Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari (1/2)
Ii Bo‘Lim
216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.
Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.
Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.
217-modda. Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash
Agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin bo‘lmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Ulushli mulk barcha ishtirokchilarning kelishuvi bilan ishtirokchilardan har birining ulushini ularning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va ko‘paytirishga qo‘shgan hissasiga qarab aniqlash va o‘zgartirish tartibi belgilanishi mumkin.
Umumiy mol-mulkdan foydalanishning belgilab qo‘yilgan tartibiga amal qilgan holda ushbu mol-mulkni o‘z hisobidan ajratib olish mumkin bo‘lmaydigan tarzda yaxshilagan ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushining tegishli darajada ko‘paytirilishiga haqli bo‘ladi.
Umumiy mol-mulkdagi ajratib olish mumkin bo‘ladigan yaxshilashlar, agar ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu yaxshilashlarni amalga oshirgan ishtirokchining mulkiga qo‘shiladi.
218-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish
Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z xohishiga qarab o‘z ulushini sotishga, sovg‘a qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chog‘ida ushbu Kodeksning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli bo‘ladi.
219-modda. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish
Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng bo‘lgan qismi o‘zining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji bo‘lmagan taqdirda esa — o‘z ulushi bo‘lgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega.
220-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar
Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar umumiy mol-mulk tarkibiga qo‘shiladi va ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular o‘rtasida ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
221-modda. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash
Har bir mulkdor umumiy mol-mulk bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.
Zarur bo‘lmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolganlarning roziligisiz qilingan xarajatlar uning o‘z zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi kerak.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 216-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma bo‘yicha oluvchiga o‘tish payti
- Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
- Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash
- Ommaviy mulk tushunchasi
To‘g‘ri javob: Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari. 216-modda: Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 216-modda
- 221-modda
- 213-modda
- 222-modda
To‘g‘ri javob: 216-modda. 216-modda: Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga qanday huquq asosida tegishli bo‘ladi?
- Operativ boshqarish huquqi asosida
- Umumiy mulk huquqi asosida
- Ijara huquqi asosida
- Xo‘jalik yuritish huquqi asosida
To‘g‘ri javob: Umumiy mulk huquqi asosida. 216-moddaga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligidagi mol-mulk umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ulushli mulk bilan birgalikdagi mulkning farqi nimada?
- Ulushli mulkda ulushlar aniqlab qo‘yilgan, birgalikdagi mulkda bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan
- Ulushli mulkda ulushlar aniqlanmagan, birgalikdagi mulkda aniqlab qo‘yilgan
- Ulushli mulk faqat fuqarolarga, birgalikdagi mulk faqat yuridik shaxslarga tegishli
- Ulushli mulk faqat ko‘chmas mulkka, birgalikdagi mulk faqat ko‘char mulkka nisbatan bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Ulushli mulkda ulushlar aniqlab qo‘yilgan, birgalikdagi mulkda bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan. 216-moddaga ko‘ra, ulushi aniqlangan umumiy mulk ulushli, ulushlar aniqlanmagani esa birgalikdagi mulkdir.
Ikki aka-uka birgalikda qiymati yuqori bo‘lgan yagona uy-joyni meros qilib oldi. Uy-joy o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda bo‘linishi mumkin emas. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bo‘linmaydigan ashyo ikki shaxs mulkiga o‘tgan paytda umumiy ulushli mulk vujudga keladi
- Bo‘linmaydigan ashyo ikki shaxs mulkiga o‘tgan paytda umumiy birgalikdagi mulk vujudga keladi
- Bo‘linmaydigan ashyo ikki shaxs mulkiga o‘tganda uy sud qarori bilan bo‘linib, alohida mulk bo‘ladi
- Bo‘linmaydigan ashyo ikki shaxs mulkiga o‘tganda umumiy mulk vujudga kelmaydi, uy katta akaga qoladi
To‘g‘ri javob: Bo‘linmaydigan ashyo ikki shaxs mulkiga o‘tgan paytda umumiy birgalikdagi mulk vujudga keladi. 216-moddaga ko‘ra, bo‘linmaydigan ashyo ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda umumiy birgalikdagi mulk vujudga keladi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuvga erishilmagan taqdirda umumiy mol-mulkni ularning ulushli mulki qilib belgilash qanday amalga oshiriladi?
- Faqat prokuratura qaroriga muvofiq
- Sudning qaroriga muvofiq
- Mahalliy hokimning buyrug‘iga muvofiq
- Bunday imkoniyat mavjud emas
To‘g‘ri javob: Sudning qaroriga muvofiq. 216-moddaga ko‘ra, kelishuvga erishilmasa, umumiy mol-mulk sudning qaroriga muvofiq ulushli mulk qilib belgilanishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 217-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki
- Munitsipal mulk
- Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash
- Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash
To‘g‘ri javob: Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash. 217-modda: Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 217-modda
- 215-modda
- 211-modda
- 221-modda
To‘g‘ri javob: 217-modda. 217-modda: Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash