Yunon-fors urushlari. Makedoniyaning Yunonistonni bosib olishi
Qadimgi Yunoniston
Yunon-fors urushlari
YUNON-FORS URUSHLARI Mill. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Fors shohi Doro I dastlab Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib olib, Yunonistonga yurish qiladi. Birinchi jang mil. avv. 490-yili Attika yarimorolining Marafon tekisligida bo‘lib o‘tadi va unda yunon qo‘shinlari g‘alaba qozonadi. G‘alaba haqidagi xabarni Afinaga yetkazish uchun eng yaxshi jangchilardan biri shaharga qarab yuguradi. Naq 42 kilometr yo‘lni chopib o‘tgan jangchi: “G‘alaba! G‘alaba!” deb shu zahoti yuragi yorilib jon bergan. Keyinchalik sport musobaqalarida olis masofaga yugurish Marafon yugurishi deb atala boshladi. Mil. avv. 480-yilda Yunonistonga qarshi Doro I ning o‘g‘li Kserks yurish boshladi. Tog‘lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo‘l edi. Yunonlar qo‘shiniga Sparta podshosi Leonid boshchilik qiladi. Ular Fermopil darasini matonat bilan himoya qildi va barchalari qahramonlarcha halok bo‘ldi. Ushbu voqea “Uch yuz spartalik jasorati” nomi bilan tarixda qolgan. Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi. Yunon shahar-davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan, bu jangda ham forslar yengilgan. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Kserks flot qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ladi. Marafon jangi
Yunon-fors urushlari
Mil. avv.
Mil. avv.
490-yil Mil. avv.
Plateya jangi (“Marafon yugurishi”)
Fermopil jangi (“Uch yuz spartalik
Salamin bo‘g‘ozida dengiz jangi jasorati“)
O‘ylab ko‘ring
Mil. avv. 479-yilda forslar yana bir bor Afinani bosib olishga urinib ko‘rdi. Biroq Plateya shahri yaqinida fors qo‘shinlari tor-mor etildi.
Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan mil. avv. 449-yildagi sulh natijasida yakunlandi.
“Elladani bosib olish sari olg‘a!”
Filipp II
“Ellada fuqarolari, makedoniyaliklarga qarshi kurashish uchun birlashaylik!”
MAKEDONIYANING YUNONISTONNI BOSIB OLISHI Yunoniston shaharlari bir-birlari bilan doimiy urushgan. Shu paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardi.
O‘ylab ko‘ring
Mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etadi. Fiva shahri aholisi esa
Jangovar shaylik
Filipp II qo‘shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo‘shiladi.
XERONIYA OSTONASIDAGI JANG Mil. avv. 338-yilda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroniya shahri yaqinidagi Beotiyada to‘qnashadi. Shiddatli jang uzoq davom etadi. Harbiy hiyla qo‘llagan makedonlar ustunlikni qo‘lga oladi. Ular chekina boshlaydi. G‘alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadi.
Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki qismga ajraladi. Ana shu qismlardan biriga Filipp II ning o‘g‘li Aleksandr qo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich zarba beradi. Yunon qo‘shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. Jangda yunonlarning aksariyati halok bo‘lgan. Xeroniya ostonasidagi jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi.
O‘ylab ko‘ring
YUNONISTON MAKEDONIYA TARKIBIDA Xeroniya ostonasidagi bu mag‘lubiyatdan keyin Yunoniston
Yunonlar mag‘lu biyati
Makedoniyaga qaramlik
Jangda Filipp II ning o‘g‘li Aleksandr ishtirok etdi
"Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birga dafn qilindi"
Yunonlar falangasininig harbiy tizilishi
Filipp II
Qo‘shinning bosh qo‘mondoni
Xoinlarcha o‘ldirilgan; uning o‘g‘li
Aleksandr hukmdor bo‘ladi
Forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shahar-davlatlarining ittifoqi aholisi o‘z qismatini qo‘rquv og‘ushida kutib turgan. Biroq Filipp II o‘zini yunonlar podshosi deb e’lon qilmaydi. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi.
Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfga yig‘iladi va Makedoniya hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shahar-davlatlari ittifoqini tuzadi. Ular murosada tinch-totuv yashash, o‘zaro urushlar olib bormaslik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik to‘g‘risida bir qarorga keladi.
Filipp II
Biroq Fillipp II forslarga qarshi yurishini amalga oshira olmasdan, xoinlarcha o‘ldirildi. Uning o‘g‘li Makedoniyalik Aleksandr hukmdor bo‘ldi.
Aleksandr. Zamonaviy rasm
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 338-yilda — XERONIYA OSTONASIDAGI JANG Mil. avv. 338-yilda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroniya shahri yaqinidagi Beotiyada to‘qnashadi.
- mil. avv. 449-yilda — Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan mil. avv. 449-yildagi sulh natijasida yakunlandi.
- 479-yilda — Mil. avv. 479-yilda forslar yana bir bor Afinani bosib olishga urinib ko‘rdi.
- 480-yilda — Keyinchalik sport musobaqalarida olis masofaga yugurish Marafon yugurishi deb atala boshladi. Mil. avv. 480-yilda Yunonistonga qarshi Doro I ning o‘g‘li Kserks yurish boshladi.
- mil. avv. 480-yilda — Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi.
- mil. avv. 490-yili — Birinchi jang mil. avv. 490-yili Attika yarimorolining Marafon tekisligida bo‘lib o‘tadi va unda yunon qo‘shinlari g‘alaba qozonadi.
- V asr — YUNON-FORS URUSHLARI Mill. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi.
Bilimingizni sinang
Yunonistonga forslar tahdid sola boshlagan davr mil. avv. qaysi asrning boshlariga to‘g‘ri keladi?
- IV asr
- VII asr
- V asr
- VI asr
To‘g‘ri javob: V asr. Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshlagan.
Yunon-fors urushlarida Marafon tekisligidagi birinchi jang mil. avv. qaysi yilda bo‘lib o‘tgan?
- 480-yil
- 479-yil
- 499-yil
- 490-yil
To‘g‘ri javob: 490-yil. Marafon tekisligidagi birinchi jang mil. avv. 490-yilda bo‘lgan va unda yunon qo‘shinlari g‘alaba qozongan.
Fors shohi Doro I ning o‘g‘li Kserks Yunonistonga qarshi mil. avv. qaysi yilda yurish boshlagan?
- 480-yilda
- 431-yilda
- 490-yilda
- 449-yilda
To‘g‘ri javob: 480-yilda. Doro I ning o‘g‘li Kserks mil. avv. 480-yilda Yunonistonga qarshi yurish boshlagan.
Marafon jangidan keyin sport musobaqalarida olis masofaga yugurish nima deb atala boshlagan?
- Marafon yugurishi
- Salamin yugurishi
- Olimp yugurishi
- Fermopil yugurishi
To‘g‘ri javob: Marafon yugurishi. Marafon jangi xotirasi tufayli olis masofaga yugurish Marafon yugurishi deb atala boshlagan.
Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo‘l bo‘lgan tog‘lardagi dara qaysi?
- Marafon darasi
- Salamin darasi
- Attika darasi
- Fermopil darasi
To‘g‘ri javob: Fermopil darasi. Tog‘lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo‘l edi.
Fermopil darasida forslarga qarshi turgan yunonlar qo‘shiniga qaysi Sparta podshosi boshchilik qilgan?
- Doro I
- Kserks
- Leonid
- Perikl
To‘g‘ri javob: Leonid. Yunonlar qo‘shiniga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan.
Leonid boshchiligida Fermopil darasini himoya qilib qahramonlarcha halok bo‘lgan spartaliklar voqeasi tarixda qanday nom bilan qolgan?
- Doriylar yurishi
- Marafon g‘alabasi
- Salamin jangi
- Uch yuz spartalik jasorati
To‘g‘ri javob: Uch yuz spartalik jasorati. Fermopilni himoya qilib halok bo‘lgan spartaliklar voqeasi “Uch yuz spartalik jasorati” nomi bilan tarixda qolgan.
Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda qayerda bo‘lib o‘tgan?
- Pirey bandargohida
- Marafon tekisligida
- Fermopil darasida
- Salamin bo‘g‘ozida
To‘g‘ri javob: Salamin bo‘g‘ozida. Hal qiluvchi dengiz jangi tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lgan va forslar yengilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash