XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Adliya vazirligi to‘g‘risida nizom (PQ-3666) · 33–40-b.

NIZOM · 33–40-bandlar

NIZOM

33-band

Vazirlik huzurida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari rais hisoblangan intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi.

Apellyatsiya kengashining tarkibiga intellektual mulk sohasidagi mustaqil olimlar va mutaxassislar kiradi. Apellyatsiya kengashi tarkibida adliya organlari va muassasalarining xodimlari soni Apellyatsiya kengashi a’zolari umumiy sonining o‘ttiz foizidan oshmasligi lozim.

Vazirlikda boshqa kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.

34-band

Vazirlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.

6-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

35-band

Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.

36-band

Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

Vazir har yil boshida o‘rinbosarlar kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi.

Harakatlar dasturiga asosan Vazirlikning hududiy bo‘linmalari rahbarlari maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishish bo‘yicha hududiy rivojlanish dasturini ishlab chiqib, jamoatchilikka taqdim qiladi.

37-band

Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

7-bob. Vazirlikni faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

38-band

Quyidagilar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

39-band

Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalarning manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Bunda, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari birinchi navbatda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan xarajatlarni hamda ushbu jamg‘armalar to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, ortib qolgan qismi esa har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etishga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashga oid tegishli qarorlarida nazarda tutilgan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

39¹. Davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun to‘lovlardan Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushumlar, birinchi navbatda, davlat xizmatlari markazlari hamda Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlikning budjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlaridan tashqari) xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliq xarajatlariga yo‘naltiriladi, ortib qolgan qismidan esa har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarorida nazarda tutilgan miqdorlardagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

40-band

Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Vazirlikning yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga yuqori malakasi uchun vazir tomonidan adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.

Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq to‘lanadi.

Bilimingizni sinang

Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashida adliya organlari va muassasalari xodimlari soni kengash a’zolari umumiy sonining qanchasidan oshmasligi lozim?
  1. yigirma foizidan
  2. o‘n foizidan
  3. o‘ttiz foizidan
  4. ellik foizidan

To‘g‘ri javob: o‘ttiz foizidan. Kengash tarkibida adliya organlari xodimlari soni a’zolar umumiy sonining o‘ttiz foizidan oshmasligi lozim.

Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashi tarkibida adliya organlari va muassasalarining xodimlari soni kengash a’zolari umumiy sonining qancha qismidan oshmasligi lozim?
  1. o‘n foizidan
  2. yigirma foizidan
  3. o‘ttiz foizidan
  4. ellik foizidan

To‘g‘ri javob: o‘ttiz foizidan. 33-bandga ko‘ra, adliya xodimlari soni kengash a’zolari umumiy sonining o‘ttiz foizidan oshmasligi lozim.

Intellektual mulk bo‘yicha Apellyatsiya kengashi 20 nafar a’zodan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda, shundan 8 nafari adliya organlari xodimlari. Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Tarkib qoidaga zid: adliya xodimlari soni a’zolarning o‘ttiz foizi, ya’ni 6 nafardan oshmasligi kerak
  2. Tarkib qoidaga mos, chunki adliya xodimlari soni a’zolarning qirq foizigacha, ya’ni 8 nafargacha bo‘lishi mumkin
  3. Tarkib qoidaga zid: adliya xodimlari soni a’zolarning o‘n foizi, ya’ni 2 nafardan oshmasligi kerak
  4. Tarkib qoidaga mos, chunki adliya xodimlarining soni cheklanmagan va vazir tomonidan belgilanadi

To‘g‘ri javob: Tarkib qoidaga zid: adliya xodimlari soni a’zolarning o‘ttiz foizi, ya’ni 6 nafardan oshmasligi kerak. 33-bandga ko‘ra, adliya xodimlari soni a’zolarning o‘ttiz foizidan oshmasligi kerak; 20 ning o‘ttiz foizi — 6.

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlarini kim tasdiqlaydi?
  1. Vazirlar Mahkamasi Bosh vaziri
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
  4. Adliya vazirligi hay’ati majlisi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 36-bandga ko‘ra, baholash mezonlari va ish indikatorlari Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Quyidagilardan qaysi biri Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi?
  1. Markaziy bank va Moliya vazirligi emissiyasidan olingan mablag‘lar hamda sud jarimalarining to‘liq qismi
  2. pensiya jamg‘armasining sug‘urta badallari va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari
  3. Davlat budjetidan tashqari barcha sud jarimalari hamda xorijiy donorlarning majburiy to‘lovlari
  4. vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar

To‘g‘ri javob: vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar. 38-bandda vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar manba sifatida sanab o‘tilgan.

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining ortib qolgan qismi har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning qaysi sanasiga qadar respublika budjetiga o‘tkaziladi?
  1. 1-sanasiga qadar
  2. 5-sanasiga qadar
  3. 15-sanasiga qadar
  4. 25-sanasiga qadar

To‘g‘ri javob: 5-sanasiga qadar. Nizomning 39-bandiga ko‘ra, ortib qolgan qism keyingi oyning 5-sanasiga qadar respublika budjetiga o‘tkaziladi.

Adliya vazirligining yuqori malakali xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan vazir tomonidan lavozim maoshining qancha miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustama belgilanishi mumkin?
  1. 300 foizi
  2. 150 foizi
  3. 200 foizi
  4. 100 foizi

To‘g‘ri javob: 200 foizi. Yuqori malakasi uchun shaxsiy ustama lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, vazir tomonidan Vazirlikning yuqori malakali xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan belgilanishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ustamalar lavozim maoshining qancha foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak?
  1. 50 foizidan
  2. 100 foizidan
  3. 200 foizidan
  4. 300 foizidan

To‘g‘ri javob: 200 foizidan. 40-bandga ko‘ra, shaxsiy ustamalar lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNIZOM · 25–32-bandlarKeyingi →NIZOM · 41–45-bandlar