XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun · 1–6-m.

Umumiy qoidalar

Moddalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda xalqaro shartnomalarning o‘z qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, tugatiladi va ularning amal qilishi to‘xtatib turiladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ahdlashuvchi tomon — xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qat’i nazar, ushbu xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt (boshqa subyektlar);

vakolatlar — bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lish huquqi bo‘lib, bu huquq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:

muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;

xalqaro shartnomani imzolash;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;

xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;

davlat organi — O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan O‘zbekiston Respublikasi vazirligi, shuningdek boshqa organi;

denonsatsiya — O‘zbekiston Respublikasining o‘zi tuzgan xalqaro shartnomani tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda rad etishi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tugatish usullaridan biri;

4-modda. Asosiy tushunchalar (davomi)

depozitariy — xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi o‘ziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;

muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon — xalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt;

ratifikatsiya yorlig‘i — xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga bo‘lgan rozilikni ifodalovchi maxsus hujjat;

xalqaro tashkilot — o‘zining ta’sis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;

xalqaro shartnoma ishtirokchisi — xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va o‘zi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta hujjatdan iborat bo‘lishidan, shuningdek o‘zining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;

4-modda. Asosiy tushunchalar (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash — xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga bo‘lgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan bo‘lsa, bildirish shakli;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish — xalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;

qo‘shimcha shart — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qo‘shilish chog‘ida qilingan har qanday ta’rifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti bo‘lib, u orqali xalqaro shartnoma muayyan qoidalarining O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan qo‘llanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini o‘zgartirish istagi ifodalanadi.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili va boshqa ahdlashuvchi tomonning tili O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tilidir.

Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga ko‘ra o‘zga til O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnomaning matni qaysi tilda tuzilgan bo‘lsa, o‘sha til mazkur shartnomaning matnida ko‘rsatilib, matnda uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.

6-modda. Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlar

Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyektlar bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va ularni tugatish masalalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi
  2. Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlar
  3. Ushbu Qonunning maqsadi
  4. Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalaga doir tushuntirish xati

To‘g‘ri javob: Ushbu Qonunning maqsadi. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun: «Ushbu Qonunning maqsadi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1-modda
  2. 6-modda
  3. 7-modda
  4. 9-modda

To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi Qonunning maqsadi nimadan iborat?
  1. Chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish, elchilarni akkreditatsiya qilish va vakolatxonalar ochish qoidalarini belgilash
  2. Xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
  3. Faqat ikki tomonlama savdo bitimlarini tuzish, ratifikatsiya qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish tartibini belgilash
  4. Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish shartlarini va a’zolik badallarini to‘lash tartibini belgilash hamda faoliyatini muvofiqlashtirish

To‘g‘ri javob: Xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish. 1-moddaga ko‘ra Qonun xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, to‘xtatib turish va tugatish munosabatlarini tartibga soladi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida milliy qonunchilikdagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, qaysi qoidalar qo‘llaniladi?
  1. Xalqaro shartnoma qoidalari
  2. Prezident farmoni qoidalari
  3. Milliy qonunchilik qoidalari
  4. Oliy Majlis qaror qabul qilgunga qadar milliy qonunchilik qoidalari

To‘g‘ri javob: Xalqaro shartnoma qoidalari. 2-modda uchinchi qismiga ko‘ra bunday holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekiston xalqaro shartnomalarining tuzilishi va bajarilishi asos bo‘ladigan manbalar qatoriga kiradi?
  1. Mahalliy kengashlar qarorlari va hokimlarning farmoyishlari
  2. Jamoat tashkilotlari ustavlari va ularning ichki hujjatlari
  3. Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari
  4. Vazirliklarning ichki yo‘riqnomalari va idoraviy buyruqlari

To‘g‘ri javob: Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari. 2-moddaga ko‘ra shartnomalar xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tuziladi.

Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro shartnomalari huquqiy tizimda qanday o‘rin tutadi?
  1. Qonunosti hujjatlardan quyi turadi
  2. Huquqiy tizimning tarkibiy qismidir
  3. Faqat Konstitutsiyaviy sud ruxsati bilan qo‘llaniladi
  4. Faqat tavsiyaviy xarakterdagi hujjat hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Huquqiy tizimning tarkibiy qismidir. 3-moddaga ko‘ra xalqaro shartnomalar huquqiy tizimning tarkibiy qismidir.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun — 4-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Asosiy tushunchalar
  2. Chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlar
  3. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili
  4. Xalqaro shartnoma loyihasining yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizasi

To‘g‘ri javob: Asosiy tushunchalar. 4-modda: Asosiy tushunchalar.

«Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» qonun: «Asosiy tushunchalar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 6-modda
  2. 4-modda
  3. 5-modda
  4. 11-modda

To‘g‘ri javob: 4-modda. 4-modda: Asosiy tushunchalar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi (1/3)