Qadimgi tarix ildizlari
Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Viqorli tog‘lar qoyalarida asrlar davomida qorlar erimaydi. Tog‘ jilg‘alari qo‘shilib, toshqin daryolarni hosil qiladi. Qush uchsa, qanoti kuyadigan sahro, poyonsiz cho‘llarda issiq shamol esib turgan. Karvon yo‘llari kesishgan joylarda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan odamlar to‘planib, qizg‘in savdo-sotiq qilishardi.
Yurtimizning ziroatkor vohalarida asrlar davomida bog‘lar gulga cho‘mardi. Yozma manbalar mardimaydonlarning jasorati haqida so‘zlaydi.
Odamlar cho‘l-u biyobonlarni chamanzorlarga aylantirib, shaharlar, ajoyib inshootlar qurdilar, osmon sirlarini kashf qildilar.
Qarang, osmonda minglab yulduzlar charaqlaydi. Ular shunchalik yaqin tuyuladiki, qo‘l cho‘zsang – yetgudek. Oftobning dastlabki yog‘dularida hashamatli binolarning moviy gumbazlari jilvalanib ko‘rinadi va gumbazlar osmon bilan singishib ketgandek bo‘ladi. Uzoq-uzoqlardan qo‘shiq taralmoqda.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Daryolar sababli yurtimiz vohalarida bog‘lar asrlar davomida yashnab turgan
Bu – ona allasidir. Ona allasidan ona Vatan boshlanadi. Yam-yashil vodiylar va zilol suvli sharqiroq buloqlardan, birinchi o‘qituvchi va kitobdan, biz yashab turgan ko‘cha va xonadon ostonasidan boshlanadi jonajon Vatan.
Bugungi kunda ham serhosil vodiylar, cho‘l va tog‘larda katta-kichik shaharlar, qal’alar va qadim ibodatxonalar qoldiqlarini ko‘ramiz. Odamlar bu joylarni allaqachonlar tark etishgan. Qadim shaharlar xarobalari kimsasiz. Vayronalar unsiz, ularni sho‘r va yovvoyi o‘tlar bosgan.
Biroq odamlar qadami uzilgan bu joylarga qadimshunoslar kelishdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan qadimgi shahar va qal’alar xarobalari tuproqlar ostidan yuz ko‘rsatib, uzoq o‘tmishdan so‘zlay boshladi.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Kitob o‘qib, sayohat qilib, muzeylarni borib ko‘rib, tarix va madaniyat yodgorliklari haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz.
QADIMGI TARIXNI O‘RGANISH Insoniyatning qadimgi tarixini turli olimlar o‘rganadilar.
Arxeologlar • qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar.
Qadimiy idishlar
Antropologlar • qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari (skelet va bosh chanoqlari)ni sinchiklab tekshirib, ularning tashqi ko‘rinishini tiklaydilar, ming yillar avvalgi kishilarning tashqi qiyofasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni o‘rganadilar.
Etnograflar • qadimgi odamlarning ko‘pgina urf-odatlari, xo‘jalik va madaniy an’analarini saqlab qolgan, hozirda yashayotgan qabilalar va elatlarni o‘rganishadi.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
QADIMGI TARIX BO‘YICHA MANBALAR Dunyoning turli hududlarida qadimgi davr tarixiga oid keng o‘rganilgan manbalar arxeologlar tomonidan topilgan moddiy (ashyoviy) manbalardir. Arxeologik qazishmalar davomida topilgan mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar va zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan barcha narsalar shular jumlasiga kiradi.
Arxeologiya ma’lumotlari qadimgi dunyo tarixi haqida to‘la tasavvur berolmaydi. Shu bois olimlar yozma manbalarga ham murojaat etadilar. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba “Avesto” kitobidir. Unda yurtimizning qadimgi tarixi va madaniyati haqida hikoya qilinadi.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Qadimgi davr tarixiga doir yana bir qimmatli yozma manba Erondagi Behistun qoyasi yozuvlaridir.
Fors shohi Doro I buyrug‘i bilan qoyaga o‘yib yozilgan bitiklarda zabt etilgan o‘lkalar qatorida O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari ham sanab o‘tiladi.
ENG QADIMGI TUZUMNI DAVRLASHTIRISH Jahondagi barcha xalqlarning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan.
Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning alohida guruhlarga birlashuvi bo‘lib, u eng qadimgi odamlarning dastlabki jamoasi edi.
Qadimiy qo‘lyozma
Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqida “Aleksandrning harbiy yurishlari” nomli asar yozgan.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon “Geografiya” nomli asarida ko‘plab mamlakatlar xalqlari haqida ma’lumotlar keltiradi.
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, “Tarix” nomli kitobini yozdi. Unda yurtimizning qadimgi tarixi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.
Behistun qoyasi yozuvlari va bo‘rtma tasvirlari
Ibtidoiy urug‘ jamoasi
Ibtidoiy jamoalar asta-sekin qarindosh urug‘laridan iborat alohida urug‘ jamoalariga bo‘lina boshladi.
Dastlabki urug‘ jamoalari ayol – ona atrofida birlashgan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matriarxat deb atalgan.
I BO‘LIM ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI 1-§. Qadimgi tarix ildizlari
Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo‘jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshlagan, bu esa urug‘ga endi erkak kishi boshchilik qilishini anglatardi. Insoniyat tarixidagi ushbu davrni olimlar patriarxat – ota urug‘i davri deb atashadi.
Matriarxat •Ilk urug‘ jamoalari ayol kishi – ona atrofida birlashgan.
Patriarxat •Urug‘dosh jamoalarni erkak kishi boshqarib turgan.
ESLAB QOLING!
Qadimgi tosh davri tarixi ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga ajratilib o‘rganiladi
Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshlardan yasashgan, shunga ko‘ra arxeologlar insoniyat tarixining boshlanishini “tosh davri” deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq vaqt davom etgan, shuning uchun uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi:
Paleolit •qadimgi tosh davri (yunoncha paleos – “qadimgi” va litos – “tosh”)
Mezolit •o‘rta tosh davri (yunoncha mezos – “o‘rta” va litos –
“tosh”)
Neolit •yangi tosh davri (yunoncha neos – “yangi” va litos –
“tosh”)
Eneolit •mis-tosh davri (lotincha eneus – “mis” va yunoncha litos – “tosh”)
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari
Yer yuzida odam qanday paydo bo‘lganligi haqidagi turli afsonalar va diniy rivoyatlar qadim zamonlardan beri mavjud. Fanda bu masala ilmiy asosda, antropologiya va arxeologiya ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganiladi. Tarix fanida eng qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi.
Muhim sanalar
- II asrda — Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari haqida “Aleksandrning harbiy yurishlari” nomli asar yozgan.
- I asr — Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon “Geografiya” nomli asarida ko‘plab mamlakatlar xalqlari haqida ma’lumotlar keltiradi.
- V asrda — Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, “Tarix” nomli kitobini yozdi.
Bilimingizni sinang
Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlar va turarjoylarda qazishma ishlarini qaysi olimlar amalga oshiradi?
- Antropologlar
- Etnograflar
- Arxeologlar
- Muarrixlar
To‘g‘ri javob: Arxeologlar. Qadimgi manzilgohlarda qazishma ishlarini arxeologlar amalga oshiradi.
Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini (skelet va bosh chanoqlarini) tekshirib, tashqi ko‘rinishini tiklaydigan olimlar kimlar?
- Antropologlar
- Paleontologlar
- Etnograflar
- Numizmatlar
To‘g‘ri javob: Antropologlar. Suyak qoldiqlarini o‘rganib, qadimgi odamlar qiyofasini antropologlar tiklaydi.
Qadimgi urf-odat va an’analarni saqlab qolgan hozirgi qabila va elatlarni qaysi olimlar o‘rganadi?
- Arxeologlar
- Antropologlar
- Paleontologlar
- Etnograflar
To‘g‘ri javob: Etnograflar. Qadimgi an’analarni saqlagan hozirgi qabila va elatlarni etnograflar o‘rganadi.
Mutaxassislar va ularning faoliyatini moslashtiring. Mutaxassislar: 1) arxeolog, 2) antropolog, 3) etnograf. Faoliyat: a) qadimgi odamlarning urf-odatlarini saqlab qolgan hozirgi qabilalarni o‘rganadi; b) suyak qoldiqlariga tayanib tashqi qiyofani tiklaydi; c) qadimgi manzilgohlarda qazishma ishlari olib boradi.
- 1-b, 2-c, 3-a
- 1-a, 2-b, 3-c
- 1-c, 2-b, 3-a
- 1-c, 2-a, 3-b
To‘g‘ri javob: 1-c, 2-b, 3-a. Arxeologlar qazishma ishlarini amalga oshiradi, antropologlar suyak qoldiqlarini tekshirib qiyofani tiklaydi, etnograflar esa qadimgi urf-odatlarni saqlab qolgan hozirgi qabilalarni o‘rganadi.
Arxeologlar topgan, qadimgi davr tarixiga oid keng o‘rganilgan manbalar qanday manbalar deb ataladi?
- yozma manbalar
- moddiy (ashyoviy) manbalar
- og‘zaki manbalar
- tasviriy manbalar
To‘g‘ri javob: moddiy (ashyoviy) manbalar. Arxeologlar topgan mehnat qurollari, sopol idishlar va boshqa buyumlar moddiy (ashyoviy) manbalardir.
O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba hisoblangan kitob qaysi?
- “Aleksandrning harbiy yurishlari”
- “Avesto”
- “Tarix”
- “Geografiya”
To‘g‘ri javob: “Avesto”. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba “Avesto” kitobidir.
Arxeologlar topgan mehnat qurollari, sopol idishlar va zeb-ziynat buyumlari qanday manbalar turiga kiradi?
- Yozma (matnli) manbalar
- Moddiy (ashyoviy) manbalar
- Og‘zaki (rivoyat) manbalar
- Etnografik (xalq) manbalar
To‘g‘ri javob: Moddiy (ashyoviy) manbalar. Arxeologlar topgan buyumlar moddiy (ashyoviy) manbalar hisoblanadi.
O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba qaysi?
- “Avesto” kitobi
- Strabonning “Geografiya”si
- Gerodotning “Tarix”i
- Behistun qoyasi yozuvlari
To‘g‘ri javob: “Avesto” kitobi. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba “Avesto” kitobidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash