Mulk huquqining vujudga kelish asoslari (1/3)
Ii Bo‘Lim
182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
183-modda. Mulkni yaratish va ko‘paytirish
Mulk huquqi yangi mol-mulkni yaratish hamda mulkdor ixtiyoridagi mol-mulkni ko‘paytirish natijasida vujudga kelishi mumkin.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan xo‘jalik usulida va o‘zgacha usulda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, hosil va boshqa daromadlar mulkdorga tegishli bo‘ladi.
184-modda. Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish
Mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin.
Basharti, qonun hujjatlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mol-mulk yangi mulkdorga o‘tganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga o‘tadi.
185-modda. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti
Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur bo‘lganida esa — ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
186-modda. Ashyolarni topshirish
Ashyolarni oluvchiga topshirish, shuningdek yetkazib berish majburiyatini olmagan holda boshqa shaxsga berilgan ashyolarni oluvchiga jo‘natish uchun transport tashkilotiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish ashyolarni topshirish hisoblanadi.
Ashyo oluvchining yoki u ko‘rsatgan shaxsning ixtiyoriga amalda tushgan paytdan boshlab oluvchiga topshirilgan hisoblanadi.
Ashyoni tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilayotgan paytgacha u oluvchining ixtiyoriga o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ashyo unga shu paytdan e’tiboran topshirilgan hisoblanadi.
Konosamentni yoki ashyoga tegishli boshqa tasarruf etuvchi hujjatni topshirish ham ashyoni topshirishga tenglashtiriladi.
187-modda. Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat
Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
Ko‘chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olganga qadar mol-mulkka o‘ziniki kabi egalik qilib turgan shaxs o‘z egaligini mol-mulkning egalari bo‘lmagan, shuningdek qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra egalik qilish huquqi bo‘lmagan uchinchi shaxslardan himoya qilish huquqiga ega.
Egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini o‘zining egalik qilish vaqtiga qo‘shishi mumkin.
Shaxs ixtiyorida bo‘lib, ushbu Kodeksning 228, 229, 230 va 232-moddalariga muvofiq uning egaligidan talab qilib olinishi mumkin bo‘lgan ashyolarga doir egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tegishli talablar bo‘yicha da’vo muddati tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.
188-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi
Fuqarolar va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda yuzaga keladi.
189-modda. Hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirish
Qonunchilikda yovvoyi mevalar, yong‘oq, zamburug‘lar, rezavor mevalar hamda o‘simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo‘lgan boshqa obyektlarini yig‘ish yo‘li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
190-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini xo‘jasizlarcha saqlash
Agar mulkdor o‘ziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lsa va uning but saqlanishini ta’minlamasa, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishni to‘xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da’vosiga ko‘ra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros obyekti davlat mulkiga o‘tadi. Olib qo‘yilgan moddiy madaniy meros obyektining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan miqdorda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lanadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqidagi da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 182-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
- Hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirish
- O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi
- Mol-mulkni saqlash vazifasi
To‘g‘ri javob: Mulk huquqining vujudga kelish asoslari. 182-modda: Mulk huquqining vujudga kelish asoslari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Mulk huquqining vujudga kelish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 174-modda
- 189-modda
- 173-modda
- 182-modda
To‘g‘ri javob: 182-modda. 182-modda: Mulk huquqining vujudga kelish asoslari.
Quyidagilardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga ko‘ra mulk huquqining vujudga kelish asosi hisoblanadi?
- Meros qilib olish
- Soliq qarzini to‘lamaslik
- Jarima to‘lash
- Majburiy ijaraga berish
To‘g‘ri javob: Meros qilib olish. 182-moddada meros qilib olish mulk huquqining vujudga kelish asoslaridan biri sifatida sanalgan.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 183-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulkni yaratish va ko‘paytirish
- Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat
- Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi
- Mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki buzilish xavfi
To‘g‘ri javob: Mulkni yaratish va ko‘paytirish. 183-modda: Mulkni yaratish va ko‘paytirish.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Mulkni yaratish va ko‘paytirish» qaysi moddada belgilangan?
- 188-modda
- 187-modda
- 183-modda
- 175-modda
To‘g‘ri javob: 183-modda. 183-modda: Mulkni yaratish va ko‘paytirish.
Mol-mulkdan xo‘jalik usulida foydalanish natijasida olingan mahsulot, hosil va daromadlar Fuqarolik kodeksiga ko‘ra (boshqacha tartib bo‘lmasa) kimga tegishli bo‘ladi?
- Davlatga
- Mol-mulkni yaratgan ijrochiga
- Mol-mulkdan foydalangan har qanday uchinchi shaxsga
- Mulkdorga
To‘g‘ri javob: Mulkdorga. 183-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ular mulkdorga tegishli bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 184-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti
- Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish
- Moddiy madaniy meros obyektlarini xo‘jasizlarcha saqlash
- Mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki buzilish xavfi
To‘g‘ri javob: Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish. 184-modda: Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish» qaysi moddada belgilangan?
- 184-modda
- 185-modda
- 190-modda
- 175-modda
To‘g‘ri javob: 184-modda. 184-modda: Bitim bo‘yicha mol-mulkni olish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash