XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 16-§.

Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi

Mavzular

Qisqichbaqasimonlar va yashash muhiti

Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.

Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin.

Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi.

Xitin qoplag‘ich va boshko‘krak

Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi.

35-rasm. Daryo qisqich baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak; 2 – qorin; 3 – uzun mo‘ylov; 4 – kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar; 6 – jag‘oyoqlar; 7 – qis- qich; 8– yurish oyoqlari;
35-rasm. Daryo qisqich baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak; 2 – qorin; 3 – uzun mo‘ylov; 4 – kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar; 6 – jag‘oyoqlar; 7 – qis- qich; 8– yurish oyoqlari;

Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat (35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz teshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi.

Oyoqlar va qorin bo‘limi

Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi.

Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.

Harakatlanishi va nafas olishi

Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘limidagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez siltab, orqa tomoni bilan suzadi.

Nafas olishi. Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoqlari asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv almashinib turadi.

Ko‘payishi va tullash

Ko‘payishi va rivojlanishi. Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Urg‘ochisining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki, aksincha, torroq bo‘ladi. Urg‘ochisi erta bahorda qo‘ygan tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxumlardan qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga yopishib oladi; keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi.

Qisqichbaqalar hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari eski qattiq po‘stini tashlab, ya’ni tullab o‘sadi. Tullagan qisqichbaqaning eski qoplag‘ichi ostida yangisi hosil bo‘ladi. U tez o‘sa boshlaydi. Lekin ohak modda shimilgan qoplag‘ichi asta-sekin qattiqlashib, o‘sishdan to‘xtaydi va yana tullaydi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. uzun mo‘ylov
  2. boshko‘krak
  3. jag‘oyoqlar
  4. qis- qich

To‘g‘ri javob: uzun mo‘ylov. 35-rasm. Daryo qisqich baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak; 2 – qorin; 3 – uzun mo‘ylov; 4 – kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar; 6 – jag‘oyoqlar; 7 – qis- qich; 8– yurish oyoqlari;

Rasmda «kalta mo‘ylov» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 7
  3. 6
  4. 8

To‘g‘ri javob: 4. 35-rasm. Daryo qisqich baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak; 2 – qorin; 3 – uzun mo‘ylov; 4 – kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar; 6 – jag‘oyoqlar; 7 – qis- qich; 8– yurish oyoqlari;

Rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. jag‘lar
  2. qorin
  3. uzun mo‘ylov
  4. yurish oyoqlari

To‘g‘ri javob: qorin. 35-rasm. Daryo qisqich baqasining tashqi tuzilishi: 1 – boshko‘krak; 2 – qorin; 3 – uzun mo‘ylov; 4 – kalta mo‘ylov; 5 – jag‘lar; 6 – jag‘oyoqlar; 7 – qis- qich; 8– yurish oyoqlari;

Qisqichbaqasimonlar boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan qaysi belgisi bilan farq qiladi?
  1. Quruqlikda jabra bilan nafas olishi
  2. Tanasining halqalarga bo‘linishi
  3. Ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi
  4. Bir juft mo‘ylovlarining bo‘lishi

To‘g‘ri javob: Ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi. Qisqichbaqasimonlar suvda yashab, jabra bilan nafas oladi va ikki juft mo‘ylovga ega.

Daryo qisqichbaqasi qaysi vaqtda oziq izlab inidan chiqadi?
  1. Tush paytida
  2. Faqat kechqurunlari
  3. Kun bo‘yi toshlar ostida
  4. Faqat erta tongda

To‘g‘ri javob: Faqat kechqurunlari. Qisqichbaqa kun bo‘yi inlarida bekinib yotadi, oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi.

Daryo qisqichbaqasining boshko‘kragi qaysi bo‘limlarning harakatsiz birikishi natijasida hosil bo‘lgan?
  1. Ko‘krak va qorin bo‘limlarining
  2. Bosh va qorin bo‘limlarining
  3. Qorin va dum suzgichi bo‘limlarining
  4. Bosh va ko‘krak bo‘limlarining

To‘g‘ri javob: Bosh va ko‘krak bo‘limlarining. Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining harakatsiz birikishidan hosil bo‘lgan.

Daryo qisqichbaqasi boshko‘kragidagi o‘simtalarni ularning vazifasi bilan moslang: 1) jag‘oyoqlar; 2) qisqichlar; 3) yurish oyoqlari. a) suv tubida o‘rmalab yurishga xizmat qiladi; b) oziqni tutish uchun xizmat qiladi; c) oziqni ushlab og‘izga suradi va jabralarga suv haydaydi.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-c, 2-a, 3-b
  4. 1-c, 2-b, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-c, 2-b, 3-a. Jag‘oyoqlar oziqni og‘izga suradi va suv haydaydi, qisqichlar oziq tutadi, yurish oyoqlari o‘rmalashga xizmat qiladi.

Daryo qisqichbaqasining dum suzgichini qorin bo‘limidagi qaysi qorinoyoqlar hosil qiladi?
  1. Birinchi 3 jufti
  2. Oxirgi 2 jufti
  3. Oldingi 5 jufti
  4. Faqat oxirgi 1 jufti

To‘g‘ri javob: Oxirgi 2 jufti. Qorinoyoqlarning oldingi 5 jufti ikki shoxli, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIkki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfiKeyingi →Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi