XotirAI logotipiXotirAI
🧬 11-sinf · Biologiya · 32-§.

Biosfera evolutsiyasi. Noogenez

Mavzular

Noosfera tushunchasi

Noosfera haqida tushuncha. Biosferaning inson tomonidan tubdan o‘zgartirilgan yangi qobig‘i noosfera deyiladi.

Inson tabiatning bir qismi sifatida u bilan uzviy bog‘langan va uning hayot faoliyati barcha tirik mavjudotlarga xos umumiy biologik qonunlar asosida sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha tirik organizmlardan farqli ravishda inson ong, tafakkur, og‘zaki va yozma nutqqa ega.

Fransuz matematigi Eduard Lerua noosfera atamasini taklif qildi. (grek. «noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi.

Noosfera – Yer qobig‘ining kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga oladi.

Vernadskiy ta’limoti

Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli ravishda tartibga solishdan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari va uy hayvonlarining zotlari yaratilganligini qayd etadi.

Noosfera –biosfera rivojlanishining oliy bosqichi, unda insoniyatning ongli faoliyati asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Inson biosferaning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunishi va shundan kelib chiqib, uning ekologik rivojlanishini ongli ravishda boshqarishi lozim. Boshqacha aytganda, inson o‘z mehnat faoliyati bilan biosferaning rivojlanish qonuniyatlariga amal qilishi lozim.

Noogenezning boshlanishi

Noogenez. Taxminan 50 ming yil avval biosfera rivojlanishiga inson faoliyati bilan bog‘liq ekologiyaning yangi – antropogen omili o‘z hissasini qo‘sha boshladi. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan biosfera rivojlanishida noogenez davri boshlandi (52-rasm). Inson o‘zining tarixiy rivojlanishining dastlabki bosqichida biologik tur sifatida biotsenoz tarkibidagi organik moddalar bilan oziqlanuvchi tarkibiy qismi hisoblangan, odamlarning yashash muhitiga ta’siri boshqa organizmlarning ta’siridan farqlanmagan. Inson faoliyati birinchi navbatda o‘ziga oziq topish va yashash muhitini yaxshilashga bo‘lgan eng zarur ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan.

52-rasm. Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 8 – paleoantrop (neandertal); 9 – Homo sapiens (kromanon); 10 – hozirgi zamon odami; 11 – tor burunli maymunlar; 12 – keng burunli maymunlar; 13 – lemurlar; 14 – lori; 15 – keng tovonlilar; 16 – orangutan; 17 – gibbon; 18 – gorilla; 19 – shimpanze.
52-rasm. Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 8 – paleoantrop (neandertal); 9 – Homo sapiens (kromanon); 10 – hozirgi zamon odami; 11 – tor burunli maymunlar; 12 – keng burunli maymunlar; 13 – lemurlar; 14 – lori; 15 – keng tovonlilar; 16 – orangutan; 17 – gibbon; 18 – gorilla; 19 – shimpanze.

Inson ta’sirining kuchayishi

Odamlar aqliy qobiliyatining rivojlanishi, mehnat faoliyati va ijtimoiy hayot tarzi tufayli inson rivojlanishning biologik qonunlari nazoratidan chiqa boshladi. Ko‘proq kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlariga bo‘ysuna boshladi. Olovdan foydalanish, ov qilish, baliq ovlash, meva va urug‘larni yig‘ish, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, yashash joylarini qurish, faol ravishda boshqa joylarga ko‘chib o‘tish, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hamda o‘troq yashashga moslanish atrof-muhitni o‘zgartiruvchi kuchga aylandi.

O‘rta asrlarda fan-texnika, jamiyat, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanish sur’atlari tezlashdi. Yangi yerlarning kashf etilishi inson ehtiyojlari uchun tabiiy hududlarning o‘zlashtirilishini sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi. Inson o‘z ehtiyojlari uchun tirik organizmlar, qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‘proq foydalana boshladi.

Antropobiosfera va XX asr

XIX asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‘i – ko‘mir va neftdan foydalanishga o‘tdi. Avval moddalar almashinuvi va energiya oqimiga jalb etilmagan, Yer qobig‘ida yig‘ilgan biogen moddalar inson tomonidan sun’iy ravishda davriy aylanishiga qo‘shildi. Natijada tizimning o‘zi ham o‘zgardi, ya’ni biosfera nafaqat tabiiy ekotizim, balki antropobiosferaga aylandi.

Biosfera jarayonlaridagi chuqur o‘zgarishlar XX asrda, ilmiy-texnik inqilob natijasida boshlandi. Jadal sur’atlarda energiya ishlab chiqarish, transport, kimyo sanoati rivojlana boshladi. Bu esa, inson faoliyati astasekin Yer qiyofasini o‘zgartiruvchi omilga aylanishiga olib keldi. Mazkur omil tabiiy ekotizimlar (o‘rmonlar, ko‘llar, botqoqliklar, yaylovlar)ning buzilishi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklar ko‘plab turlarining yo‘q bo‘lib ketishi, foydali qazilmalarning kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, dunyo miqyosida atrof-muhitning radioaktiv va zaharli moddalar, shuningdek, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishiga sabab bo‘ldi. Bularning barchasi insoniyatni ekologik halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi.

Tushunmaslik va noogenika fani

Bugun inson faoliyatining biosfera rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’sir ko‘lami ortdi. Ayrim hollarda, halokatli oqibatlarga olib keladigan aksariyat harakatlar, tabiiy jarayonlar va hodisalar, ularning o‘zaro bog‘liqligi inson tomonidan tushunmaslik oqibatida sodir etildi. Atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy boyliklardan jadal tarzda, haddan ziyod foydalanish bunga misol bo‘lishi mumkin.

Kishilik jamiyati va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi fan noogenika deb nomlanadi. Noogenika fanining asosiy maqsadi – sayyoramizdagi hayotni saqlab qolish va kelajagimizni ta’minlash uchun bugungi kunimizni rejalashtirish, asosiy vazifasi esa – inson va tabiat munosabatidagi muvozanatni saqlash, mazkur munosabat buzilishlarining hamda texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning oldini olish hisoblanadi.

Noogenika nafaqat muhofaza qilish vazifalarini bajaradi, balki o‘simliklarning yangi navlari, hayvonlarning yangi zotlari va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratish yo‘li bilan hayotning davomiyligini ta’minlashga imkon beradi.

Xulosa: biosfera evolutsiyasi

Antropobiosferaning qonuniyatlarini anglash, undagi jarayonlarni oqilona boshqarish, global ekologik inqirozni (grek. «krisis» – keskin o‘zgarish, yakun) bartaraf etishga imkon beradi.

Biosferaning rivojlanish bosqichlari tirik mavjudotlar xilma-xilligining ortishi va ular tuzilishining murakkablashuvi bilan ta’riflanadi. Tirik organizmlar dastlab suv muhitida paydo bo‘lib, keyinchalik quruqlik muhitiga tarqaldi. Yer hayot sayyorasi sifatida noyob ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biosfera evolutsiyasining asosiy omillari tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar: nafas olish, biosintez, modda va energiya almashinuvi hisoblanadi. Noosfera inson ongiga asoslangan biosfera evolutsiyasining eng yuqori bosqichidir.

Bilimingizni sinang

Rasmda 14 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. paleoantrop (neandertal)
  2. Homo sapiens (kromanon)
  3. hozirgi zamon odami
  4. lori

To‘g‘ri javob: lori. 52-rasm. Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 8 – paleoantrop (neande

Rasmda «keng burunli maymunlar» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 9
  2. 1
  3. 10
  4. 12

To‘g‘ri javob: 12. 52-rasm. Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 8 – paleoantrop (neande

Rasmda 10 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. primatlarning dastlabki ajdodi
  2. keng burunli maymunlar
  3. orangutan
  4. hozirgi zamon odami

To‘g‘ri javob: hozirgi zamon odami. 52-rasm. Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop); 8 – paleoantrop (neande

Biosferaning inson tomonidan tubdan o‘zgartirilgan yangi qobig‘i nima deb ataladi?
  1. Biogeotsenoz
  2. Antropobiosfera
  3. Noosfera
  4. Litosfera

To‘g‘ri javob: Noosfera. Biosferaning inson tomonidan tubdan o‘zgartirilgan yangi qobig‘i noosfera deyiladi.

Noosfera atamasini taklif qilgan fransuz matematigi kim?
  1. V.I.Vernadskiy
  2. Ch.Darvin
  3. Eduard Lerua
  4. E.Gekkel

To‘g‘ri javob: Eduard Lerua. Noosfera atamasini fransuz matematigi Eduard Lerua taklif qilgan.

Noosfera atamasidagi grekcha «noos» va «sphaira» so‘zlari qanday ma’noni bildiradi?
  1. hayot – qobiq
  2. tafakkur – qatlam
  3. ong – shar
  4. yer – ong

To‘g‘ri javob: ong – shar. «Noos» – ong, «sphaira» – shar ma’nosini beradi.

Biosfera rivojlanishida noogenez davri nima bilan boshlandi?
  1. Yangi yerlarning kashf etilishi bilan
  2. Ko‘mir va neftdan foydalanishga o‘tish bilan
  3. Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan
  4. Ilmiy-texnik inqilob bilan

To‘g‘ri javob: Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan noogenez davri boshlangan.

Biosfera rivojlanishiga inson faoliyati bilan bog‘liq antropogen omil taxminan qachondan boshlab ta’sir ko‘rsata boshlagan?
  1. Taxminan 5 ming yil avval
  2. Taxminan 500 ming yil avval
  3. XIX asrdan boshlab
  4. Taxminan 50 ming yil avval

To‘g‘ri javob: Taxminan 50 ming yil avval. Antropogen omil taxminan 50 ming yil avval ta’sir ko‘rsata boshlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBiosfera evolutsiyasi. BiogenezKeyingi →Inson biosfera omili sifatida