Mol-mulkning turlari (1/2)
I Bo‘Lim
83-modda. Mol-mulkning turlari
Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi.
Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining xususiyatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
84-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq yoki bitim to‘g‘risida hujjat berish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlashi shart.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
85-modda. Korxona
Butun korxona mulkiy kompleks sifatida ko‘chmas mulk hisoblanadi.
Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq boshqa bitimlarning obyekti bo‘lishi mumkin.
Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun mo‘ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kiradi.
86-modda. Ashyolarning tasnifi
Ashyolar fuqarolik huquqlarining obyektlari sifatida quyidagilarga bo‘linadi:
xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar;
bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar;
iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar;
asosiy va mansub ashyolar;
murakkab ashyolar.
87-modda. Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
Alohida, faqat o‘zigagina xos, uni bir xil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa xususiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyo xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qo‘yilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir.
Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo‘lgan hamda soni, og‘irligi, o‘lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolardir.
88-modda. Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar
Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo bo‘linadigan ashyo hisoblanadi.
Bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyoning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi.
89-modda. Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
Bir karra foydalanish natijasida yo‘qolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud bo‘lmay qoladigan ashyolar (xom ashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi.
Qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan, bunda o‘zining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar, transport vositalari) iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 83-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mol-mulkning turlari
- Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar
- Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishi
- Ashyolarning tasnifi
To‘g‘ri javob: Mol-mulkning turlari. 83-modda: Mol-mulkning turlari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Mol-mulkning turlari» qaysi moddada belgilangan?
- 88-modda
- 83-modda
- 86-modda
- 82-modda
To‘g‘ri javob: 83-modda. 83-modda: Mol-mulkning turlari.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida qanday turlarga bo‘linadi?
- Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan mulkka
- Ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka
- Xususiy va jamoat mulkiga
- Asosiy va mansub mulkka
To‘g‘ri javob: Ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka. 83-modda: mol-mulk ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linadi.
Quyidagilardan qaysi biri ko‘chmas mulk jumlasiga kiradi?
- Pul, qimmatli qog‘ozlar, banklardagi omonatlar va boshqa mulkiy huquqlar (bitimlar bo‘yicha)
- Transport vositalari, uskunalar, mebel va maishiy texnika hamda boshqa harakatlanuvchi buyumlar
- Xom ashyo, yoqilg‘i, tayyor mahsulot va savdo tovarlari hamda ombordagi boshqa zaxiralar
- Yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar
To‘g‘ri javob: Yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar. 83-modda ko‘chmas mulk ro‘yxatini beradi.
Ko‘chmas mulkning asosiy belgisi qaysi?
- Belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmasdan joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi
- Uni istalgan vaqtda zarar yetkazmasdan boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lishi
- U bir karra foydalanishda yo‘qoladi va yangidan ishlab chiqarilishi kerak bo‘ladi
- U faqat davlatga tegishli bo‘lishi va xususiy shaxslarga o‘tkazilmasligi
To‘g‘ri javob: Belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmasdan joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi. 83-modda: yer bilan uzviy bog‘langan, joyini o‘zgartirib bo‘lmaydigan obyektlar.
Ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Har doim talab etiladi, qonunda nazarda tutilgan hollardan qat’i nazar
- Faqat sud orqali amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarsiz
- Odatda talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
- Faqat notarial tasdiqlash yo‘li bilan talab etiladi, istisnolarsiz holda
To‘g‘ri javob: Odatda talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 83-modda: ko‘char mulk huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi (istisnolar bor).
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 84-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
- Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
- Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
- Mol-mulkning turlari
To‘g‘ri javob: Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 84-modda: Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish» qaysi moddada belgilangan?
- 89-modda
- 81-modda
- 83-modda
- 84-modda
To‘g‘ri javob: 84-modda. 84-modda: Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash