“Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan ozod etiladi.
Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
2021-yil 1-sentabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.
Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan tog‘li hududlarning hamda yer maydonlari sho‘rlangan hududlarning ro‘yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik ho‘jaliklarining ro‘yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi. Ushbu qismning qoidalari ushbu Kodeks 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘ttiz yoshdan oshmagan xodimlarni ishga qabul qilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari — 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
har oyda xodimlarga o‘rtacha ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etganda. Shuningdek xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalari bo‘ylab joylashgan, uy-joy uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari ushbu moddaning yigirmanchi qismida belgilangan xizmatlar turlarini ko‘rsatish uchun yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, 2024-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini uy-joyga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
ushbu hududlarda joylashgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida to‘laydi.
Tumanlar va shaharlar turizm zonalari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy bosh boshqarmalarining xulosalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning yigirma to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 90 foizdan ortiqni tashkil etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ushbu faoliyati bo‘yicha foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning o‘ttiz birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
chorva mollarni so‘yishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslar bilan jihozlangan soliq to‘lovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosini va junni yig‘ish hamda tayyorlash, ularni qayta ishlash (foydalanish) uchun keyinchalik sotish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 80 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosini va junni qayta ishlash, shuningdek butlovchi buyumlarni, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sun’iy charm, poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotini va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishdan olingan daromadining ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Chorva mollarni so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega bo‘lgan, shuningdek terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:
bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa;
poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.
Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarning reyestriga kiritilgan hududlarda xodimlarining umumiy soni 10 nafardan kam bo‘lmagan hamda u yerda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan 2027-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘laydi.
Agar soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘ttiz to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga qo‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli.
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari:
barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.
“Izlanish va rivojlanish” markazlari 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur markazlarning obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan (bundan buyon matnda metallar deb yuritiladi) ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning XVIII¹ bo‘limida nazarda tutilgan qoidalar 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda tatbiq etilmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik ta’minotiga, suv ta’minoti va kanalizatsiyaga, suv xo‘jaligiga, yo‘l-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno), texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda — belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda — ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning qirq oltinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar “hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ular bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
“Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda va kamida bir yil davomida ularga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘langan holda, ularning bandligi ta’minlanganda;
ushbu fuqarolar jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
“Hamkorlik shartnomalari” bo‘yicha majburiyatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning qirq oltinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi soliq imtiyozlarini qo‘llashning butun davri uchun bekor qilinib, ushbu soliqlarni to‘lashga doir majburiyatlar tiklanadi.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘idan ozod qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan (kasanachilikdan) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari, bo‘shagan mablag‘larni kasanachilarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ikki yil davomida teng ulushlarda tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul asosda o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning ellik ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya chegirmalari ushbu Kodeksning 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normalarini qo‘llash hisobidan bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yo‘l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) 2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda, kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar:
kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (o‘ttiz yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlar (o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar) faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran dastlabki olti oy davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan (shu jumladan royalti to‘lanadigan) daromadlari qismida foyda solig‘ini to‘lashdan 2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Jami daromadi tarkibida eksport hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari ta’sischilarining (ishtirokchilarining) — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga nisbatan 2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) to‘lashdan 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Ushbu moddaning oltmish ikkinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga;
o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga.
Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, shuningdek uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning oltmish to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maqsadli tarzda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Chet el o‘qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Raqamli markirovkali mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqi 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun beriladi.
Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (bundan ekin maydonlari mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar ozod etiladi.
Ushbu moddaning yetmishinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishni amalga oshirmagan tadbirkorlik subyektlariga va (yoki) belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari:
binolar va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha — foyda solig‘ini;
ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari hamda ushbu sanoat zonalarida tashkil etilgan korxonalar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini 2 foiz va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning yetmish to‘rtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
har oyda xodimlarga o‘rtacha ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot davrida to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan hamda shartnomaga muvofiq qayta ishlash sharti bilan berilgan xom ashyoni qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromadning umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 70 foizini tashkil etganda.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilgan taqdirda, soliq imtiyozlari ushbu chorak uchun qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Ushbu moddaning yetmish to‘rtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlaridan tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilganidan keyin soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha tashabbuskorlar yangi bog‘larni barpo etishda xorijiy davlatlardan (qo‘shni davlatlardan tashqari) payvandtagli mevali ko‘chatlarni va payvandtaglarni, payvandustlarini, onalik materiallarini va texnika vositalarini olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Ushbu Kodeks 289³-moddasi birinchi qismining 2-bandida belgilangan polietilen granulalarni farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar aksiz solig‘idan ozod qilinadi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari hamda ular qoshidagi maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha daromadlari 2030-yil 1-yanvarga qadar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning sakson birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz mazkur obligatsiyalar muomalada bo‘lgan davrda hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
2025-yil 1-maydan boshlab “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida auksion savdolarida yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer uchastkasi ijaraga olingan paytdan e’tiboran ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan 12 oy davomida ozod qilinadi. Bunda, agar ko‘p kvartirali uy-joy belgilangan muddatda qurilib, foydalanishga topshirilmasa, imtiyozdan foydalanilgan davr uchun yer solig‘i 2 baravar miqdorda undiriladi.
Yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan xodimlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Kreativ industriya parkining rezidentlari 2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvarga qadar:
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda ijtimoiy soliqni belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiya qiluvchi quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari 2025-yil 1-maydan 2028-yil 1-yanvarga qadar foyda solig‘ini va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:
har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromad ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga. Bunda mazkur daromadlar ulushi tegishli vakolatli davlat organining fitosanitariya sertifikati va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida aniqlanadi.
2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar, shuningdek Bolalar kontentini rivojlantirish markazi shunday kontentlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-sentabrga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu Kodeks 289³-modda birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan polietilen granulalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilganda, 2025-yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar aksiz solig‘idan ozod qilinadi.
Ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki mol-mulk solig‘i summasini 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar olti oy davomida buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi beriladi.
Ushbu moddaning to‘qsoninchi qismida belgilangan tartib tadbirkorlik subyekti buxgalteriyani tashkil etish uchun buxgalter bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing shartnomasi asosida qo‘llaniladi, bundan tadbirkorlik subyektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritish vazifasini o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini zargarlik buyumlarini va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ularning tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Ushbu Kodeks 246-moddasining 6-bandiga muvofiq olib kirilgan, mebel sanoatida foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar distribyutorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilingan taqdirda, 2030-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2028-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda:
avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish stansiyalari, shuningdek bunday obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida to‘lanadi;
soliq to‘lovchilar avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olgan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, ular shunday xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromad bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasining dividendlar tarzidagi daromadlari 2030-yil 1-yanvarga qadar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Milliy film va seriallar ishlab chiqarib, ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar shunday milliy film va seriallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
O‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan gips xomashyosini qazib olganlik uchun belgilangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi.
Issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xo‘jaliklari ijtimoiy soliqni 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlaridan har bir xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq bazasidan kamaytiriladi.
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
Ushbu moddaning to‘qson to‘qqizinchi qismida belgilangan soliq imtiyozi quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
ipakchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika, mebelchilik, kimyo, parfyumeriya, kosmetika, avtomobil, metallurgiya sanoati korxonalariga;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha olgan jami daromadining 60 foizidan ko‘p bo‘lgan soliq to‘lovchilarga.
2028-yil 1-yanvarga qadar:
issiqxona xo‘jaliklari tomonidan kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tijorat banklari balansiga o‘tgan issiqxonalar va ular bilan bog‘liq garov ta’minotida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini tijorat banklari tomonidan realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan;
tijorat banklari issiqxona xo‘jaliklarining kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli o‘z balansiga qabul qilgan issiqxonalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan garov ta’minotidagi ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
2026-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida:
qurilmalarni, dasturiy mahsulotlarni, ehtiyot qismlarini va butlovchi qismlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (davomi)
yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan;
yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi foyda solig‘idan ozod etiladi.
Ushbu Kodeks 437-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan qoidalar 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilingan chet el kontragentlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini, to‘lov manbaida foyda solig‘ini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. Bunda ushbu imtiyoz chet el kontragentlari kreativ industriya sohasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etilganda qo‘llaniladi.
Bilimingizni sinang
Soliq kodeksining 481-moddasiga ko‘ra, 2020-yilning alohida sharoitlarida Prezident ayrim soliqlar stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida hujjat qabul qilishga haqli. Qaysi soliqlar bu vakolatdan mustasno?
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
- Foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq
- Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i
- Ijtimoiy soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
To‘g‘ri javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. 481-modda birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, QQS va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari bundan mustasno.
2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda soliqlarni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati qancha muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin edi?
- bir yildan
- ikki yildan
- uch oydan
- olti oydan
To‘g‘ri javob: olti oydan. Mahalliy hokimiyat organlari ko‘rsatilgan soliqlarga nisbatan soddalashtirilgan asosda olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirish berishi mumkin edi.
Kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan ijtimoiy soliq summasi qancha vaqt davomida teng ulushlarda to‘lanadi?
- o‘n ikki oy
- olti oy
- to‘qqiz oy
- uch oy
To‘g‘ri javob: olti oy. Ijtimoiy soliq bo‘yicha kechiktirilgan summa olti oy davomida teng ulushlarda to‘lanadi, ayrim soliqlar uchun esa o‘n ikki oy.
Soliq kodeksining 482-moddasiga ko‘ra, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan ijtimoiy soliq summasi qancha muddat davomida teng ulushlarda to‘lanadi?
- Uch oy davomida
- Olti oy davomida
- O‘n ikki oy davomida
- To‘qqiz oy davomida
To‘g‘ri javob: Olti oy davomida. 482-moddaga ko‘ra, ijtimoiy soliq olti oy davomida teng ulushlarda to‘lanadi.
Soliq kodeksining 482-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kechiktirilgan summa qancha muddat davomida teng ulushlarda to‘lanadi?
- O‘n sakkiz oy davomida
- O‘n besh oy davomida
- O‘n ikki oy davomida
- Yigirma oy davomida
To‘g‘ri javob: O‘n ikki oy davomida. 482-moddaga ko‘ra, mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan summa o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda to‘lanadi.
«Nur-Tekstil» kichik korxonasi 482-modda asosida mol-mulk solig‘i bo‘yicha kechiktirish imkoniyatidan foydalandi, ammo soliq organini bu haqda xabardor qilmadi. Qanday huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Bu soliqni o‘z vaqtida to‘lash deb qaraladi va soliq organi penya hisoblamaydi
- Bu soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash deb qaraladi va soliq organi jarima hisoblaydi
- Kechiktirish baribir amal qiladi, chunki xabardor qilish faqat tavsiya xarakteriga ega
- Bu soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganlik deb qaraladi va soliq organi penya hisoblaydi
To‘g‘ri javob: Bu soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganlik deb qaraladi va soliq organi penya hisoblaydi. 482-moddaga ko‘ra, soliq organi xabardor qilinmagan holda kechiktirilgan soliq o‘z vaqtida to‘lanmagan deb hisoblanadi va penya hisoblanadi.
Soliq kechiktirilgan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirilgan summa keyinchalik to‘lanadigan muddatni mustaqil ravishda eng ko‘pi bilan qancha qilib belgilashga haqli?
- bir yildan
- uch yildan
- ikki yildan
- olti oydan
To‘g‘ri javob: ikki yildan. Mahalliy hokimiyat organlari kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik to‘lanadigan muddatni ikki yildan ko‘p bo‘lmagan holda mustaqil belgilaydi.
20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyekti 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratsa, soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati eng ko‘pi bilan qancha muddatga beriladi?
- uch oygacha
- to‘rt oygacha
- ikki oygacha
- besh oygacha
To‘g‘ri javob: uch oygacha. 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati uch oygacha beriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash