NIZOM · 41–45-bandlar
NIZOM
41-band
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan boshqa lavozimlarga tayinlangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasiga saylangan (tayinlangan) Vazirlikning xodimlarida Vazirlikda berilgan ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq va ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi.
8-bob. Vazirlikning hisobdorligi
42-band
Vazirlik rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hamda jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot beradi.
43-band
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
44-band
Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
45-band
Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
1a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
“O‘zarxiv” agentligi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti
Akademik litseylar
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
1b-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
“O‘zarxiv” agentligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari
O‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi
45-band (davomi)
O‘zbekiston milliy arxivi
O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
1v-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘limlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga
8-ILOVA
Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks
CHORA-TADBIRLAR
T/r
Chora-tadbirlar
nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro
muddatlari
Mas’ul
ijrochilar
I. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
1.
Adliya vazirligining markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tarkibiy tuzilmalarining nizomlari va ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Adliya vazirining buyruqlari
2018-yil
5-mayga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2.
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti faoliyatini tashkil qilish, uni joylashtirish, moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha takliflar tayyorlash, unda institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari bilan tenglashtirishni nazarda tutish.
Vazirlar Mahkamasining qarori
45-band (davomi)
loyihasi
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)
3.
Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nizomi, tarkibi hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.
Adliya vazirining buyrug‘i
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov)
4.
Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan adliya organlari va muassasalari, davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘qitish va malakasini oshirish uchun jo‘natish to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash.
Adliya vazirining buyrug‘i
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov),
TIV (A. Kamilov),
Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)
5.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yurisprudensiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish, shuningdek O‘zbekistonda ularning filiallarini tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil
1-iyulga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov),
TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)
II. HUQUQ IJOD QILISH AMALIYOTI VA HUQUQIY XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASH VA TAKOMILLASHTIRISH
45-band (davomi)
6.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini joylashtirish va muhokama qilish tartibini takomillashtirish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil
15-mayga
qadar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi reglamentlariga quyidagilarni nazarda tutgan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish:
jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari idoralararo kelishuvlardan so‘ng, Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizani o‘tkazish hamda takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganidan keyin;
Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha berilgan xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritish.
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
45-band (davomi)
vazirlik va idoralar
8.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan 1993-yil 17-iyunga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotayotgan sobiq Sovet Ittifoqining idoraviy hujjatlari o‘rniga qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nazarda tutgan tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish,.
Tadbirlar
rejasi
2018-yil
15-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov), vazirlik va idoralar
9.
Quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi reglamentlariga, shuningdek xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari Namunaviy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga adliya vaziri tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri va hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarida norma ijodkorligi faoliyati holati to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari tomonidan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga.
45-band (davomi)
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi
10.
Xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida metodik yo‘riqlar tayyorlash.
Qo‘shma qaror loyihasi
2018-yil
1-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
TIV (A. Kamilov)
11.
Normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish.
Adliya vazirining buyrug‘i
2018-yil
1-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
12.
Notariat institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:
birinchi bosqichda — amaldagi notariat tizimini, notarial xizmatlar ko‘rsatish tartibi, majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar ro‘yxatini tanqidiy o‘rganish va o‘rganish natijalari bo‘yicha nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutgan takliflar kiritish;
ikkinchi bosqichda — ilg‘or xorijiy tajribani va milliy amaliyotni qiyosiy o‘rganishga asoslangan davlat notarial idoralarni nodavlat shaklga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,
tahliliy ma’lumot
2018-yil
15-mayga
qadar
2019-yil
1-iyulga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
IV. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYATEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH
45-band (davomi)
13.
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK faoliyatini tashkil qilish va uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish.
Adliya vazirining buyrug‘i
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi
14.
Adliya organlari va muassasalari faoliyatiga, birinchi navbatda yuridik xizmat hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda faoliyatning innovatsion metodlarini tatbiq etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
15.
Mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlardagi Internet-botlar, “tezkor aloqa”lar orqali aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil qilish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil
1-iyunga
qadar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
16.
“Ishonch telefoni”ga kirish qo‘ng‘iroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularni avtomatlashtirilgan tarzda qayd qilishni joriy etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2018-yil
1-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
V. ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI KADRLAR SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASH VA XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH SHAROITLARINI YAXSHILASH
17.
Adliya organlari va muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.
Adliya vazirining buyrug‘i
45-band (davomi)
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi
18.
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining malakasini oshirish, shu jumladan masofadan o‘qitishni joriy qilib, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Reja-jadval
Doimiy
Adliya vazirligi
(R. Davletov), manfatdor
vazirlik va
idoralar
VI. TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA QABUL QILISH VA O‘QITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, YURIDIK KOLLEJLARNI TASHKIL ETISH, YURIDIK MUTAXASSISLIK BO‘YICHA QAYTA TAYYORLASHNI TASHKIL QILISH
21.
Adliya vazirligining yuridik kollejlarida ta’lim olishni tashkil qilish tartibini belgilash, bituvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish, shu jumladan o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ular uch yil davomida hamda taqsimotga muvofiq uzluksiz ishlashi, shuningdek ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun ularning namunaviy tuzilmasini tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasining qarori
2018-yil
1-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
TDYU (E. Kanyazov)
22.
Adliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilayotgan yuridik kollejlarning o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.
TDYU Kengashining qarori
2018-yil
1-iyunga
qadar
TDYU (E. Kanyazov)
23.
Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘armasi miqdorini oshirish, bunda mazkur jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar miqdori o‘sishini hisobga olish.
45-band (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2018-yil
15-mayga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
(A. Karimov),
TDYU (E. Kanyazov)
24.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini tashkil qilish hamda yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlovga ruxsat berilgan oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasining qarori
2018-yil
1-iyunga
qadar
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
TDYU (E. Kanyazov)
VII. HUQUQIY TARG‘IBOT VA XALQ BILAN MULOQOT SOHASIDA ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
25.
Amaldagi huquqiy targ‘ibot tizimini tanqidiy tahlil qilish.
Tahlil natijalari bo‘yicha yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash.
Namunaviy
Bilimingizni sinang
Adliya vazirligi xodimi Prezident qarori bilan boshqa lavozimga tayinlandi (yoki Senatga saylandi). Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, uning Vazirlikda berilgan ko‘p yillik xizmati uchun haq va martaba darajasi nima bo‘ladi?
- Faqat martaba darajasi saqlanadi, ustamalar bekor qilinadi
- Qo‘shimcha haq, ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi
- Hammasi bekor qilinadi, chunki xodim Vazirlikdan chiqib ketgan
- Ustamalar saqlanadi, martaba darajasi yangi lavozimda qayta beriladi
To‘g‘ri javob: Qo‘shimcha haq, ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi. Nizomning 41-bandiga ko‘ra, ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq va ustamalar hamda martaba darajalari saqlanadi.
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Vazirlik rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida quyidagilardan qaysi biriga hisobot bermaydi?
- Vazirlar Mahkamasiga
- jamoatchilikka
- Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga
- Oliy sudga
To‘g‘ri javob: Oliy sudga. 42-bandga ko‘ra, rahbarlar Prezident, uning Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va jamoatchilik oldida hisobot beradi; Oliy sud ko‘rsatilmagan.
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi ustidan muntazam monitoringni kim olib boradi?
- Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
- Bosh prokuratura boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
- Moliya vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari yoki mutasaddilari
- Oliy Majlis Senatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari yoki mutasaddilari
To‘g‘ri javob: Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari. 43-bandga ko‘ra, monitoringni Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari muntazam olib boradi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Vazirlik hududiy boshqarmasi boshlig‘i jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlandi. Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, unga nisbatan qanday chora ko‘rilishi mumkin?
- Faqat ogohlantirish berilishi mumkin, lavozimdan ozod etib bo‘lmaydi
- Faqat jarima solinishi mumkin
- Egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortilishi mumkin
- Faqat jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortilishi mumkin. 44-bandga ko‘ra, jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlik nazarda tutilgan.
Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
- vazirning buyrug‘i bilan, hay’at qarori asosida
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
- hay’at qarori bilan, vazirning ruxsatisiz
- faqat referendum orqali, boshqa tartibda emas
To‘g‘ri javob: qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda. 45-bandga ko‘ra, Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
PQ-3666-son qarorning 1a-ilovasiga ko‘ra, Adliya vazirligining tashkiliy tuzilmasiga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
- Oliy sud huzuridagi sud departamenti hududiy markazi
- Bosh prokuratura huquqiy ta’lim akademiyasi markazi
- Soliq qo‘mitasining Respublika hududiy ekspertiza markazi
- X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
To‘g‘ri javob: X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi. 1a-ilovada tashkiliy tuzilma tarkibida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi sanab o‘tilgan.
PQ-3666-son qarorning 1b-ilovasiga ko‘ra, “O‘zarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasiga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
- O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va filiallari
- Respublika huquqiy axborot markazi tuzilmasi
- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kutubxona tarmog‘i
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi. 1b-ilovada agentlik tuzilmasida O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi ko‘rsatilgan.
PQ-3666-son qarorning 1v-ilovasiga ko‘ra, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining hududiy tuzilmasi nimalardan iborat?
- faqat viloyat arxiv ishi boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahar boshqarmalaridan iborat
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ekspertiza bo‘limlaridan iborat, tuman bo‘limlarisiz
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘limlaridan
- tuman (shahar) to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘limlari va viloyat sud ekspertiza markazlaridan iborat
To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘limlaridan. 1v-ilovada agentlik quyi tuzilmasi sifatida Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘limlari ko‘rsatilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash