Vijdon erkinligini ta’minlash asoslari
Moddalar
4-modda. Vijdon erkinligini ta’minlash
Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga nisbatan o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘z diniga e’tiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilish, fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi o‘rtasida sarosima uyg‘otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5-modda. Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari
Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash;
vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e’tiqodi bilan bog‘liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg‘otish yoxud ularning his-tuyg‘ularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy e’tiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o‘z diniy e’tiqodlarini sabab qilib bo‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy e’tiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
7-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi
O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o‘zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga e’tiqod qiluvchilarning din bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlaydigan faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmasining, respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki boshqa yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8-modda. Ta’lim tizimi va din
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgandir.
Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta’lim muassasalari mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi.
Har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega.
Diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy professional ta’lim olgan shaxslar diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
9-modda. Diniy rasm-rusumlar va marosimlar
Diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan joyda, shu jumladan ibodat qilinadigan binolarda hamda ularga tegishli hududlarda, dafn etish joylarida, ziyoratgohlarda, diniy zaruriyat bo‘lgan taqdirda fuqarolarning xohishiga ko‘ra ularning uylarida o‘tkaziladi.
Kasalxonalarda, gospitallarda, internat muassasalarida, dastlabki qamoq va jazoni o‘tash joylarida, ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu joylardagi fuqarolarning iltimoslariga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
Ibodat qilinadigan binolardan tashqaridagi ommaviy diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlar dinga e’tiqod qiluvchilardan majburiy pul yig‘imlari va to‘lovlar undirishga, shuningdek ularga nisbatan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi choralarni qo‘llashga haqli emas.
10-modda. Diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish
Diniy mazmundagi materiallar diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilardan (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bilimingizni sinang
«Vijdon erkinligi» qonuni — 4-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
- Asosiy tushunchalar
- Vijdon erkinligini ta’minlash
- Diniy tashkilotlar faoliyatining qo‘shimcha kafolatlari
To‘g‘ri javob: Vijdon erkinligini ta’minlash. 4-modda: Vijdon erkinligini ta’minlash.
«Vijdon erkinligi» qonuni: «Vijdon erkinligini ta’minlash» qaysi moddada belgilangan?
- 6-modda
- 4-modda
- 13-modda
- 3-modda
To‘g‘ri javob: 4-modda. 4-modda: Vijdon erkinligini ta’minlash.
«Vijdon erkinligi to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, vijdon erkinligi nima?
- Fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi
- Fuqarolarning faqat davlat tomonidan tan olingan an’anaviy dinlarga e’tiqod qilishi bo‘yicha qonun bilan belgilangan huquqi
- Diniy tashkilotlarning ustavda ko‘rsatilgan holda mustaqil faoliyat yuritishi va o‘z a’zolarini erkin tanlashi bo‘yicha huquqi
- Fuqarolarning davlat tomonidan tanlangan dinga rioya qilishi va boshqa dinlarga e’tiqod qilmasligi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyati
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi. 4-moddaga ko‘ra, vijdon erkinligi fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Korxona rahbari Anvar xodimlarni ish vaqtida ibodatlarda ishtirok etishga majburlamoqchi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu mumkin, chunki ish vaqtida xodim rahbarning barcha buyruqlariga so‘zsiz bo‘ysunishi shart
- Bu mumkin, agar xodimlarning kamida yarmi yozma ravishda rozilik bildirsa
- Fuqaroni ibodatlarda ishtirok etishga yoki etmaslikka majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi
- Bu mumkin, faqat diniy bayramlar arafasida va rahbar tegishli buyruq chiqarsa
To‘g‘ri javob: Fuqaroni ibodatlarda ishtirok etishga yoki etmaslikka majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 4-moddaga ko‘ra, fuqaroni ibodatlarda ishtirok etishga yoki etmaslikka majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
16 yoshli o‘quvchini ota-onasining xohishiga zid ravishda diniy tashkilotga jalb qilmoqchi bo‘lishdi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu mumkin, chunki o‘n olti yoshdan boshlab o‘quvchi diniy tashkilotlarga o‘z xohishi bilan a’zo bo‘lish huquqiga ega
- Bu mumkin, agar diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va maktab ma’muriyati tegishli yozma ruxsat bergan bo‘lsa, ota-ona roziligi shart emas
- Bu mumkin, agar jalb etish faqat bayram kunlari, maktab ma’muriyati roziligi bilan va ixtiyoriy asosda amalga oshirilsa
- Voyaga yetmaganlarni ota-onasi yoki qonuniy vakillarining xohishiga zid ravishda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi
To‘g‘ri javob: Voyaga yetmaganlarni ota-onasi yoki qonuniy vakillarining xohishiga zid ravishda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4-moddaga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘z diniga e’tiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan qanday cheklovlar tatbiq etiladi?
- Faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar
- Hokim belgilagan cheklovlar
- Diniy tashkilot rahbari belgilagan cheklovlar
- Vazirlik buyrug‘ida belgilangan har qanday cheklovlar
To‘g‘ri javob: Faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar. 4-moddaga ko‘ra, faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.
Quyidagilardan qaysi maqsadda dindan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi?
- Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur yetkazish maqsadida
- Faqat diniy tashkilotlar a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish va moddiy farovonligini oshirish maqsadida
- Davlat organlari bilan hamkorlikda diniy ta’limni rivojlantirish, ibodatxonalar qurish va ziyoratgohlarni obod qilish maqsadida
- Jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, tinchlik va totuvlikni ta’minlash hamda xayriya ishlarini tashkil etish maqsadida
To‘g‘ri javob: Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur yetkazish maqsadida. 4-moddaga ko‘ra, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suverenitet va yaxlitlikka putur yetkazish maqsadida dindan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
«Vijdon erkinligi» qonuni — 5-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari
- Diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish
- Diniy tashkilotni tashkil etish
- Diniy tashkilotlar faoliyatining qo‘shimcha kafolatlari
To‘g‘ri javob: Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari. 5-modda: Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash