XotirAI logotipiXotirAI
🧬 10-sinf · Biologiya · 14-§.

Organizmlarning ko‘payishi. Jinssiz ko‘payish

Mavzular

Ko‘payish va uning turlari

Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘payish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir.

Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi.

Jinssiz ko‘payish xususiyatlari

Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi.

Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar:

Jinssiz ko‘payishning ahamiyati

Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individlarning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi.

Bir hujayralilarda kurtaklanib ko‘payish

Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (36-rasm).

35-rasm. Bakteriya hujayrasining bo‘linishi.
35-rasm. Bakteriya hujayrasining bo‘linishi.
36-rasm. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
36-rasm. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.

Ko‘p hujayralilarda jinssiz ko‘payish

Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.

Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.

Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi.

Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yengil sporalar o‘simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi.

Poliembrioniya va vegetativ ko‘payish

Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.

Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan (37-rasm).

37-rasm. Ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
37-rasm. Ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi.

Bilimingizni sinang

Kurtaklanib ko‘payish bir hujayralilardan qaysi birida kuzatiladi?
  1. Spirogira
  2. Achitqi zamburug‘lari
  3. Qalpoqchali zamburug‘lar
  4. Qirqquloqlar

To‘g‘ri javob: Achitqi zamburug‘lari. Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida achitqi zamburug‘larida kuzatiladi.

Fragmentatsiya yo‘li bilan ko‘payish qaysi jarayonga asoslangan?
  1. Konyugatsiya
  2. Regeneratsiya
  3. Krossingover
  4. Poliembrioniya

To‘g‘ri javob: Regeneratsiya. Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish bo‘lib, regeneratsiyaga asoslangan.

Zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk bosqichda bir necha fragmentga bo‘linib, har biridan yangi organizm rivojlanishi nima deyiladi?
  1. Fragmentatsiya
  2. Poliembrioniya
  3. Vegetativ ko‘payish
  4. Kurtaklanish

To‘g‘ri javob: Poliembrioniya. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi, masalan bir tuxumli egizaklar.

Qaysi organizmlar guruhi sporalari orqali jinssiz ko‘payadi?
  1. Yassi chuvalchanglar
  2. Igna tanlilar
  3. G‘ovak tanlilar
  4. Qirqbo‘g‘imlar

To‘g‘ri javob: Qirqbo‘g‘imlar. Sporalar orqali zamburug‘lar, suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar va qirqbo‘g‘imlar ko‘payadi.

Nima uchun jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanish imkoniyati cheklangan?
  1. Genetik axborot o‘zgarmaydi, almashinmaydi va xilma-xillik ortmaydi
  2. Yangi organizm juda sekin va kam nasl beradi
  3. Jinsiy hujayralar gametalar hosil qilmaydi
  4. Ko‘payishda ikkita ona organizm ishtirok etadi

To‘g‘ri javob: Genetik axborot o‘zgarmaydi, almashinmaydi va xilma-xillik ortmaydi. Genetik axborot o‘zgarmagani va xilma-xillik ortmagani uchun yangi muhitga moslanish cheklanadi.

Qaysi organizmlar guruhlarida ham fragmentatsiya, ham kurtaklanib ko‘payish kuzatiladi?
  1. G‘ovak tanlilar va kovakichlilar
  2. Spirogira va yassi chuvalchanglar
  3. Ayrim halqali chuvalchanglar va igna tanlilar
  4. Yassi chuvalchanglar va igna tanlilar

To‘g‘ri javob: G‘ovak tanlilar va kovakichlilar. G‘ovak tanlilar va kovakichlilarda ikkala usul ham uchraydi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Jinssiz ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok etadi; II. Jinssiz ko‘payish jinsiy hujayralar yordamida amalga oshadi; III. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi poliembrioniyaga misol bo‘ladi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. I va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va III. II noto‘g‘ri: jinssiz ko‘payish somatik hujayralar yordamida amalga oshadi.

Ko‘payish usullarini tavsifga moslang: 1) kurtaklanish; 2) fragmentatsiya; 3) poliembrioniya. a) achitqi zamburug‘larida kuzatiladi; b) regeneratsiyaga asoslangan, tana bo‘laklari orqali ko‘payish; c) embrionning bir necha fragmentga bo‘linishi.
  1. 1-b, 2-a, 3-c
  2. 1-a, 2-c, 3-b
  3. 1-c, 2-b, 3-a
  4. 1-a, 2-b, 3-c

To‘g‘ri javob: 1-a, 2-b, 3-c. Kurtaklanish – achitqilarda, fragmentatsiya – regeneratsiyaga asoslangan, poliembrioniya – embrion bo‘linishi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlariKeyingi →Organizmlarning jinsiy ko‘payishi