A¿nada demokratiya
Qadimgi Yunoniston
26-§. Afinada demokratiya
DEMOKRATIYANING SHAKLLANISHI Afina shahrida savdo-sotiq, sud va harbiy sohalarga oid muhim masalalar xalq yig‘inida muhokama qilingan. Xalq yig‘ilgan joy – shahar maydoni esa agora deb yuritilgan. U Akropol tevaragida joylashgan.
Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun har oyda to‘rt marta agorada yig‘ilardi.
Barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, bu atama “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi (demos – “xalq” va kratos – “hokimiyat”).
26-§. Afinada demokratiya
Notiqning Afina fuqarolari oldida nutq
DRAKONT QONUNLARI Afinani idora qilishda Oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu kengash hokimlar va sudyalarni saylagan. Ular kengash Afinadagi xalq yig‘ini so‘zlashi
Qadimgi Yunonistondagi sud jarayoni a’zolari singari faqat Afina aslzodalaridan bo‘lgan. Afinada aholining bir qismini zodagonlar (aristokratlar) tashkil etgan, boshqa bir qismi – oddiy xalq ularning foydasiga ishlashga majbur edi. Shu bois Afina davlati aholisi o‘rtasida kelishmovchilik va nizolar vujudga kelgan.
Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont ismli hukmdorga murojaat etadi. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qiladi. Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga “siyoh qolib, qon bilan yozilgan” deya ta’rif berishgan. Qonunlarni buzganlik uchun Drakont bitta jazoni – o‘lim jazosini belgilagan.
26-§. Afinada demokratiya
Dastlab afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan, so‘ngra norozi bo‘la boshlashgan va qonunchi Drakontni shahardan haydab yuborishgan.
SOLON ISLOHOTLARI Afina davlatida xalq aslzodalar hukmronligidan norozi edi. Xalqning ahvoli tobora yomonlashaverdi, shunda odamlar o‘z haq-huquqlari uchun kurashga bel bog‘ladi. Ular zodagonlarning uy-qo‘rg‘onlariga hujum qila boshladi. Xalq zodagonlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. O‘z yeri va jonidan xavotirlangan zodagonlar yon berishga va xalq talablarining bir qismini bajarishga majbur bo‘ladi.
O‘ta bilimdon va tajribali Solon degan zodagon xalqqa yon berishning qattiq tarafdori bo‘lgan.
26-§. Afinada demokratiya
Zodagonlar Solonga ishondi va uni Afina hukmdori etib sayladi. Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o‘zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya (aslzodalar hokimiyati)ni demokratiya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi.
Solonning taklifi bilan dehqonlar qarzdorlarni qul qilishi bekor bo‘ldi. Xalq majlisi faoliyati tiklanib, davlat boshqaruvidagi oliy tashkilotga aylandi.
Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi. Ayollar va chet elliklar qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdi.
AFINADA DEMOKRATIYA RAVNAQI Barcha erkak fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardi. Xalq majlisining katta qismi hunarmandlar, savdogarlar, yollanib ishlovchilar, dehqonlardan iborat bo‘lgan. Xalq majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan.
26-§. Afinada demokratiya
Xalq yig‘ini, agora
Demokratiya – xalq hokimiyati
Afina
Drakont qonunlari, qonunlarni
Solon islohotlari: aristokratiya demokratiyaga buzganlik uchun o‘lim almashtirildi jazosi
Bilimdon va tajribali Solon.
Zamonaviy rasm
15 marotaba strateg lavozimiga saylangan
Perikl – Afina strategi
Demokratiya ravnaqi
Parfenon bunyod etilgan
Perikl – mil. avv. 443-yildan Afina davlati hukmdori
Qonun chiqaruvchi tadbirlar amalga oshirilishi natijasida demokratiya rivojlangan
Kam ta’minlangan oilalar teatr-spektakllarni borib ko‘rishi uchun pul jamg‘armasini tashkil etgan
Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, eski qonunlarni bekor qilar, boshqa qarorlar, masalan, yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilar edi. Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarga yechim topardi. Beshyuzlar kengashiga strateg rahbarlik qilgan. Kengash qarorlari Xalq majlisida tasdiqlangan. Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo‘lgan. 30 yoshga to‘lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edi. Sudda ayblanuvchi shaxs o‘zini-o‘zi himoya qila bilishi yoki chiroyli so‘zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi kerak bo‘lgan.
Perikl – Afina strategi
“PERIKL ASRI” Mil. avv. 443–429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham “Perikl asri” deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‘stlari bo‘lgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do‘st tutingan edi. Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‘lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. U Akropolda qurilgan mashhur inshoot Parfenon – ma’buda Afina ibodatxonasining tashabbuskori bo‘lgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- mil. avv. 443-yilda — Perikl – mil. avv. 443-yildan Afina davlati hukmdori
- 443–429-yillarda — “PERIKL ASRI” Mil. avv. 443–429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi.
- 594-yilda — Mil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o‘zgartirdi.
- 621-yilda — Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qiladi. Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi.
Bilimingizni sinang
Afinada xalq yig‘ilgan, Akropol tevaragida joylashgan shahar maydoni nima deb yuritilgan?
- akropol
- agora
- polis
- palestra
To‘g‘ri javob: agora. Xalq yig‘ilgan shahar maydoni agora deb yuritilgan va u Akropol tevaragida joylashgan.
Barcha erkak fuqarolar qarorlarni ovoz berish yo‘li bilan qabul qilgan, “xalq hokimiyati” ma’nosidagi boshqaruv shakli nima deb ataladi?
- aristokratiya
- tiraniya
- monarxiya
- demokratiya
To‘g‘ri javob: demokratiya. Demokratiya atamasi “xalq hokimiyati” ma’nosini bildiradi (demos – xalq, kratos – hokimiyat).
Afinada xalq yig‘ilgan shahar maydoni qanday nom bilan yuritilgan?
- Akropol
- Agora
- Parfenon
- Stadion
To‘g‘ri javob: Agora. Xalq yig‘ilgan shahar maydoni agora deb yuritilgan va Akropol tevaragida joylashgan.
“Demokratiya” atamasi qanday ma’noni anglatadi?
- Aslzodalar hokimiyati
- Yakka shaxs hukmronligi
- Oqsoqollar boshqaruvi
- Xalq hokimiyati
To‘g‘ri javob: Xalq hokimiyati. Demos – “xalq”, kratos – “hokimiyat”, ya’ni “xalq hokimiyati”.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
- Xalq yig‘iladigan joy agora deb atalgan va Akropol tevaragida joylashgan
- Perikl Akropolda ma’buda Afina ibodatxonasi – Parfenonning tashabbuskori bo‘lgan
- “Demokratiya” atamasidagi demos – “hokimiyat”, kratos esa “xalq” ma’nosini bildiradi
- Afinada fuqarolar agorada har oyda to‘rt marta yig‘ilgan
To‘g‘ri javob: “Demokratiya” atamasidagi demos – “hokimiyat”, kratos esa “xalq” ma’nosini bildiradi. Demos – “xalq”, kratos – “hokimiyat”; demokratiya “xalq hokimiyati” ma’nosini beradi.
Afinada adolat qaror topishini xohlagan ikkala tomon hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilib, qaysi hukmdorga murojaat etgan?
- Solon
- Drakont
- Perikl
- Kleysfen
To‘g‘ri javob: Drakont. Ikkala tomon Drakont ismli hukmdorga murojaat etib, tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilgan.
Drakont qonunlarini yozib amalga kiritgan yil mil. avv. qaysi yilga to‘g‘ri keladi?
- 561-yil
- 621-yil
- 683-yil
- 594-yil
To‘g‘ri javob: 621-yil. Drakont mil. avv. 621-yilda qonunlarni yozib amalga kiritgan.
Qattiq va ayovsiz bo‘lgani uchun afinaliklar Drakont qonunlariga qanday ta’rif berishgan?
- oltin harflar bilan yozilgan
- tosh lavhalarga o‘yib bitilgan
- adolat tarozisida tortilgan
- siyoh qolib, qon bilan yozilgan
To‘g‘ri javob: siyoh qolib, qon bilan yozilgan. Afinaliklar Drakont qonunlarini juda ayovsiz deb, “siyoh qolib, qon bilan yozilgan” deya ta’riflashgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash