XotirAI logotipiXotirAI
🧬 10-sinf · Biologiya · 30-§.

Rekombinant DNK olish

Mavzular

Genetik rekombinatsiya

Genetik rekombinatsiya – bu turli manbalardan olingan genlarning yoki genlarning normal biologik almashinuvi natijasida o‘zgargan xromosomaning hosil bo‘lishi. Yangi DNK molekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan rekombinatsiya jarayonida hosil bo‘ladi. Irsiy axborotning o‘tkazilishi, almashinishi va o‘zgarishining tabiatda turli shakllari bo‘lib, ular yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarning paydo bo‘lishi uchun manba sanaladi.

Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo‘l bilan birlashtirib, rekombinant DNK olish mumkin. Gen muhandisligi yoki rekombinant DNK texnologiyasida tajribalar yo‘li bilan bir organizm (donor) irsiy materialini boshqa organizm (retsipiyent)ga o‘tkazish orqali bu genlarning irsiylanishi ta’minlanadi.

Rekombinant DNKning qo‘llanilishi

Masalan, mikrobiologiya sanoatida azot fiksatsiyalovchi genlar kiritish yo‘li bilan o‘simliklar hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan bakteriya shtammlari olinadi (bu o‘g‘itlarning ishlatilishini kamaytiradi va atrof-muhit holatini yaxshilaydi). Hozirgi kunda gen muhandisligi metodlari rekombinant bakteriya shtammlaridan biologik faol birikmalar, jumladan, gormonlar (insulin, o‘sish gormoni, somatostatin), virusga qarshi preparat – interferon olishda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Genlarning boshqa organizm genomiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazilishi irsiy nuqsonlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Rekombinant DNK olish yo‘li bilan irsiy kasalliklarni davolash istiqbolli bo‘lib, bunda bemor genomiga zararlangan gen o‘rniga normal funksional gen kiritiladi.

Boyer va Koen: kesish

Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma DNKsi va shu bakteriya plazmidasiga alohida probirkalarda «yopishqoq» uch hosil qiluvchi EcoRI (eko-er-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmid tarkibida faqat bir dona EcoRI restriktaza fermenti tanlab kesadigan maxsus nukleotidlar izchilligi bo‘lganligi sababli restriktaza DNK qo‘sh zanjirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga o‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRI restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo‘lsa, bu molekula shuncha bo‘lakka bo‘linadi.

Ajratish va ulash

DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Elektroforez gelidan kerakli DNK bo‘lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladilar. Natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritildi. Shu usulda ilk bor rekombinant plazmid hosil qilindi. Bu molekular qurilmada (konstruksiyada) plazmid DNK vektor (yo‘naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi.

Antibiotik bilan tanlash

Bu vektor konstruksiya o‘z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi uchun maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta’sirida nobud bo‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va klonlanadi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘paytirilsa, yot DNK bo‘lagi shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari, rekombinant plazmid vektor avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab barobar ko‘paytirish mumkin (70-rasm).

70-rasm. 1 – maqsadga muvofiq genni restriktaza yordamida kesib olish; 2 – vektor-plazmida; 3 – plazmidani restriktaza yor- damida kesish; 4 – ajratib olingan genni ligaza fermenti ishtirokida plazmidaga kiritib rekombinant
70-rasm. 1 – maqsadga muvofiq genni restriktaza yordamida kesib olish; 2 – vektor-plazmida; 3 – plazmidani restriktaza yor- damida kesish; 4 – ajratib olingan genni ligaza fermenti ishtirokida plazmidaga kiritib rekombinant

Genlarni klonlash va dastlabki bosqichlar

Yot DNK bo‘lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo‘lagini klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalanish mumkin.

Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi:

Rekombinant DNK ketma-ketligi

Bilimingizni sinang

Rekombinatsiya jarayonida yangi DNK molekulasi qanday hosil bo‘ladi?
  1. Xromosomalar sonining ikki marta kamayishi bilan
  2. DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan
  3. Faqat RNK matritsasi asosida teskari transkripsiya bilan
  4. DNK zanjiri to‘liq parchalanib, nukleotidlardan qayta yig‘ilishi bilan

To‘g‘ri javob: DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan. Rekombinatsiyada yangi DNK DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi natijasida hosil bo‘ladi.

Rekombinant bakteriya shtammlariga azot fiksatsiyalovchi genlar kiritishdan asosiy maqsad nima?
  1. Irsiy nuqsonlarni bemor genomida tuzatish
  2. Insulin ishlab chiqarish
  3. O‘simliklar hosildorligini oshirish va o‘g‘it ishlatishni kamaytirish
  4. Virusga qarshi interferon olish

To‘g‘ri javob: O‘simliklar hosildorligini oshirish va o‘g‘it ishlatishni kamaytirish. Azot fiksatsiyalovchi genli shtammlar hosildorlikni oshiradi va o‘g‘it ishlatilishini kamaytiradi.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Rekombinant bakteriya shtammlaridan insulin, o‘sish gormoni va somatostatin olinadi; II. Interferon – virusga qarshi preparat; III. Interferon – gormon bo‘lib, rekombinant bakteriyalardan olinmaydi.
  1. Faqat III
  2. I va III
  3. II va III
  4. I va II

To‘g‘ri javob: I va II. Interferon virusga qarshi preparat, gormon emas; III noto‘g‘ri.

Halqasimon plazmid EcoRI ta’sirida nima uchun faqat bir joydan kesiladi?
  1. Plazmid DNKsi faqat bir zanjirdan iborat
  2. Plazmid xromosomadan kattaroq bo‘ladi
  3. Unda EcoRI taniydigan nukleotidlar izchilligi faqat bir dona bor
  4. EcoRI plazmiddagi barcha nukleotidlarni tanib kesadi

To‘g‘ri javob: Unda EcoRI taniydigan nukleotidlar izchilligi faqat bir dona bor. Plazmidda EcoRI tanlab kesadigan ketma-ketlik bir dona bo‘lgani uchun halqa bir joydan ochiladi.

DNK bo‘laklari elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida nimaga qarab ajratiladi?
  1. Hujayradagi joylashuviga qarab
  2. Katta-kichikligiga qarab
  3. Nukleotidlar rangiga qarab
  4. Faqat A–T juftlari soniga qarab

To‘g‘ri javob: Katta-kichikligiga qarab. Elektroforezda DNK bo‘laklari o‘lchamiga qarab ajraladi.

Boyer va Koen konstruksiyasida plazmid DNK nima uchun vektor vazifasini bajaradi?
  1. Plazmid DNKsi oqsil sintez qilmaydi
  2. Plazmid DNKsi doim xromosoma ichida joylashadi
  3. Plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi
  4. Plazmid DNKsi RNKdan hosil bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Plazmidlar DNKsiga rekombinatsiyalana oladi. Plazmid DNKsiga boshqa DNK bo‘lagi rekombinatsiyalana olgani uchun u vektor bo‘ladi.

Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya kloni antibiotik qo‘shilganda nima uchun nobud bo‘lmaydi?
  1. Yot DNK bo‘lagi yo‘qolgani uchun
  2. Antibiotikni parchalovchi restriktaza sintez qilgani uchun
  3. Antibiotikka chidamli genga ega bo‘lib qolgani uchun
  4. Plazmidsiz bakteriyaga aylangani uchun

To‘g‘ri javob: Antibiotikka chidamli genga ega bo‘lib qolgani uchun. Vektordagi antibiotikka chidamlilik geni klonni antibiotik ta’siridan himoya qiladi.

Plazmiddan tashqari, DNK bo‘lagini klonlashda yana nimalardan vektor sifatida foydalanish mumkin?
  1. Kapsulali pnevmokokk shtammlari
  2. Virus va fag DNK molekulasi hamda ko‘chib yuruvchi genetik elementlar
  3. Faqat revertaza va ligaza fermentlari
  4. Ribosoma va mitoxondriya membranasi

To‘g‘ri javob: Virus va fag DNK molekulasi hamda ko‘chib yuruvchi genetik elementlar. Vektor sifatida virus, fag DNKsi yoki ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ham ishlatiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGen muhandisligida qo‘llaniladigan fermentlarKeyingi →Gen muhandisligiga asoslanib o‘simlik irsiyatini o‘zgartirish