XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Budjet kodeksi · 25–35-m.

Budjet sohasidagi vakolatlar · Davlat budjeti

Umumiy Qism

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;

davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;

o‘tgan moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek joriy moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;

ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Davlat budjeti daromadlari prognozini choraklar va hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari bo‘yicha tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;

vazirliklarning, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar mablag‘larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot hamda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;

26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi to‘g‘risida taqdim etilgan choraklik hisobotni Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan hamda boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy va boshqa ma’lumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash usuli orqali amalga oshiriladigan o‘rganishlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tezkor xulosa taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;

budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

27-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;

27-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliqlar hamda yig‘imlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida belgilaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

28-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:

tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

budjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;

ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

28-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet so‘rovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;

qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

28-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari prognozining o‘z hududiga tegishli qismining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimotini tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:

navbatdagi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosani taqdim etish uchun;

o‘tgan moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash uchun yuboradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi;

davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlarini ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;

Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va hududlar kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni yuboradi;

o‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (shakllantirish va tuzish) amalga oshirish bo‘yicha yagona uslubiy qo‘llanmalar to‘plamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida o‘zining ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘larga 10 va undan ortiq foiz miqdorda o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjetlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar yuboradi;

birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;

soliqlarni, yig‘imlarni va davlat bojlarini, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

budjet tizimi budjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hamda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;

Davlat budjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

budjet ssudalarini beradi;

davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;

budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini yuritadi;

budjet tizimi budjetlarining Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi;

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

budjet tizimi budjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;

budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;

davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi, davlat kafolatini bajaradi;

O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi;

prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi;

budjet tizimi budjetlaridan pul mablag‘larini undirish bilan bog‘liq sud muhokamalarida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi hamda budjet manfaatlarini ko‘zlab sudlarga arizalar, da’vo arizalari va shikoyatlar kiritadi, jinoyat alomatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi;

budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

30-modda. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari

Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

soliqlarning, yig‘imlarning, davlat bojlarining va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;

budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;

tegishli budjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;

30-modda. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:

Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;

budjet ssudalarini beradi.

Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

31-modda. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari

Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar:

budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun budjet so‘rovlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;

budjet buyurtmalarini tuzish uchun ko‘rsatkichlarni va materiallarni o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi;

xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lari hajmlarini yetkazadi;

o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi;

xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;

o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda budjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;

o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘zining joriy xarajatlarini, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan iqtisod qilingan mablag‘lar doirasida boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.

31-modda. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq o‘zlariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va ulardan samarali foydalanishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan majlislarda ishtirok etadi hamda ushbu masalalar bo‘yicha hisobot beradi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning tashabbusiga ko‘ra, ularga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalari ishlab chiqilganda, zarur hollarda mazkur loyiha tashabbuskorlari tomonidan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari

Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar:

budjet buyurtmasini budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;

xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;

xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni mo‘ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;

budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritadi;

tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga taqdim etadi.

Budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek:

shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;

32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritadi;

muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g‘aznachilik bo‘linmalariga o‘z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;

budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.

Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

33-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari

Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar:

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi;

davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga yilning har choragida yetkazadi;

ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar, davlat bojlari, soliq bo‘lmagan to‘lovlar va boshqa tushumlar to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;

davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;

davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;

davlat maqsadli jamg‘armalarining Yagona g‘azna hisobvarag‘i va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini boshqaradi;

33-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning budjet sohasidagi vakolatlari (davomi)

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi;

davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

II bo‘lim.

Budjet tizimi budjetlari

34-modda. Davlat budjeti tuzilmasi

Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari.

35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tuzilmasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.

Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi.

Bilimingizni sinang

Budjet kodeksiga ko‘ra, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kim kiritadi?
  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  2. Hisob palatasi
  3. Vazirlar Mahkamasi
  4. Prezident Administratsiyasi

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi. 25-moddaga ko‘ra, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi kiritadi; loyihani Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishlab chiqadi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, Hisob palatasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga qanday xulosa taqdim etadi?
  1. yillik xulosa
  2. tezkor xulosa
  3. yakuniy qaror
  4. majburiy ko‘rsatma

To‘g‘ri javob: tezkor xulosa. 26-moddaga ko‘ra, Hisob palatasi choraklik hisobot bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tezkor xulosa taqdim etadi.

Viloyat hokimi viloyat budjeti loyihasini tayyorladi. Budjet kodeksiga ko‘ra, uni kim ko‘rib chiqadi va qabul qiladi?
  1. Hisob palatasi — hokimning taklifisiz mustaqil ravishda ko‘rib chiqadi
  2. Oliy Majlis Senati — hokimning taqdimnomasi bilan qabul qiladi
  3. viloyat hokimligi — hokimning o‘zi mustaqil ravishda qabul qiladi
  4. viloyat xalq deputatlari Kengashi — hokimning taqdimnomasiga muvofiq

To‘g‘ri javob: viloyat xalq deputatlari Kengashi — hokimning taqdimnomasiga muvofiq. 27-moddaga ko‘ra, mahalliy budjetlarni xalq deputatlari Kengashlari hokimlarning taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliqlar va yig‘imlarning stavkalarini (qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida) kim belgilaydi?
  1. Jo‘qorg‘i Kenges va xalq deputatlari Kengashlari
  2. Tuman hokimlari va Hisob palatasi yakka tartibda
  3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Hisob palatasi
  4. Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimliklari

To‘g‘ri javob: Jo‘qorg‘i Kenges va xalq deputatlari Kengashlari. 27-moddaga ko‘ra, mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliq va yig‘imlar stavkalarini Kengashlar belgilaydi.

Viloyat hokimi faoliyat amalga oshiriladigan joyning xususiyatlarini hisobga olib, alohida soliq stavkalariga pasaytiruvchi koeffitsiyent kiritmoqchi. Budjet kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Hokim bunday vakolatga ega emas, chunki pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kiritish mumkin, hokimlar esa kirita olmaydi
  2. Hokim koeffitsiyentlarni faqat respublika budjetiga biriktirilgan soliqlar bo‘yicha va faqat pasaytiruvchi shaklda, Kengash roziligisiz kiritishi mumkin
  3. Hokim qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlar kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin
  4. Koeffitsiyentlarni faqat Hisob palatasi kiritishi mumkin, hokim esa bu masalada faqat tavsiya xarakteridagi takliflar berishi mumkin

To‘g‘ri javob: Hokim qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlar kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 28-moddaga ko‘ra, hokimlar hududlar xususiyatlarini inobatga olib, pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlar kiritish haqida qaror qabul qiladi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran qancha muddatda ikkinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlash uchun kiritiladi?
  1. bir oylik
  2. o‘n kunlik
  3. uch oylik
  4. ikki haftalik

To‘g‘ri javob: bir oylik. Iqtisodiyot va moliya vazirligi cheklangan miqdorlarni Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikkinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran qancha muddatda kiritadi?
  1. o‘n kunlik muddatda
  2. o‘n besh kunlik muddatda
  3. uch oylik muddatda
  4. bir oylik muddatda

To‘g‘ri javob: bir oylik muddatda. 29-moddaga ko‘ra, takliflar Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda kiritiladi.

Budjet kodeksiga ko‘ra, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini kim tasdiqlaydi?
  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  2. Vazirlar Mahkamasi apparati
  3. Viloyat hokimligi moliya bo‘limi
  4. Hisob palatasi hay’ati raisi

To‘g‘ri javob: Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 29-moddaga ko‘ra, hududiy taqsimlovchilar ro‘yxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasdiqlaydi; birinchi va ikkinchi darajali taqsimlovchilar ro‘yxatini esa Vazirlar Mahkamasi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBudjet tasnifiKeyingi →Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari · O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti