XotirAI logotipiXotirAI
🧬 11-sinf · Biologiya · 31-§.

Biosfera evolutsiyasi. Biogenez

Mavzular

Vernadskiy va birinchi bosqich

Biosfera evolutsiyasi bosqichlari. V.I.Vernadskiyning asarlarida biosfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab biosfera evolutsiyasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.

Birinchi bosqich – Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.

Ikkinchi va uchinchi bosqich

Ikkinchi bosqich – ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan. Biosfera evolutsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi, shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi.

Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog‘liq. Bundan taxminan 40–50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi.

Birinchi organizmlar

Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta’sirida biosfera ham o‘zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan. Bu organizmlar energiyani asosan glikoliz, bijg‘ish jarayonlari natijasida to‘plagan.

Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan. Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan avtotrof organizmlar – birinchi xemosintezlovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari paydo bo‘ladi.

Atmosferaning o‘zgarishi

Birinchi avtotrof organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib, atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod miqdori tobora ko‘payib borgan.

Atmosferaning yuqori qatlamlarida elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida kisloroddan ozon ekrani hosil bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlarining halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan.

Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob tipda kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib chiqishiga zamin yaratgan.

Dengizda yashovchi avtotrof organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa organizmlarning morfologik va fiziologik jihatdan murakkablashishga imkon yaratadi.

Quruqlikka chiqish: o‘simliklar

Organik olam evolutsiyasidagi muhim hodisalardan biri tirik organizmlarning quruqlikka chiqishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, quruqlikka dastlab bakteriyalar va sianobakteriyalar eukariotlar paydo bo‘lishidan 3,5–3,2 mlrd yil avval chiqqan. Tuproqning paydo bo‘lishi prokariotlarning quruqlikka chiqishi bilan bog‘liq. 500–450 mln yil avval eukariot organizmlar – o‘simliklar, so‘ngra hayvonlar quruqlikka chiqqan. Shu davrdan boshlab organik olam evolutsiyasi nafaqat suv muhitida, balki quruqlik-havo muhitida ham davom etgan.

50-rasm. Dastlabki quruqlik o‘simliklari: 1 – riniya; 2 – kuk soniya. 164
50-rasm. Dastlabki quruqlik o‘simliklari: 1 – riniya; 2 – kuk soniya. 164

Dastlabki quruqlik o‘simliklari sernam yerlarda o‘sishga moslashgan riniofitlar (riniya, kuksoniya), ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlardan kelib chiqqan deb hisoblanadi (50-rasm). Keyinchalik yo‘sin, plaun, qirqbo‘g‘im, qirqquloqlar, so‘ngra urug‘li o‘simliklar kelib chiqqan. Quruqlik o‘simliklarida mineral oziqlanishni ta’minlovchi ildiz tizimi, fotosintezni amalga oshiruvchi novda tizimi rivojlangan.

Hayvonlarning quruqlikka chiqishi

O‘simliklar bilan bir vaqtda hayvonlar ham quruqlikka chiqqan. O‘rgimchaklar va chayonlar dastlabki quruqlik hayvonlari hisoblanadi. 380 mln yil avval suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), 300 mln yil avval sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), 200–230 mln yil avval sutemizuvchilar va qushlar kelib chiqqan deb taxmin qilinadi (51-rasm).

51-rasm. Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 –
51-rasm. Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 –

Hayvonlarning biosferadagi roli ularning geterotrof usulda oziqlanishi va harakatlanish xususiyati bilan bog‘liq. Ular o‘simliklar tomonidan yaratilgan organik birikmalarni iste’mol qiladi va ularni uzoq masofalarga ko‘chiradilar. Shu tarzda hayvonlar o‘simliklarning meva, urug‘, sporalarining tarqalishini ta’minlaydi. Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok etuvchi produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar faoliyatlarining muvozanatlashishi natijasida biosferaning gomeostaz holati shakllanadi. Insonning paydo bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi va bu omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng keladi. Bu omil (inson faoliyati) biosferaning gomeostaz (turg‘unlik, barqarorlik) holatining buzilishiga sabab bo‘la boshladi.

Geoxronologik jadval: Kaynozoy, Mezozoy

Geoxronologik jadval: Paleozoy

Geoxronologik jadval: Proterozoy, Arxey

Bilimingizni sinang

Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. molluskalar
  2. bulutlar va korallar
  3. trilobitlar
  4. suvo‘tlar

To‘g‘ri javob: molluskalar. 51-rasm. Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 –

Rasmda «bulutlar va korallar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 1
  2. 4
  3. 3
  4. 2

To‘g‘ri javob: 2. 51-rasm. Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 –

V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini nechta bosqichga ajratadi?
  1. Ikki
  2. Uch
  3. To‘rt
  4. Besh

To‘g‘ri javob: Uch. Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratgan.

Biosfera evolutsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechgani uchun birlashtirib qanday davr deyiladi?
  1. Biogenez davri
  2. Antropogen davri
  3. Noogenez davri
  4. Abiogenez davri

To‘g‘ri javob: Biogenez davri. Birinchi va ikkinchi bosqichlar birgalikda biogenez davri, uchinchisi noogenez davri deyiladi.

Biosfera evolutsiyasining uchinchi bosqichi, ya’ni noogenez davri taxminan qachon boshlangan?
  1. 400–500 ming yil avval
  2. 40–50 ming yil avval
  3. 1,5 mln yil avval
  4. 4–5 ming yil avval

To‘g‘ri javob: 40–50 ming yil avval. Noogenez davri taxminan 40–50 ming yil avval boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.

Yerda paydo bo‘lgan dastlabki tirik organizmlar qanday bo‘lgan?
  1. Bir hujayrali avtotrof fotosintezlovchi bakteriyalar
  2. Bir hujayrali xemosintezlovchi aerob bakteriyalar
  3. Bir hujayrali geterotrof anaerob prokariotlar
  4. Ko‘p hujayrali aerob eukariotlar

To‘g‘ri javob: Bir hujayrali geterotrof anaerob prokariotlar. Dastlabki organizmlar bir hujayrali, geterotrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan.

Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi guruh vakillari hisoblanadi?
  1. Plaunlar
  2. Qirqquloqlar
  3. Yo‘sinlar
  4. Riniofitlar (riniya, kuksoniya)

To‘g‘ri javob: Riniofitlar (riniya, kuksoniya). Dastlabki quruqlik o‘simliklari sernam yerlarga moslashgan riniofitlar bo‘lib, yashil suvo‘tlardan kelib chiqqan.

Qaysi hayvonlar dastlabki quruqlik hayvonlari hisoblanadi?
  1. Reptiliyalar
  2. O‘rgimchaklar va chayonlar
  3. Amfibiyalar
  4. Qushlar

To‘g‘ri javob: O‘rgimchaklar va chayonlar. Dastlabki quruqlik hayvonlari o‘rgimchaklar va chayonlardir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBiogeokimyoviy siklKeyingi →Biosfera evolutsiyasi. Noogenez