Ishlab chiqarish kooperativlari (4/4)
I Bo‘Lim
69-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari kooperativning majburiyatlari bo‘yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular a’zolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan va ishlab chiqarish kooperativining shakli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativi qo‘shma qishloq xo‘jaligi kooperativi shaklida ham tashkil etilishi mumkin.
3-§. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar
73-modda. Matlubot kooperativi
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Matlubot kooperativining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kooperativ a’zolari qo‘shadigan pay badallarining miqdori to‘g‘risidagi; kooperativ a’zolari pay badallarining tarkibi va ularni qo‘shish tartibi hamda ularning badalni qo‘shish majburiyatini buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi; kooperativni boshqarish organlarining tarkibi hamda vakolatlari va ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozlarning malakali ko‘pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi; kooperativ ko‘rgan zararlarni kooperativ a’zolari tomonidan to‘lash tartibi to‘g‘risidagi.
Matlubot kooperativining nomida uning faoliyatining asosiy maqsadi ko‘rsatilishi, shuningdek “kooperativi” so‘zi yoki “matlubot uyushmasi” yoxud “matlubot jamiyati” degan so‘zlar bo‘lishi kerak.
Matlubot kooperativining a’zolari ko‘rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobaynida qo‘shimcha badallar to‘lash yo‘li bilan qoplashlari shart. Ushbu burch bajarilmagan taqdirda kooperativ kreditorlarning talablariga muvofiq sud tomonidan tugatilishi mumkin.
73-modda. Matlubot kooperativi (davomi)
Matlubot kooperativining a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha har bir kooperativ a’zosi to‘laydigan qo‘shimcha badalning to‘lanmagan qismi doirasida subsidiar javobgar bo‘ladilar. Bu holda kooperativ a’zolari solidar javob beradilar.
Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan ushbu Kodeksning tijoratchi tashkilotlar to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llaniladi.
Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqeyi, shuningdek ular a’zolarining huquq va burchlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
74-modda. Jamoat birlashmalari
Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a’zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a’zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar.
Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
75-modda. Jamoat fondlari
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada shug‘ullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib borishi shart.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
75-modda. Jamoat fondlari (davomi)
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Jamoat fondlari huquqiy holatining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
76-modda. Muassasalar
Boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi.
Muassasaning o‘ziga biriktirib qo‘yilgan va o‘zi sotib olgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlari ushbu Kodeksning 178 va 180-moddalariga muvofiq belgilanadi.
Muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Bu mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi.
Ayrim turdagi davlat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o‘zga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari o‘z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari bo‘yicha uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko‘rsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” so‘zlari yoki birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan bo‘lishi kerak.
77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari (davomi)
Qonunchilikda yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin.
78-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy mavqeyi qonunchilik bilan belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 69-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- To‘liq shirkat
- Matlubot kooperativi
- Ishlab chiqarish kooperativlari
- Shu’ba xo‘jalik jamiyati
To‘g‘ri javob: Ishlab chiqarish kooperativlari. 69-modda: Ishlab chiqarish kooperativlari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Ishlab chiqarish kooperativlari» qaysi moddada belgilangan?
- 67-modda
- 69-modda
- 73-modda
- 60-modda
To‘g‘ri javob: 69-modda. 69-modda: Ishlab chiqarish kooperativlari.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ishlab chiqarish kooperativi nima?
- Fuqarolarning faqat ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida, mulkiy badallarsiz a’zolik asosida tuziladigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi
- Fuqarolarning shaxsiy ishtiroki va pay badallarini birlashtirib, birgalikda xo‘jalik faoliyati olib borish uchun a’zolik asosidagi ixtiyoriy birlashma
- Mulkdor tomonidan tashkil etiladigan, to‘liq moliyalashtiriladigan va boshqaruv vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan, a’zoligi bo‘lmagan tashkilot
- A’zoligi bo‘lmagan, faqat xayriya maqsadida ixtiyoriy mulkiy badallar asosida tuzilgan va foydani taqsimlamaydigan nodavlat tashkilot
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning shaxsiy ishtiroki va pay badallarini birlashtirib, birgalikda xo‘jalik faoliyati olib borish uchun a’zolik asosidagi ixtiyoriy birlashma. 69-modda ishlab chiqarish kooperativining ta’rifini beradi.
Ishlab chiqarish kooperativi a’zolari kooperativ majburiyatlari bo‘yicha qanday javobgar bo‘ladilar?
- Butun mol-mulki bilan solidar javobgar bo‘ladilar, ustavdan qat’i nazar
- Javobgar bo‘lmaydilar, qonun va ustavda nazarda tutilgan hollarsiz
- Faqat pay badali doirasida, qonun va ustavdan qat’i nazar solidar
- Qonun va ustavda nazarda tutilgan miqdor va tartibda subsidiar
To‘g‘ri javob: Qonun va ustavda nazarda tutilgan miqdor va tartibda subsidiar. 69-modda ikkinchi qismi: subsidiar javobgarlik ustav va qonunda nazarda tutilgan miqdorda.
Fuqarolar guruhi hunarmandchilikni birgalikda yuritish uchun a’zolik asosida birlashdi, har kim mulkiy pay badali kiritdi va shaxsan mehnat qiladi. Kooperativ qarzdor bo‘lib qoldi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu jamoat fondi; a’zolar ustav va qonunda nazarda tutilgan miqdorda javobgar emas, fond mol-mulki bilan javob beradi
- Bu muassasa; a’zolar kooperativ majburiyatlari bo‘yicha butun mol-mulki bilan solidar javob beradilar
- Bu ishlab chiqarish kooperativi; a’zolar ustav va qonunda nazarda tutilgan miqdorda subsidiar javobgar bo‘ladilar
- Bu matlubot kooperativi; a’zolar qonun va ustavda nazarda tutilgan miqdorda ham javobgar bo‘lmaydilar
To‘g‘ri javob: Bu ishlab chiqarish kooperativi; a’zolar ustav va qonunda nazarda tutilgan miqdorda subsidiar javobgar bo‘ladilar. 69-modda: shaxsiy ishtirok va pay badallari asosida birgalikda ishlab chiqarish — ishlab chiqarish kooperativi; a’zolar subsidiar javob beradi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 73-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shu’ba xo‘jalik jamiyati
- Qaram xo‘jalik jamiyati
- Matlubot kooperativi
- Mol-mulkning turlari
To‘g‘ri javob: Matlubot kooperativi. 73-modda: Matlubot kooperativi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Matlubot kooperativi» qaysi moddada belgilangan?
- 83-modda
- 68-modda
- 73-modda
- 67-modda
To‘g‘ri javob: 73-modda. 73-modda: Matlubot kooperativi.
Matlubot kooperativi qanday maqsadda tuziladi?
- Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida
- Ishtirokchilarning ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida
- Foyda olib, uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash maqsadida
- Boshqaruv vazifalarini bajarish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish maqsadida
To‘g‘ri javob: Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida. 73-moddaga ko‘ra, maqsad — ishtirokchilarning moddiy ehtiyojlarini qondirish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash