XotirAI logotipiXotirAI
🧬 10-sinf · Biologiya · 18-§.

Diduragay va poliduragay chatishtirish

Mavzular

Diduragay chatishtirish

Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomozigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) organizmlar chatishtirishdan F1da AaBb (100%) sariq silliq organizmlar olinadi. Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtirilganda F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb; yashil silliq aaB–; yashil burushgan – aabb.

Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.

Mendelning uchinchi qonuni

Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni – belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.

U quyidagicha ta’riflanadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgan geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda joylashgandagina amalga oshadi.

F2 dagi ehtimollar

Diduragay chatishtirishda allellarning F2 avlodida fenotip jihatdan allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq = 3/4x3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4x1/4 = 3/16; yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16.

Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.

Poliduragay chatishtirish

Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni chatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi. Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa F1 duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.

Agar F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan, guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.

Allel juftlar soni jadvali

Shuni qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish sinflari, ularning kombinatsiyalanish imkoniyatlari, fenotipik va genotipik sinflar soni ham ko‘p bo‘ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin:

Tayanch so‘zlar: G. Mendelning III qonuni, oraliq irsiylanish.

Bilimingizni sinang

Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan farqlanadigan formalarni chatishtirishdan hosil bo‘lgan organizmlar nima deb ataladi?
  1. Digomozigotalar
  2. Diduragaylar
  3. Poliduragaylar
  4. Monoduragaylar

To‘g‘ri javob: Poliduragaylar. Ko‘p belgi bilan farq qiluvchi formalar chatishuvidan hosil bo‘lganlar poliduragaylar deyiladi.

F2da chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari yangi kombinatsiyalar paydo bo‘lishi Mendelni qanday xulosaga olib keldi?
  1. Belgilarning inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana oladi
  2. Retsessiv belgilar avlodlarda yo‘qoladi
  3. Faqat dominant belgilar saqlanadi
  4. Belgilar doimo birga irsiylanadi

To‘g‘ri javob: Belgilarning inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana oladi. Yangi kombinatsiyalar ikki xil belgining inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalanishini ko‘rsatdi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Diduragay chatishtirishda F2 da fenotipik ajralish 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi; II. F2 da genotipik sinflar soni 9 ta; III. F1 da sariq silliq va yashil burushgan organizmlar 1:1 nisbatda hosil bo‘ladi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. I va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. III noto‘g‘ri: F1 da hamma organizmlar bir xil (AaBb, sariq silliq). I va II to‘g‘ri.

No‘xatning doni sariq, tekis, guli qizil navi doni yashil, burushgan, guli oq navi bilan chatishtirildi. Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. F1 duragaylarning gultojibarglari oq bo‘ladi; II. F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 64 ta zigota hosil bo‘ladi; III. F2 da doni yashil, burushgan, guli oq bo‘lgan sinf 1 ta uchraydi.
  1. I va II
  2. II va III
  3. I va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: II va III. I noto‘g‘ri: F1 da gultojibarglar qizil. II va III to‘g‘ri (8x8=64; 1 ta yashil, burushgan, oq).

Diduragay chatishtirishda F2 dagi fenotipni uning ehtimoli bilan moslang: 1) sariq va silliq; 2) yashil va silliq; 3) yashil va burushgan; a) 1/16; b) 3/16; c) 9/16.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-c, 2-a, 3-b
  4. 1-c, 2-b, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-c, 2-b, 3-a. Sariq silliq 9/16, yashil silliq 3/16, yashil burushgan 1/16.

AaBbCcDd genotipli organizm necha xil gameta hosil qiladi?
  1. 8
  2. 16
  3. 32
  4. 4

To‘g‘ri javob: 16. Gameta xillari soni 2^n; n=4 juft allel bo‘lgani uchun 2^4 = 16.

Digeterozigota (AaBb) sariq silliq no‘xatlar o‘zaro chatishtirilganda F2da 160 ta urug‘ olindi. Nechtasi yashil va silliq bo‘lishi kutiladi?
  1. 10
  2. 90
  3. 30
  4. 60

To‘g‘ri javob: 30. Yashil silliq sinf ehtimoli 3/16; 160 x 3/16 = 30.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIrsiyatning umumiy qonuniyatlari. G. Mendelning I va II qonuniKeyingi →Irsiyatning xromosoma nazariyasi