Tuban o‘simliklar
Mavzular
Suvo‘tlarning umumiy belgilari
Suvo‘tlar tuban o‘simlik bo‘lib, tanasi organlarga bo‘linmaganligi sababli, qattana yoki tallom (organlarga bo‘linmagan tana) deb ataladi.
Barcha suvo‘tlar xromatoforga ega. Xromatoforda pigment joylashgan bo‘ladi. Suvo‘tlar tarkibidagi pigment (rang beruvchi modda) turiga ko‘ra qizil, yashil, qo‘ng‘ir suvo‘tlarga bo‘linadi. Bir hujayrali suvo‘tlarga xlorella va xlamidomonada; ko‘p hujayrali suvo‘tlarga ulotriks, spirogira, porfira, laminariya misol bo‘ladi.
Xlorella va xlamidomonada
Xlorella – sharsimon yashil suvo‘t (29-rasm). Kosachasimon xromatoforida yashil xlorofill pigmenti joylashgan. Yorug‘lik ta’sirida xromatoforda organik moddalarni sintezlab avtotrof oziqlanadi. Suvni kislorodga boyitadi. Oqsilga boy bo‘lganligi sababli chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.

Xlamidomonada – yadro va qisqaruvchi vakuolga ega yashil suvo‘t. Qizil ko‘zchasi yorug‘likni sezadi. Xivchinlari yordamida yorug‘likka qarab harakatlanadi. Kosachasimon xromatoforida yashil xlorofill pigmenti bo‘lishi bilan xlorellaga o‘xshaydi. Ortiqcha ozuqani hujayrasida to‘playdi. Xlamidomonadani akvarium devorida ham uchratish mumkin. Bu suvo‘tdan ifloslangan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi (30-rasm).

Ulotriksning tuzilishi
Ulotriks – xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘p hujayrali yashil ipsimon suvo‘t (31-rasm). Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi orqali suv tubiga birikadi. Rizoid – yunoncha ildizga o‘xshash degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi.

Ulotriksning ko‘payishi
Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payganda to‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoosporalar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o‘rnashadi. Undan yangi ulotriks ipi o‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘payishi ikki xivchinli izogametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o‘xshaydi. Ikkita izogameta qo‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st bilan o‘ralib tinim davrini o‘taydi. Qulay sharoitda to‘rtta hujayraga bo‘linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi.
Spirogira va porfira
Spirogira – rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t (32-rasm). Chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa to‘nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o‘ralgan. Xromatofori spiralsimon buralgan. Spirogira baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo‘laklarga bo‘linishi natijasida ko‘payadi.

Porfira – qizil suvo‘t bo‘lib, tallomi bir qavat hujayralardan iborat (33-rasm). Keng, chetlari kungurador qattananing uzunligi bir metrdan oshadi. Rizoidi yordamida suv ostiga birikib o‘sadi. Dengizda uchraydi. Xromatoforida xlorofill pigmentidan tashqari qizil rang beruvchi antotsian pigmenti ham bo‘ladi. Iste’mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladi.

Laminariya va suvo‘tlar ahamiyati
Laminariya – ko‘p hujayrali qo‘ng‘ir suvo‘ti bo‘lib, asosan, dengizda uchraydi (34-rasm). Suvo‘tning tanasi tasmasimon, rizoidi bilan suv tubiga birikib turadi. Tarkibida yod moddasi ko‘p uchraydi. Iste’mol qilingani uchun «dengiz karami» deb ham ataladi.

Suvo‘tlar fotosintez qilishi tufayli suvni kislorod bilan ta’minlaydi, suv jonivorlari uchun ozuqa hisoblanadi. Ayrim dengiz suvo‘tlaridan yod, brom olinadi. Xlorella va xlamidomonadadan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi.
Bilimingizni sinang
Rasmda 1 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- xroma- tofor
- sitoplazma
- yadro
- hujayra qobig‘i
To‘g‘ri javob: sitoplazma. 29-rasm. Xlorella. 1– sitoplazma; 2– xroma- tofor; 3 – yadro; 4 –hujayra qobig‘i.
Rasmda «xroma- tofor» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 2
- 1
- 3
- 4
To‘g‘ri javob: 2. 29-rasm. Xlorella. 1– sitoplazma; 2– xroma- tofor; 3 – yadro; 4 –hujayra qobig‘i.
Rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- sitoplazma
- xromatofor
- yadro
- qizil ko‘zcha
To‘g‘ri javob: xromatofor. 30-rasm. Xlamidomonada.1– xivchin; 2– qizil ko‘zcha; 3– hujayra qobig‘i; 4– xromatofor; 5– yadro; 6– sitoplazma; 7– qisqaruvchi vakuol.
Rasmda «sitoplazma» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
- 6
- 7
- 5
- 3
To‘g‘ri javob: 6. 30-rasm. Xlamidomonada.1– xivchin; 2– qizil ko‘zcha; 3– hujayra qobig‘i; 4– xromatofor; 5– yadro; 6– sitoplazma; 7– qisqaruvchi vakuol.
Rasmda 5 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
- xromatofor
- sitoplazma
- qisqaruvchi vakuol
- yadro
To‘g‘ri javob: yadro. 30-rasm. Xlamidomonada.1– xivchin; 2– qizil ko‘zcha; 3– hujayra qobig‘i; 4– xromatofor; 5– yadro; 6– sitoplazma; 7– qisqaruvchi vakuol.
Suvo‘tlarning organlarga bo‘linmagan tanasi nima deb ataladi?
- Rizoid
- Xromatofor
- Qattana yoki tallom
- Koloniya
To‘g‘ri javob: Qattana yoki tallom. Organlarga bo‘linmagan tana qattana yoki tallom deyiladi.
Xlamidomonadaning qizil ko‘zchasi qanday vazifani bajaradi?
- Ortiqcha ozuqani to‘playdi
- Harakatlanishini ta’minlaydi
- Organik moddalarni sintezlaydi
- Yorug‘likni sezadi
To‘g‘ri javob: Yorug‘likni sezadi. Qizil ko‘zcha yorug‘likni sezadi, xivchinlar esa harakatni ta’minlaydi.
Xlorella nima uchun chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi?
- Oqsilga boy bo‘lgani uchun
- Tallomi bir metrdan uzun bo‘lgani uchun
- Rizoidi orqali tuproqdan ozuqa olgani uchun
- Tarkibida yod moddasi ko‘p bo‘lgani uchun
To‘g‘ri javob: Oqsilga boy bo‘lgani uchun. Xlorella oqsilga boy bo‘lgani sababli chorva uchun ozuqa bo‘ladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash