Bitimlar tushunchasi (1/3)
I Bo‘Lim
101-modda. Bitimlar tushunchasi
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.
102-modda. Bitim turlari
Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin.
Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.
Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko‘p taraf (ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerak.
103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish
Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar uchun qonun hujjatlarida yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar keltirib chiqarishi mumkin.
Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga zid bo‘lmasa, majburiyatlar va shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III bo‘limi) tegishincha qo‘llaniladi.
104-modda. Shartli bitimlar
Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo‘lishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor bo‘lmagan taraf insofsizlik bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi.
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo‘lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo‘lsa, bu shart sodir bo‘lmagan hisoblanadi.
105-modda. Bitimlarning shakli
Bitimlar og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi.
Sukut saqlash qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadi.
106-modda. Bitimning og‘zaki shakli
Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo‘li bilan tasdiqlangan bitim, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, og‘zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonunchilik va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin.
107-modda. Bitimning yozma shakli
Yozma shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak.
Agar qonunchilikka yoki ishtirokchilardan birining talablariga zid bo‘lmasa, bitim tuzish chog‘ida imzodan faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ikki taraflama bitimlar har birini berayotgan taraf imzolaydigan hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash, agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
Qonunchilikda va taraflarning kelishuvida bitim shakli mos kelishi shart bo‘lgan qo‘shimcha talablar (muayyan shakldagi blankada tuzilishi, muhr bosib (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi va boshqalar) belgilab qo‘yilishi va bu talablarga rioya etmaslik oqibatlari nazarda tutilishi mumkin.
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan o‘zi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaxsan o‘zi imzolay olmasligining sabablari ko‘rsatilishi shart.
107-modda. Bitimning yozma shakli (davomi)
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Og‘zaki tadbirkorlik bitimini bajargan taraf ham ana shunday huquqqa ega, tuzilgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli
Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:
- 1) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan bitimlari;
- 2) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat’i nazar, boshqa bitimlar.
Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi.
109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari
Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
110-modda. Bitimlarni notarial tasdiqlash
Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart:
- 1) qonunda ko‘rsatilgan hollarda;
- 2) taraflardan birining talabi bo‘yicha.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 101-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Intellektual faoliyat natijalari
- Bitimlar tushunchasi
- Pul (valyuta)
- Xizmat va tijorat siri
To‘g‘ri javob: Bitimlar tushunchasi. 101-modda: Bitimlar tushunchasi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Bitimlar tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 94-modda
- 97-modda
- 101-modda
- 98-modda
To‘g‘ri javob: 101-modda. 101-modda: Bitimlar tushunchasi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bitimlar deb nimaga aytiladi?
- Davlat organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash va o‘zgartirishga qaratilgan boshqaruv qarorlariga
- Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga
- Fuqarolar va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini faqat sud qarori asosida belgilash yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga
- Faqat yozma shaklda tuzilgan va notarius tomonidan tasdiqlangan, fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi shartnomalarga
To‘g‘ri javob: Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga. 101-modda bitim ta’rifini beradi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 102-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar
- Bitim turlari
- Bitimning oddiy yozma shakli
- Valyuta qimmatliklari
To‘g‘ri javob: Bitim turlari. 102-modda: Bitim turlari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Bitim turlari» qaysi moddada belgilangan?
- 102-modda
- 99-modda
- 95-modda
- 108-modda
To‘g‘ri javob: 102-modda. 102-modda: Bitim turlari.
Bitim bir taraflama hisoblanishi uchun nima zarur va yetarli?
- Ikki tarafning o‘zaro kelishuvi va uning yozma tasdig‘i
- Uch va undan ko‘p tarafning kelishib xohish bildirishi
- Notarius tomonidan tasdiqlangan tarafning yozma arizasi
- Qonunchilikka yoki kelishuvga muvofiq bir tarafning xohishi
To‘g‘ri javob: Qonunchilikka yoki kelishuvga muvofiq bir tarafning xohishi. 102-modda ikkinchi qismi.
Ko‘p taraflama bitim tuzish uchun nechta taraf kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerak?
- Uch yoki undan ko‘p taraf
- Faqat ikki taraf kelishuvi
- Kamida besh nafar taraf
- Ikki taraf va bir kafil
To‘g‘ri javob: Uch yoki undan ko‘p taraf. 102-modda uchinchi qismi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 103-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bitimning og‘zaki shakli
- Bitimning oddiy yozma shakli
- Qimmatli qog‘ozlar
- Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish
To‘g‘ri javob: Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish. 103-modda: Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash