XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (I qism) · 1–8-m.

Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari (1/2)

I Bo‘Lim

1-modda. Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari

Fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi.

Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.

Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda bo‘ladi.

Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, tabiatni va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonunchilikka muvofiq joriy etilishi mumkin.

2-modda. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar.

Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonunchiligida belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo‘llaniladi.

Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga hamda tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlarga, shuningdek banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi bu munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.

2-modda. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar (davomi)

Bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi qo‘llanilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

3-modda. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari

Fuqarolik qonunchiligi ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlaridan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.

Boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlaridagi fuqarolik qonunchiligi normalari ushbu Kodeksga mos bo‘lishi shart, bundan maxsus huquqiy rejim o‘rnatadigan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilangan hollar mustasno.

Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishi mumkin.

4-modda. Fuqarolik qonunchiligining vaqt bo‘yicha amal qilishi

Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.

Fuqarolik qonunchiligi hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonunchilik hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, bundan qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiquvchi munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar mustasno.

5-modda. Fuqarolik qonunchiligini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash

Ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonunchiligining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi).

Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga (huquq o‘xshashligiga) hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi.

Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarning o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

6-modda. Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an’analar

Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan, qonunchilikda nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.

Fuqarolik qonunchiligida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo‘llaniladi.

Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonunchilik normalariga yoki shartnomaga zid bo‘lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo‘llanilmaydi.

7-modda. Fuqarolik qonunchiligi va xalqaro shartnomalar hamda bitimlar

Agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonunchiligidagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.

2-BOB.

FUQAROLIK HUQUQ VA BURCHLARINING VUJUDGA KELISHI. FUQAROLIK HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISH VA HIMOYA QILISH

8-modda. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari

Fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.

Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga bo‘lgan tegishli huquqlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish
  2. Fuqarolik qonunchiligining vaqt bo‘yicha amal qilishi
  3. Fuqarolik qonunchiligini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash
  4. Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari

To‘g‘ri javob: Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari. 1-modda: Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 5-modda
  2. 9-modda
  3. 4-modda
  4. 1-modda

To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra fuqarolik qonunchiligi quyidagi negizlardan qaysi biriga asoslanadi?
  1. Mulkning daxlsizligi va shartnomaning erkinligi
  2. Taraflardan birining ustuvorligi va mulkning davlat tomonidan taqsimlanishi
  3. Shartnoma shartlarining davlat tomonidan belgilanishi
  4. Xususiy ishlarga davlat organlarining muntazam aralashuvi

To‘g‘ri javob: Mulkning daxlsizligi va shartnomaning erkinligi. Kodeksning 1-moddasida munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulk daxlsizligi va shartnoma erkinligi negiz sifatida ko‘rsatilgan.

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma shartlarini aniqlashda qanday erkinlikka ega?
  1. Faqat qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozilgan shartnoma shartlarinigina qo‘llashga haqlidirlar
  2. Qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar
  3. Shartnoma shartlarini faqat tegishli davlat organining roziligi bilan aniqlashga haqlidirlar
  4. Qonunga zid bo‘lgan shartnoma shartlarini ham taraflar kelishuvi bilan belgilashda erkindirlar

To‘g‘ri javob: Qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. 1-modda ikkinchi qismiga ko‘ra qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shartlar erkin belgilanadi.

Tovarlar va xizmatlar harakatini qaysi maqsadda qonunchilikka muvofiq cheklash mumkin?
  1. Mahalliy tadbirkorlarning daromadini oshirish, ichki bozorni himoya qilish va import narxlarini oshirish uchun
  2. Xorijiy kompaniyalar faoliyatini taqiqlash, chet el tovarlari kirib kelishini cheklash va raqobatni kamaytirish uchun
  3. Xavfsizlikni ta’minlash, hayot va sog‘liqni himoya qilish, tabiat va madaniy merosni muhofaza qilish uchun
  4. Narxlarni mutlaqo belgilab qo‘yish, iste’molchilar daromadini tenglashtirish va bozor mexanizmlarini bekor qilish uchun

To‘g‘ri javob: Xavfsizlikni ta’minlash, hayot va sog‘liqni himoya qilish, tabiat va madaniy merosni muhofaza qilish uchun. 1-modda to‘rtinchi qismi cheklash sabablarini sanagan.

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish
  2. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari
  3. Fuqarolik qonunchiligi va xalqaro shartnomalar hamda bitimlar
  4. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

To‘g‘ri javob: Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar. 2-modda: Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 3-modda
  2. 10-modda
  3. 2-modda
  4. 7-modda

To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar.

Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari kimlar?
  1. Faqat fuqarolar va yuridik shaxslar
  2. Faqat yuridik shaxslar va davlat
  3. Fuqarolar va faqat davlat organlari
  4. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat

To‘g‘ri javob: Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat. 2-modda ikkinchi qismida uch tomon ishtirokchi deb ko‘rsatilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish (2/2)