XotirAI logotipiXotirAI
🧬 7-sinf · Zoologiya · 18-§.

Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi

Mavzular

Butli o‘rgimchakning tashqi tuzilishi

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Butli o‘rgimchak o‘tlar va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘linadi (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy ko‘zchasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz organlari joylashgan.

39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja
39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja

Og‘iz organlarining birinchi jufti ustki jag‘lar hisoblanadi. Ustki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘simtadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag‘larning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va uni o‘ldiradi.

Oyoqlar va o‘rgimchak so‘gallari

O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, tuyg‘u organi hisoblanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘imlari pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan.

Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsimon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi.

Tutqich to‘r va ov

Tutqich to‘ri. O‘rgimchak bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuqlik havoda qotib, ipga aylanish xususiyatiga ega. Orqa oyoqlaridagi taroqqa o‘xshash tirnoqlari yordamida bir necha bezdan hosil bo‘layotgan iplarni o‘rgimchak bir-biriga yopishtirib, bitta yaxlit ip hosil qiladi. Urg‘ochisi bu iplardan tutqich to‘r to‘qiydi (39-rasm). Butli o‘rgimchakning tutqich to‘ri g‘ildirak shaklida bo‘lib, butalar va baland bo‘yli o‘tlar orasiga tik tortilgan bo‘ladi.

O‘rgimchak ovi. Tutqich to‘r yoniga o‘rgimchak ko‘pincha to‘rdan in to‘qiydi. Bu inda u o‘z o‘ljasini poylab yotadi. Tutqich to‘rning markazidan o‘rgimchak tomonga signal ipi tortilgan bo‘ladi. Tasodifan to‘rga tushib qolib, tipirchilayotgan pashsha, kapalak va boshqa mayda hasharotlar signal ipini tebratganida o‘rgimchak inidan tezda chiqib, o‘ljaga tashlanadi va uni o‘rgimchak ipi bilan o‘rab oladi. O‘ljani ustki jag‘larining o‘tkir tirnoqlari yordamida zaharlab o‘ldiradi. Shundan keyin uni birmuncha vaqt qoldirib, iniga kirib ketadi.

Oziqlanish va nafas olish

Oziqlanishi. O‘rgimchak zahari tarkibida hazm suyuqligi bo‘ladi. Bu suyuqlik ta’sirida o‘ljaning ichki to‘qimalari parchalanib suyuq holga keladi. O‘lja tanasini so‘rib oladi. O‘ljadan faqat xitin po‘sti qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga ta’sir qilmaydi.

Nafas olishi. Qornining oldingi tomonida bir juft o‘pka xaltalari joylashgan (40-rasm). Har qaysi o‘pkada ko‘plab varaqsimon o‘simtalar bo‘ladi. Bu varaqlar orqali qon aylanadi. O‘rgimchakning nafas olishida o‘pka bilan bir qatorda ikki tutam traxeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy teshik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon aylanish, ayirish va nerv sistemalarining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o‘xshash bo‘ladi.

40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez
40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez

Butli o‘rgimchakning ko‘payishi

Ko‘payishi. Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga bekinib olib, ipdan to‘qilgan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud bo‘ladi, tuxumlari pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan yosh o‘rgimchaklar chiqadi.

Bilimingizni sinang

Rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. to‘rga tushgan o‘lja
  2. qorin
  3. erkagi
  4. yurish oyoqlari

To‘g‘ri javob: to‘rga tushgan o‘lja. 39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja

Rasmda «urg‘ochisi» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 4
  2. 2
  3. 7
  4. 5

To‘g‘ri javob: 5. 39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja

Rasmda 6 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. to‘rga tushgan o‘lja
  2. boshko‘krak
  3. erkagi
  4. yurish oyoqlari

To‘g‘ri javob: erkagi. 39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja

Rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. qizilo‘ngach
  2. nerv zanjiri
  3. jinsiy bez
  4. oshqozon

To‘g‘ri javob: nerv zanjiri. 40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsi

Rasmda «ichak» qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan?
  1. 8
  2. 5
  3. 2
  4. 7

To‘g‘ri javob: 5. 40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsi

Rasmda 10 raqami bilan ko‘rsatilgan qism (tuzilma, bosqich) qaysi?
  1. yurak
  2. o‘rgimchak bezlari
  3. jinsiy bez
  4. traxeya

To‘g‘ri javob: jinsiy bez. 40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsi

Butli o‘rgimchak ustki jag‘larining birinchi bo‘g‘imi bo‘lgan harakatchan tirnoqsimon o‘simta qanday vazifani bajaradi?
  1. Tutqich to‘r ipini ajratib chiqaradi
  2. O‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi
  3. O‘ljaning tanasini chaynab maydalaydi
  4. Havodagi hidlarni sezish vazifasini bajaradi

To‘g‘ri javob: O‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Tirnoqsimon o‘simta o‘ljaning tanasini teshadi, zahar naycha orqali tushadi.

Butli o‘rgimchakning qorin bo‘limi keyingi uchida nechta juft o‘rgimchak so‘galli (bezlar) joylashgan?
  1. Bir juft
  2. Uch juft
  3. To‘rt juft
  4. Ikki juft

To‘g‘ri javob: Uch juft. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘galli bo‘ladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDaryo qisqichbaqasining ichki tuzilishiKeyingi →O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi