XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 22-§

Antik tarixning boshlanishi

Qadimgi Yunoniston

22-§. Antik tarixning boshlanishi

HUDUD VA MASHG‘ULOTLAR Bolqon yarimoroli va O‘rta Yer dengizi orollarini o‘z ichiga olgan qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan. Shimol tarafidan tashqari, Qadimgi Yunonistonni O‘rta Yer va Egey dengizlari o‘rab turgan.

Yunoniston hududining katta qismini tog‘lar egallagan. Ularning eng baland cho‘qqisi – Olimp tog‘i mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan. Tog‘ daryolari bo‘ylarida serunum dalalar joylashgan. Tog‘lar o‘t-o‘lanlar va butalar bilan qoplangan. Yunonistonning shimolidagi Peloponnes yarimorolida ninabargli o‘rmonlar o‘sgan.

Qadimgi yunonlarning tasavvuridagi

22-§. Antik tarixning boshlanishi

Olimp tog‘i

Milet

Mil. avv. 1-mingyillik boshlarida yunonlar joylashgan hududlar chegarasi Qadimgi Yunoniston tarixidagi eng muhim voqealar sodir bo‘lgan shaharlar va boshqa aholi punktlari

Rodos o.

Krit Knoss

Qadimgi Yunoniston

Yunonlar qadim zamonlardan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan.

Oltin niqob.

SIVILIZATSIYANING VUJUDGA KELISHI Mil. avv. 2-mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshlagan Krit orolidagi sivilizatsiya afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb atalgan. Krit davlatining shahar, manzilgohlari zilzila, kuchli dengiz to‘lqinlari va vulqon otilishi oqibatida vayron bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay qayta tiklangan.

Qit’adagi Yunoniston hududidan jangovar qabilalar bostirib kiradi, ularni axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo‘lishini nihoyasiga yetkazgan. Doriy qabilalarining Janubiy Yunonistonga bostirib kirishi Miken davlatining tugatilishi va Sparta davlatining vujudga kelishiga olib keladi.

Krit Knoss

Oltin qadah.

Miken sivilizatsiyasi (Janubiy Yunoniston)

Doriylar vayron qilishgan

(Krit oroli)

Axeylar xarob qilishgan

Mikendagi “Arslonlar darvozasi”. Dyu Monsel Teodor chizgan rasm

YUNONLARNING DENGIZ SAYOHATLARI Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlari va qo‘ltiqlar yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib beradi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo‘lmagan, kichik eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa suzib borish ancha xatarli bo‘lgan.

Bundan tashqari, yunonlarda hali kompas bo‘lmagan, adashib qolishdan xavfsirab, ular ko‘z ilg‘aydigan qisqa masofalarga – oroldan orolga yoki sohil yaqinida suzgan. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib olis yurtlarga – Misrga hamda O‘rta Yer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borgan.

(Krit oroli)

Yunonlarning dengiz sayohatidan qaytishi. Zamonaviy rasm

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Xaritadan Qadimgi Yunoniston va Krit oroli hududlarini ko‘rsating. 2. Mamlakat geografik o‘rnining o‘ziga xosligi nimada? 3. Geografik sharoitlar qadimgi yunon mashg‘ulotlariga qanday ta‘sir ko‘rsatgan? 4. Qadimgi Yunonistonda ilk sivilizatsiya qayerda vujudga keldi va nima uchun u zavolga yuz tutdi? 5. Tasavvur qiling, Siz yunonlar bilan birga dengiz sayohatiga chiqdingiz. Bu haqida hikoya tuzing.

Bilimingizni sinang

Qadimgi Yunoniston hududining katta qismini nima egallagan?
  1. Cho‘llar
  2. Tog‘lar
  3. Botqoqliklar
  4. Tekisliklar

To‘g‘ri javob: Tog‘lar. Yunoniston hududining katta qismini tog‘lar egallagan.

Yunonistonning eng baland cho‘qqisi Olimp tog‘i mamlakatning qaysi qismida joylashgan?
  1. Janubi-g‘arbida
  2. Shimoli-sharqida
  3. Janubi-sharqida
  4. Shimoli-g‘arbida

To‘g‘ri javob: Shimoli-sharqida. Olimp tog‘i mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan.

Peloponnes yarimorolida qanday o‘rmonlar o‘sgan?
  1. Zaytun daraxtzorlari
  2. Keng bargli o‘rmonlar
  3. Ninabargli o‘rmonlar
  4. Palma o‘rmonlari

To‘g‘ri javob: Ninabargli o‘rmonlar. Peloponnes yarimorolida ninabargli o‘rmonlar o‘sgan.

Mil. avv. 2-mingyillikda Krit orolida vujudga kelgan, afsonaviy podsho Minos nomi bilan atalgan sivilizatsiya qanday nomlangan?
  1. Miken sivilizatsiyasi
  2. Minoy sivilizatsiyasi
  3. Kiklad sivilizatsiyasi
  4. Finikiya sivilizatsiyasi

To‘g‘ri javob: Minoy sivilizatsiyasi. Krit orolidagi ilk shahar-davlatlar sivilizatsiyasi afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb atalgan.

Qit’adagi Yunoniston hududidan Krit davlati tomon bostirib kirgan jangovar qabilalar qanday atalgan?
  1. ioniyaliklar
  2. axeylar
  3. doriylar
  4. eoliyaliklar

To‘g‘ri javob: axeylar. Qit’adagi Yunoniston hududidan bostirib kirgan jangovar qabilalar axeylar deb atalgan va ular Minoy sivilizatsiyasini barbod qilgan.

Janubiy Yunonistonga bostirib kirib, Miken davlatining tugatilishi va Sparta davlatining vujudga kelishiga olib kelgan qabilalar qaysilar?
  1. eoliyaliklar
  2. axeylar
  3. ioniyaliklar
  4. doriylar

To‘g‘ri javob: doriylar. Doriy qabilalarining Janubiy Yunonistonga bostirib kirishi Miken davlati tugashiga va Sparta vujudga kelishiga olib kelgan.

Ilk shahar-davlatlar Qadimgi Yunonistonda qaysi davrda vujudga kela boshlagan?
  1. Mil. avv. 1-mingyillik oxirida
  2. Mil. avv. 3-mingyillikda
  3. Mil. avv. 5-asrda
  4. Mil. avv. 2-mingyillikda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 2-mingyillikda. Ilk shahar-davlatlar mil. avv. 2-mingyillikda vujudga kela boshlagan.

Krit orolidagi sivilizatsiya kimning nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb atalgan?
  1. Afsonaviy podsho Minos
  2. Qahramon Gerakl
  3. Podsho Agamemnon
  4. Dengiz xudosi Poseydon

To‘g‘ri javob: Afsonaviy podsho Minos. Sivilizatsiya afsonaviy podsho Minos nomi bilan atalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiZardushtiylik va “Avesto”Keyingi →Qadimgi Yunonistonning yuksalishi