Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Qadimgi Yunoniston
23–24-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Qadimgi yunonlarning turarjoyi
YUNON SHAHARLARI Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi natijasida shaharlar soni ham ortib boradi. Yunon shaharlarining ko‘pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar yunoncha “polis”, ya’ni “shahar” deb atalgan. Ular shahar-davlatlarni tashkil etgan. Polislar hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo‘lgan. Bozor shaharning katta maydonida joylashgan. U yerda qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qilingan.
Barcha shahar-davlatlar o‘z qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Qo‘shinlarning asosini og‘ir qurollangan askarlar – goplitlar tashkil etgan. Ular to‘rtburchak shaklni yuzaga keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorda jang qilgan. Bunday jangovar safga tizilish falanga deb atalgan.
23–24-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Otliq va piyoda jangchilar, polis va shaharliklar
AFINA DAVLATI O‘rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida Attika yarimoroli joylashgan. Mil. avv. 2-mingyillikda Attikaning g‘arbiy qismida yunonlar Akropol, ya’ni “yuqori shahar” deb atalgan qal’a quradi. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar o‘rnasha boshladi. Shu tariqa Afina shahri vujudga keladi. Shaharda yashagan odamlarning asosiy qismini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan.
Afina aholisi uchta katta guruhga bo‘lingan: fuqarolar, chet elliklar – meteklar va qullar. Ota-onasi ozod afinalik bo‘lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo‘la olgan.
23–24-§. Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalangan. Ular og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan.
Afina mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topadi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga qullar va xilma-xil tovarlar keltirilgan.
Afina. Markazda
Akropol. Zamonaviy rasm
Afina
Attika yarimoroli Akropol qal’asi
Akropol atrofida
Afina fuqarolari, meteklar, qullar
Kemasozlik ustaxonasidagi ish jarayoni. Zamonaviy rasm
Abak — hisob taxtachasi
Mum surkalgan taxtacha va stil
AFINADA TA’LIM Afinada davlat maktablari bo‘lmagan. Ota-onalar o‘z bolalarini pedagogga (yunonchada “bolani yo‘lda kuzatib boruvchi” ma’nosini anglatadi) haq to‘lab o‘qitgan. Qonun bo‘yicha faqat o‘g‘il bolalar uchun ta’lim olish majburiy bo‘lgan.
Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o‘rgatilgan. Mum surkalgan taxtachalarga harflarni bronza tayoqcha – stil bilan yozishgan. Aksariyat fuqarolar uchun ta’lim shundangina iborat bo‘lgan. Puldor ota-onalarning farzandlari esa palestra – xususiy gimnastika maktablarida tahsilni davom ettirgan. Palestrada adabiyot o‘qitilar, she’r yozish va musiqa san’ati ham o‘rgatilar edi.
Afina
O‘g‘il bolalar 14 yoshdan gimnastika bilan shug‘ullanardi. Ayni paytda ularga kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash, yugurish ham o‘rgatilardi. O‘spirinlar, shuningdek, qo‘l jangi, harbiy ishlar va otga minib yurishni o‘rgangan.
Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lgan. Ammo ularda faqat o‘ta boy ota-onalarning farzandlarigina o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bunday ta’lim muassasalarida astronomiya, geometriya, geografiya va tarix o‘qitilardi.
Ta’lim olish muddati 3–4 yil davom etgan. Ana shundan keyin davlat ishlarida ma’lum bir lavozimni egallash imkoniyati vujudga kelgan.
Afina
Qadimgi Yunonistondagi maktab
Sparta jangchilari hordiq
SPARTA Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo‘ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar.
Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda hukmronlikni faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o‘z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdi. Jumladan, hamma qat’iy intizomga amal qilar, intizomni buzganlar shafqatsiz jazolanardi.
SPARTA
Janubiy Yunoniston (Lako-
Ilotlar – Lakonika aholisi nika)
Doriylar bosib olgan
Periyeklar – Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga
Sparta urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan shaharga o‘xshab qolgandi. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan.
ega bo‘lmagan
Spartaga fuqarolar asos solingan
Qadimgi Sparta maktabi
Ilotlar hosil yig‘imida
Spartalik jangchi
Ilotlar kichik turarjoylarda yashagan. Ular alohida spartaliklarning emas, balki butun boshli davlatning mulki hisoblanardi. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa ko‘plab majburiyatlarni bajarishgan. Spartaliklar esa faqat harbiy ish bilan shug‘ullangan.
SPARTA
Ilotlardan tashqari, Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan fuqarolar – periyeklar ham yashagan. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o‘rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Spartalik o‘smirlar ota-onalaridan alohida yashagan. Yigirma yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi sifatida qo‘shinga qabul qilinib, keksa yoshga qadar xizmat qilgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
25-§. Yunon koloniyalari
YANGI HUDUDLARNI O‘ZLASHTIRISH Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan ko‘plab odamlar o‘z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lgan. Olis yo‘l xavfli edi.
Jo‘nab ketish oldidan yunonlar ma’budlarga qurbonliklar bag‘ishlagan. O‘zlari bilan birga loy surtilgan, qamishdan to‘qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov ayni mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi.
O‘rta Yer va Qora dengiz bo‘ylarida
Mil. avv.
VIII–VI asrlar
Yunon koloniyalari
Olviya, Xersones, Pantikapey
Muhim sanalar
- XII asrda — SPARTA Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi.
Bilimingizni sinang
Qadimgi Yunonistonda bir necha manzilgohlar birlashishidan tashkil topgan, “shahar” ma’nosini bildiruvchi shaharlar yunoncha qanday atalgan?
- agora
- falanga
- akropol
- polis
To‘g‘ri javob: polis. Bir necha manzilgoh birlashuvidan tashkil topgan yunon shaharlari yunoncha “polis” deb atalgan va shahar-davlatlarni tashkil etgan.
Qadimgi yunon shahar-davlatlari qo‘shinlarining asosini tashkil etgan og‘ir qurollangan askarlar nima deb atalgan?
- ilotlar
- periyeklar
- goplitlar
- meteklar
To‘g‘ri javob: goplitlar. Shahar-davlatlar qo‘shinining asosini og‘ir qurollangan askarlar – goplitlar tashkil etgan.
Qadimgi yunon goplitlarining to‘rtburchak shaklni hosil qiluvchi, bir-biriga zich joylashgan jangovar safi nima deb atalgan?
- palestra
- akropol
- agora
- falanga
To‘g‘ri javob: falanga. Goplitlar zich qatorda jang qilgan; bunday jangovar safga tizilish falanga deb atalgan.
Qadimgi Yunonistonda shahar-davlatni tashkil etgan shahar qanday atalgan?
- Akropol
- Polis
- Falanga
- Palestra
To‘g‘ri javob: Polis. Bir necha manzilgoh birlashib tashkil topgan shaharlar yunoncha “polis” deb atalgan va shahar-davlatlarni tashkil etgan.
Goplitlarning to‘rtburchak hosil qilib, bir-biriga zich turib jang qiladigan safi nima deb atalgan?
- Akropol
- Polis
- Palestra
- Falanga
To‘g‘ri javob: Falanga. Zich qatorli bunday jangovar safga tizilish falanga deb atalgan.
Qadimgi Yunonistonda shaharlar soni ortib borishiga qaysi omil sabab bo‘ldi?
- Doriylar qabilasining Sparta davlatiga asos solishi
- Atroflarda qullar savdosining taqiqlanishi
- Dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi
- Dengiz orqali chet elliklarning ommaviy ko‘chib kelishi
To‘g‘ri javob: Dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi. Matnga ko‘ra, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanishi natijasida shaharlar soni ortgan.
Atamani uning ma’nosi bilan moslashtiring: 1) Polis 2) Falanga 3) Palestra A) Xususiy gimnastika maktabi B) Goplitlarning zich to‘rtburchak jangovar safi C) Shahar-davlat
- 1-C, 2-B, 3-A
- 1-B, 2-C, 3-A
- 1-C, 2-A, 3-B
- 1-A, 2-B, 3-C
To‘g‘ri javob: 1-C, 2-B, 3-A. Polis – shahar-davlat; falanga – goplitlar safi; palestra – xususiy gimnastika maktabi.
O‘rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan, Afina shahri vujudga kelgan yarimorol qaysi?
- Peloponnes
- Xalkidika
- Attika
- Messeniya
To‘g‘ri javob: Attika. O‘rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida Attika yarimoroli joylashgan; Afina shahri shu yerda vujudga kelgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash