Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi (3/4)
I Bo‘Lim
57-modda. Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmida qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
Yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topishning asoslari, tartibi va oqibatlari qonunda belgilanadi.
2-§. Tijorat tashkilotlari
58-modda. Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar
Ulushlarga (qo‘shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo‘lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo‘shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xo‘jalik shirkati yoki jamiyati o‘z faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilishi mumkin.
Yakka tadbirkorlar va (yoki) tijoratchi tashkilotlar to‘liq shirkatlarning ishtirokchilari hamda kommandit shirkatlarda to‘liq sheriklar bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar va yuridik shaxslar xo‘jalik jamiyatlarida ishtirokchilar va kommandit shirkatlarda hissa qo‘shuvchilar bo‘lishlari mumkin.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati organlari xo‘jalik jamiyatlarining ishtirokchilari hamda kommandit shirkatlarga hissa qo‘shuvchilar bo‘lishga haqli emaslar.
Mulkdorlar tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar, qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, mulkdorning roziligi bilan xo‘jalik jamiyatlarining ishtirokchilari va kommandit shirkatlarga hissa qo‘shuvchilar bo‘lishlari mumkin.
Qonun ayrim toifadagi fuqarolarning xo‘jalik shirkatlarida va jamiyatlarida ishtirok etishini taqiqlab yoki cheklab qo‘yishi mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
58-modda. Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar (davomi)
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari boshqa xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin.
Xo‘jalik jamiyati ishtirokchisining qo‘shgan hissasini pul bilan baholash jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari (aksiyadorlik jamiyatidan tashqari) aksiyalar chiqarishga haqli emas.
59-modda. Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda qatnashish;
shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda, shirkat yoki jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari:
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
shirkat yoki jamiyatning faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining shirkat yoki jamiyat ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa burchlari ham bo‘lishi mumkin.
60-modda. To‘liq shirkat
Ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to‘liq shirkat hisoblanadi.
Shaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning firma nomi uning barcha ishtirokchilarining nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek “to‘liq shirkat” degan so‘zlarni, yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “to‘liq shirkat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
61-modda. Kommandit shirkat
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat hisoblanadi.
Kommandit shirkatda qatnashayotgan to‘liq sheriklarning huquqlari va ularning shirkat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ushbu Kodeksning qoidalari bilan belgilanadi.
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi.
Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas.
Kommandit shirkatning firma nomi barcha to‘liq sheriklarning nomlari (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan so‘zlarni yoki kamida bitta to‘liq sherikning “va kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomi (nomlanishi)ni, shuningdek “kommandit shirkat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi kiritilgan bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka aylanadi.
Kommandit shirkatga to‘liq shirkat haqidagi qoidalar qo‘llaniladi, agar bu hol ushbu Kodeksning qoidalariga zid bo‘lmasa.
62-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “mas’uliyati cheklangan” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
64-modda. Aksiyadorlik jamiyati
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
67-modda. Shu’ba xo‘jalik jamiyati
Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati shu’ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi.
Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan shu’ba xo‘jalik jamiyati to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning aybi bilan shu’ba jamiyatga yetkazilgan zararni to‘lashni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, talab qilishga haqli.
68-modda. Qaram xo‘jalik jamiyati
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.
Qaram xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Qaram xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xo‘jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qo‘lga kiritib olganligi haqidagi ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol e’lon qilishi shart.
Xo‘jalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida o‘zaro qatnashishining chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida foydalanishi mumkin bo‘lgan ovozlar soni qonunda belgilab qo‘yiladi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 57-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi
- Kommandit shirkat
- Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
- Topshirish hujjati va taqsimlash balansi
To‘g‘ri javob: Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi. 57-modda: Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi» qaysi moddada belgilangan?
- 57-modda
- 61-modda
- 51-modda
- 56-modda
To‘g‘ri javob: 57-modda. 57-modda: Yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi yuridik shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la qanoatlantira olmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin?
- Faqat davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs, matlubot kooperativi va ijtimoiy fond bundan mustasno
- Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi yuridik shaxs
- Faqat jamoat birlashmasi shaklidagi yuridik shaxs, tijoratchi tashkilotlar esa bundan mustasno holda
- Har qanday notijorat tashkiloti, jumladan, davlat muassasalari, tijoratchi tashkilotlardan tashqari
To‘g‘ri javob: Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi yuridik shaxs. 57-moddaga ko‘ra, shunday yuridik shaxslar to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.
“Nodir” MChJ pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la qanoatlantira olmadi va soliqlarni ham to‘lamadi. Kreditor nima qilishi mumkin?
- Jamiyat ishtirokchilarini darhol shaxsiy mol-mulki bilan javob berishga majbur qilishi mumkin
- Faqat prokuror jamiyatni tugatishi mumkin
- Jamiyatni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish masalasini sud tomonidan ko‘rilishiga erishishi mumkin
- Hech narsa, chunki MChJ to‘lovga qobiliyatsiz deb topilmaydi
To‘g‘ri javob: Jamiyatni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish masalasini sud tomonidan ko‘rilishiga erishishi mumkin. 57-modda: tijoratchi tashkilot kreditorlar talablarini to‘la qanoatlantira olmasa, sud uni to‘lovga qobiliyatsiz deb topishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 58-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xo‘jalik shirkati yoki jamiyati ishtirokchilarining huquq va burchlari
- Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari
- Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar
- Kommandit shirkat
To‘g‘ri javob: Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar. 58-modda: Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
- 59-modda
- 58-modda
- 54-modda
- 61-modda
To‘g‘ri javob: 58-modda. 58-modda: Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar.
Qanday tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi?
- Mol-mulki muassis tomonidan bo‘linmagan holda boshqariladigan tashkilotlar
- Faqat bitta shaxs tomonidan tuzilgan har qanday tashkilotlar
- Ustav fondiga ega bo‘lmagan, a’zolik badallari asosidagi tashkilotlar
- Ustav fondi ulushlarga yoki aksiyalarga bo‘lingan tijoratchi tashkilotlar
To‘g‘ri javob: Ustav fondi ulushlarga yoki aksiyalarga bo‘lingan tijoratchi tashkilotlar. 58-modda: ulushlarga yoki aksiyalarga bo‘lingan ustav fondiga ega tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlaridir.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari qaysi shakllarda tuzilishi mumkin?
- To‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati
- To‘liq shirkat, oddiy shirkat, ishlab chiqarish kooperativi, aksiyadorlik jamiyati
- Kommandit shirkat, unitar korxona, mas’uliyati cheklangan jamiyat, fond
- To‘liq shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, davlat korxonasi, aksiyadorlik jamiyati
To‘g‘ri javob: To‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati. 58-modda ikkinchi qismida to‘rtta shakl sanab o‘tilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash