XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 2-§

Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari

2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

Yer yuzida odam qanday paydo bo‘lganligi haqidagi turli afsonalar va diniy rivoyatlar qadim zamonlardan beri mavjud. Fanda bu masala ilmiy asosda, antropologiya va arxeologiya ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganiladi. Tarix fanida eng qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi.

ENG QADIMGI ODAMLAR Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatlarini tik tutib yurishgan, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilishgan. Ular yordamida tabiatdan yegulik topib yeyishgan.

Olimlar eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini Sharqiy Afrikadan topib o‘rganishgan. Mazkur odamning yoshi 2 million yildan oshadi. Olimlar uni “ishbilarmon odam” deb atashgan, negaki u toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgan.

2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

Mingyilliklar davomida odamning tashqi qiyofasi, ko‘nikmalari va miya hajmi o‘zgarib borgan. Qadimgi tosh davrining navbatdagi bosqichida “tik yuruvchi odam” deb atalgan qadimgi inson vujudga kelgan. Uning tanasi ancha baquvvat bo‘lgan. U turli tosh qurollarni yasash ko‘nikmalariga ega bo‘lib, chaqmoq zarbidan yong‘in chiqqan o‘rmondagi tabiiy olovdan foydalanishni ham bilib olgan. “Tik yuruvchi odamlar” yashash joylarini o‘zgartirib, keng hududlarga tarqalganlar. Ularning makonlari va suyak qoldiqlari Afrikadan, shuningdek, Yevropa va Osiyoning ko‘p joylaridan topilgan.

Toshdan yasalgan qo‘l cho‘qmori

Tosh davri mehnat qurollari

Tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari

2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odamlar mayda daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarni makon qilgan. Ilk paleolit davrining oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlanadi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keladilar. Bu hol odamlarni yangicha iqlim va turmush sharoitlariga moslashishga undadi. Bunday paytda faqat kuchlilargina yashab qolishi mumkin edi.

Tobora kuchayib borayotgan sovuq oldida mutlaqo himoyasiz ekanliklarini tushunib, qadimgi odamlar issiqroq va pana joy izlab, olis makonlarga yo‘l olishadi. Mana, ko‘pdan beri yo‘talayotgan keksa bir kishi orqada qola boshladi. U kasal edi va zo‘rg‘a qadam bosardi.

MUZLIK DAVRI

Odamlar tez-tez to‘xtash xatarli ekanligini, chunki shuni deb ko‘pchilik o‘lib ketishi mumkinligini yaxshi tushunishardi. Chol ortda qolib ketdi, biroq boshqalar uni kutmasdan yo‘lda davom etishdi. U begona joylarda yolg‘iz qolajagini tushundi va alam bilan ingradi. Cholning yolvorib chekayotgan faryodi anchagacha eshitilib turdi, keyin bora-bora pasayib, oxiri umuman o‘chdi.

Keyinroq shu yo‘ldan o‘tgan boshqa odamlar sovuqdan qaltirab yotgan kasal cholni ko‘rdilar. Lekin bu odamlar ham unga yordam bermadilar. Qor bo‘roni to‘xtamay uvullardi. Dahshatli sovuq boshlangan. Oldinda odamlarni misli ko‘rilmagan sinovlar kutardi. Bu olis, shafqatsiz ibtidoiy davr edi. Muzlik davrida baquvvat odamlargina omon qoldilar.

ENQ QADIMGI ODAMLARNING MASHG‘ULOTLARI

O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari quyidagi joy-makonlardan topilgan:

Selungur •Farg‘ona vodiysi

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Qadimgi odamlar o‘rnida nima qilgan bo‘lar edingiz?
Savollar: Nega kasal odamga yordam ko‘rsatishni istamadilar?

Ko‘lbuloq •Toshkent viloyati

Bular qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni urib o‘tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan.

Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo‘lgan. Dastlabki mehnat qurollari sodda edi. Odamlar uchi o‘tkirlangan tosh va tayoq bilan hayvonlarni ovlashgan, o‘simliklarning iste’molga yaroqli ildizmevalarini kovlab olishgan.

Shu tarzda tabiat nimani in’om etsa, odam shuni olgan hamda topgan yeguligi bilan qanoatlangan. Shuning uchun odamlarning eng qadimiy mashg‘ulotlari – meva-ildizlarni terish va ov qilish o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.

O‘ylab ko‘ring

Boysun tog‘laridan topilgan Teshiktosh g‘ori o‘rta paleolit davri (mil. avv. 100–40-mingyillik) madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g‘oridan tosh qurollar va ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik,

Neandertal bola.

Mamont ovi

O‘ylab ko‘ring

Savollar: G‘or sheri nima uchun odamlarga hamla qilishga jur’at qildi?
Savollar: Dahshatli yirtqichni ko‘rib, odamlar nima uchun qochmadilar?

yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan.

Teshiktosh g‘oridan topib tekshirilgan, tosh asriga mansub 8–9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir.

Bola jasadi qabrga ko‘milgan. Jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab chiqilgan.

Gulxan atrofida to‘plangan odamlar tomon g‘or sheri pisib kela boshladi. U daraxt va butalar orasidan sezdirmay jilardi. Ammo kimdir uni ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan qichqirib yubordi. Barcha cho‘chib sher tomon o‘girildi. Sher yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham, hech kim qochishni o‘ylamasdi. Qochgan odamni sher bir sakrashda tutib olardi. Hamma sherdan ko‘zlarini uzmay, yelkama-yelka turib qattiq qichqirib, qo‘llarini silkitgancha yirtqich tomon bostirib bordi.

O‘ylab ko‘ring

Sher o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, ko‘zlari ola-kula bo‘la boshladi. Odamlar sher tomon yaqinlashib kelaverdilar. Bu ular uchun yagona qutulish yo‘li edi.

Ana, eng kuchli hayvonlarni yenggan va yon-atrofni dahshatga solgan g‘or sheri ortga chekina boshladi. Odamlar esa yanada qattiq baqirib, sherga qo‘rqmay yaqinlashaverdilar.

Shundan so‘ng odamlar guruh-guruh bo‘lib yuradigan bo‘ldilar. Endi ularga hech nima tahdid sololmasdi.

DINIY E’TIQODLARNING VUJUDGA KELISHI Olam haqida to‘plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va ongini o‘zgartirib bordi.

Odamlar o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan hodisalar – kun bilan tun, yil fasllarining almashinishi, vulqon otilishi, zilzila va boshqa tabiat hodisalarini kuzatganlar. Ularni tushuna olmagan qadimgi odamlar momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg‘ir kabi turli tabiat hodisalariga sig‘ina boshlashgan. Odamlar tabiatni jonli deb hisoblashgan va tabiat inson xususiyatlari bilan bog‘liq holda talqin qilingan. Shu bois tevarak-atrofda ezgu va yovuz kuchlarning borligiga ishonch paydo bo‘lgan.

O‘ylab ko‘ring

Totemizm •

Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Sizning fikringizcha, bu e’tiqodlarning vujudga kelishiga asosan nima sabab bo‘ldi?

Animizm •Odamni o‘rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish.

Fetishizm •

Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonishi.

So‘nggi paleolitga oid g‘orlar devorlaridagi rasmlarning topilishi qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlar bo‘lganining isbotidir. Bunday rasmlardan eng qadimiylari quyidagi g‘orlardan topilgan:

Ispaniya •Altamira g‘ori

Ilk rassomlar

Fransiya •Lasko g‘ori

Boshqirdiston (Rossiya) •Kapova g‘ori

Kapova g‘ori

Selungur Teshiktosh

Paleolit davri manzilgohlari

O‘ylab ko‘ring

O‘q-yoy bilan ov qilish tasviri. Petrogliflar

Odamlar mazkur rasmlar bo‘lajak ovda o‘zlariga yordam berishiga ishongan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatlariga taqlid qilib raqsga tushgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirgan, nayza uloqtirishni mashq qilgan.

Qadimgi rasmlar inson nimalar haqida o‘ylagani, tevarak dunyoni qay yo‘sinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog‘lardan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi.

Odamning o‘zini qurshab turgan tevarak-dunyoni bilishga intilishi eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

O‘ylab ko‘ring

Dastlabki qoya tasvirlarini arxeologning qizalog‘i kashf qilgan. O‘shanda ular Ispaniyaning Altamira g‘orida edilar. Ota ibtidoiy odamning mehnat qurollarini to‘plash bilan band bo‘lganida, qizaloq g‘orni kezib yurib, to‘satdan:

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Teshiktosh g‘oridagi arxeologik kashfiyotlar haqida so‘zlab bering. 2. Eng qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari haqida nimalarni bilasiz? 3. Diniy e’tiqod kurtaklarining vujudga kelish sabablarini ayting. 4. Ilk rasmlarda nimalar tasvirlangan? Nima uchun?

Bilimingizni sinang

Sharqiy Afrikadan topilgan eng qadimgi odam suyaklari qoldig‘ining yoshi qancha yildan oshadi?
  1. 1 million yil
  2. 2 million yil
  3. 500 ming yil
  4. 5 million yil

To‘g‘ri javob: 2 million yil. Sharqiy Afrikadan topilgan eng qadimgi odamning yoshi 2 million yildan oshadi.

Tarix fanida eng qadimgi odamlar qanday nom bilan ataladi?
  1. Ibtidoiy odamlar
  2. Ilk dehqonlar
  3. Ko‘chmanchi chorvadorlar
  4. Ilk hunarmandlar

To‘g‘ri javob: Ibtidoiy odamlar. Tarix fanida eng qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi.

Olimlar eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini qayerdan topib o‘rganishgan?
  1. G‘arbiy Yevropadan
  2. Sharqiy Afrikadan
  3. Janubiy Amerikadan
  4. Markaziy Osiyodan

To‘g‘ri javob: Sharqiy Afrikadan. Eng qadimgi odam suyaklari Sharqiy Afrikadan topilgan.

Sharqiy Afrikadan topilgan eng qadimgi odamning yoshi qancha?
  1. Taxminan 200 ming yil
  2. Taxminan 20 ming yil
  3. 2 million yildan oshadi
  4. Taxminan 10 million yil

To‘g‘ri javob: 2 million yildan oshadi. Mazkur odamning yoshi 2 million yildan oshadi.

Olimlar eng qadimgi odamni nima uchun “ishbilarmon odam” deb atashgan?
  1. U yirik savdo yo‘llarini yaratib, shaharlar qurishni bilgan
  2. U yerni ekib, hosil yetishtirishni va chorva boqishni bilgan
  3. U yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, uy hayvoni qilgan
  4. U toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgan

To‘g‘ri javob: U toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgan. U toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgani uchun shunday atalgan.

Sharqiy Afrikadan suyaklari topilgan eng qadimgi odam nima uchun “ishbilarmon odam” deb atalgan?
  1. U olovni o‘zi yoqishni va uni saqlashni bilgan
  2. U toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgan
  3. U mamontlarni uyushib ovlashga va g‘orlarda yashashga o‘rgangan
  4. U vafot etganlarni qabrga ko‘mish marosimini joriy qilgan

To‘g‘ri javob: U toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgan. Olimlar uni toshdan o‘ta sodda mehnat qurollari yasashni bilgani uchun “ishbilarmon odam” deb atashgan.

“Tik yuruvchi odam” olovdan qanday foydalanishni bilib olgan?
  1. O‘rmondagi chaqmoqdan chiqqan tabiiy olovdan
  2. Toshni toshga urib, uchqundan olov hosil qilishdan
  3. Quruq yog‘ochni ishqalab olov yoqishdan
  4. Vulqon otilishi paytida oqqan cho‘g‘li lavadan

To‘g‘ri javob: O‘rmondagi chaqmoqdan chiqqan tabiiy olovdan. U chaqmoq zarbidan yong‘in chiqqan o‘rmondagi tabiiy olovdan foydalanishni bilib olgan.

“Tik yuruvchi odam” avvalgi “ishbilarmon odam”dan qaysi jihatlari bilan ustun bo‘lgan?
  1. Faqat Sharqiy Afrikada yashab, tosh qurollardan juda kam foydalangan va olovni umuman bilmagan
  2. Olovni o‘zi yoqishni bilgan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan va Amerika qit’asiga ham tarqalgan
  3. Gavdasi kichik bo‘lib, faqat suyakdan qurol yasagan va Afrikaning janubidan tashqariga chiqmagan
  4. Tabiiy olovdan foydalanishni bilib olgan va Afrikadan tashqari Yevropa hamda Osiyoga ham tarqalgan

To‘g‘ri javob: Tabiiy olovdan foydalanishni bilib olgan va Afrikadan tashqari Yevropa hamda Osiyoga ham tarqalgan. “Tik yuruvchi odam” baquvvat bo‘lib, turli tosh qurollar yasagan, tabiiy olovdan foydalanishni bilib olgan va keng hududlarga tarqalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi tarix ildizlariKeyingi →Urug‘chilik jamiyati